Ismlar Manosi CH harfiga
Ismlar Manosi CH harfiga: Chavkar (o‘z.) – chavkar otdek chaqqon, ba- quvvat yigit bo‘lsin yoki yilqilari mo‘l, boy-badav- lat bo‘lsin.
CHayir // CHayirboy (o‘z.) – mustahkam, mah- kam, tuzimli (chayir).
Chakan (o‘z.) – ko‘k, moviy ko‘zli bola yoki chakan-cho‘kich (boltadek) mustahkam.
CHalabi // CHalabiy (o‘z.) – Alloh ato qil- gan bola yoki shahzoda, hukmron, xo‘ja.
Chalaboy (o‘z.) – muddatiga etmasdan chala tug‘ilgan bola.
Chaman (a.i., ft.) – hayoti gulzor, o‘tloq- dek yashnoq bo‘lsin yoki ko‘rkam, zebo qiz yoxud chamand – o‘jar, qaysar bola. SHakllari: CHamanbibi, CHamangul, CHamanoy, CHamanxon.
Chamanbuvi (a.i.,ft.-o‘z.) – go‘zal, sohibjamol qiz.
Bu Qiziq: Ismlar Manosi X harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300
Chamangul (a.i., ft.) – gullar chama- nidek zebo qiz, chamanzordek yashnoq, go‘zal qiz.
CHarosxon (a.i., o‘z.) – katta qo- rako‘zli qiz, ko‘zlari charosdek chiroyli qiz.
Charxiboy (ft.) – charxdek mustahkam va harakatda bo‘lsin yoki jahon, olam farzandi.
CHarxin // CHarqin (o‘z.) – CHarxin (tuman nomi) farzandi, CHarxinda tug‘ilgan.
Chashma (a.i., ft.) – hayoti buloq su- videk musaffo hamda davomli bo‘lsin. SHakllari: CHashmagul, CHashmaxon.
Chaqmoq (o‘z.) – qattiq yashin, chaqmoq pay- tida tug‘ilgan bola. SHakllari: CHaqmoqbek, CHaqmoq- boy.
CHaqqon // CHaqqonboy (o‘z.) – ildam, ha- rakatchan, tezkor, g‘ayratli.
Chag‘aboy (o‘z.) – bola, bolacha, norasida.
CHag‘ir // CHag‘irboy (o‘z.) – shag‘al, mayda toshdek mustahkam bo‘lsin yoki chag‘ir urug‘i (qo‘ng‘irot qabilasi tarkibida)ga mansub bola yoxud chag‘ir ko‘z- li, kulrang ko‘zli bola.
Chag’ona (a.i., ft.) – xushovoz, shirin- til, xushkalom; yoqimtoy dilkash qiz.
Chag’ri (o‘z.) – lochindek ziyrak, baquvvat bo‘lsin. SHakllari: CHag‘ribek, CHag‘riboy.
CHevar // CHevarxon (a.i., o‘z.) – mohir ti- kuvchi yoki to‘quvchi; qo‘li gul qiz.
Chegaboy (o‘z.) – mixdek mustahkam, mah- kam bo‘lsin, o‘lmasin.
Chekboy (o‘z.) – bog‘langan, ulangan; tu- tashgan, ya’ni mahkam, mustahkam.
CHervon // CHervonoy (a.i.,rus.) – qimmat- li, aziz, topilmas, noyob.
Cherikboy (o‘z. > qad.t.) – qo‘shin, lash- kar, askar. Harbiy yurishlar paytida tug‘ilgan bola yoki kuchli, qudratli, chidamli.
Cherikbosh (o‘z.) – qo‘shin, lashkar bosh- lig‘i; qo‘mondon, lashkarboshi.
Ismlar Manosi CH harfiga: Chechak (a.i., o‘z.) – gul, maysa; go‘zal, zebo, sohibjamol. SHakllari: CHechakgul, CHechakoy.
CHechakoy, Chechakoy (a.i.,uz.) – guldek zebo va oy- dek suluv qiz.
CHechan, Chechan (o‘z.) – so‘zamol, chaqqon, uddabu- ron yoki notiq, shirintil.
CHehra, Chehra (a.i., ft.) – yuz, jamol, ko‘rk. Asli: Gulchehra (qar.).
CHehragul, Chehragul (a.i., ft.) – gulyuzli; chiroy- li, go‘zal qiz.
CHil // CHilboy, Chil (o‘z.) – kulrang kaklik yoki bul- duruq-
CHilangar, Chilangar (ft.) – temirchi, usta.
CHilla, Chilla (a.i., ft.) – chilla payti (40 kunlik issiq yoki sovuq)da tug‘ilgan bola yoki chilla – kamon ipidek mahkam, mustahkam bola. SHakllari: CHilla- xon.
CHilmamat, Chilmamat (o‘z.-ar.) – «chil» so‘zi bilan boshlangan ba’zi ismlarning eq. shakli.
CHilon, Chilon (ft.) – chilon (chelon) daraxti, chi- lonjiydadek mustahkam. Eht.: CHilangar (qar.).
Chilton (ft.) – qirqta ajralmas ruh, ar- voh yoki mustahkam chidamli, irodali.
Chimboy (o‘z.) – chim (soz, ajriqzor)dek mahkam, mustahkam bola yoki to‘silgan, himoyalangan yoxud chimboy urug‘iga mansub bola. Eht.: CHinboy (qar.).
Chimbuvi (a.i., o‘z.) – chim (ajriqzor)dek mahkam to‘silgan, himoyaga olingan qiz.
CHimil // CHimilxon (a.i., o‘z.) – eht.: chi- mil // chimir — pishiq, puxta; bosiq, vazmin.
Chimirboy (o‘z.) – dadil, epchil, o‘tkir, topag‘on yoki pishiq, puxta.
CHimkent // CHimkanboy (o‘z. > sug‘.) – CHimkent shahri nomiga nisbatan berilgan ism.
Chimmat (ft.) – to‘silgan, yashirilgan, himoya qilingan. Eht.: CHinmat > CHinmuhammad (qar.).
Chimmatoy (a.i., ft.-o‘z.) – berkilgan, yashirilgan, himoyalangan, daxlsiz qiz.
Chinali (o‘z.-ar.) – to‘g‘ri, halol, adolatli o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin yoki jingalak sochli bolani Ali o‘z panohida asrasin.
Chinboy (o‘z.) – to‘g‘ri, rostgo‘y, adolatli bola yoki qar. CHimboy.
Chingiz (mo‘g‘.) – buyuk, qudratli. Mashhur jahongir CHingizxon (1227 yili vafot etgan) nomiga nisbat berilgan ism.
Ismlar Manosi CH harfiga: Chingizxon (mo‘g‘.) – buyuk, qudratli xon. Qar.: CHingiz.
Chindavlat (o‘z.) – umri rostakam uzoq qilib berilgan boylik, ya’ni bola.
Chindiyor (o‘z.-ft.) – o‘lkaning rost, ha- qiqiy, ya’ni umri uzoq qilib berilgan farzandi.
Chinitosh (ft.-o‘z.) – pok, pokiza va toshdek mahkam bola.
Chiniqul (ft.-ar.) – Allohning pokiza, ozoda, begunoh bandasi.
Chinyigit (o‘z.) – umri to‘liq, rost qilib berilgan bola yoki ulg‘ayib haqiqiy yigit bo‘lsin.
Chinmirza (o‘z.-ft.) – umri haqqoniy, to‘liq qilib berilgan bola ulg‘ayib mirzalardek yi- git bo‘lsin.
Chinmurod (o‘z.-ar.) – rostdan istal- gan, orzu qilingan, qo‘msab kutilgan bola.
Chinmuhammad (o‘z.-ar.) – umri to‘liq, rost qilib berilgan o‘g‘ilni Muhammad (s.a.v.) o‘z panohida asrasin.
Chinni (ft.) – pokiza, ozoda yoki quloqla- ri kichkina bo‘lib tug‘ilgan bola yoxud umri rost, uzoq qilib berilgan bola. Eht.: CHinnigul (qar.). SHaklla- ri: CHinnibek, CHinniboy, CHinnixon.
Chinnigul (a.i., ft.-o‘z.) – chinniguldek go‘zal, yoqimtoy qiz.
Chinniposhsha (a.i., ft.)-chinni- guldek zebo va baland martabali qiz.
Chinnixol (a.i., ft.) – quloqlari kich- kina bo‘lib yoki jingalak sochli bo‘lib tug‘ilgan bola.
Chinoz (ft. -o‘z.) – CHinozda yoki CHinozni ziyorat qilgach tug‘ilgan bola yoxud chinoz urug‘iga man- sub bola.
Chinor (ft.) – chinordek basavlat va umri uzoq bo‘lsin yoki suyanchiq, ko‘makchi bola. SHakllari: CHinorboy, CHinorjon.
Chinora (a.i., ft.) – chinordek umri uzoq qiz.
Chinorberdi (ft.-o‘z.) – Alloh chi- nordek uzoq umrli bola ato qildi yoki Alloh bergan va chinor kabi umri uzoq bola.
Chinorbibi (a.i., ft.-o‘z. > hind.) – umri chinordek uzoq bo‘lsin.
Chinorgul (a.i., ft.}-chinor kabi uzoq umrli va guldek go‘zal qiz.
Chinoq (o‘z.) – qulog‘i kemtik yoki burishiq bo‘lib yoxud qulog‘i kichkina bo‘lib tug‘ilgan bola.
Chinpolat (o‘z.-ft.) – haqiqiy, sof po‘- latdek mustahkam bola yoki umri to‘liq qilib beril- gan po‘latdek mustahkam bola.
Chinsuluv (a.i., o‘z.) – jingalak sochli yoki umri to‘liq rost qilib berilgan go‘zal qiz.
Chintoy (o‘z.) – umri to‘liq rost qilib be- rilgan suyukli, erkatoy bola.
Chinturdi (o‘z.) – umri to‘liq qilib be- rilgan o‘g‘il yashasin, umri uzoq bo‘lsin.
Chintursin (o‘z.) – umri to‘liq qilib be- rilgan bola tursin, yashasin.
Chincha (o‘z.) – umri uzoq kenja, jajji bola.
Ismlar Manosi CH harfiga: Chinqora (o‘z.) – umri to‘liq qilib beril- gan kuchli, qudratli bola.
Chinqul (o‘z.) – Allohning umri uzoq ban- dasi.
Chirbonu (a.i., ft.) – g‘olib, muzaffar, bahodir, pahlavon.
Chirmal (a.i., o‘z.) – oiladagilarga chir- mashib, bog‘lanib qolsin, o‘lmasin. Sol.: CHirmash.
Chirmash (o‘z.) – oiladagilarga yaqin- lashgin, bog‘lanib, chirmashib olgin, ya’ni sog‘ bo‘lgin. SHakllari: CHirmashboy, CHirmashxon.
Chiroy (a.i., ft.) – go‘zallik, ko‘rkamlik, go‘zal chehrali, sohibjamol.
Chiroq (ft.) – hayoti yorug‘, nurli bo‘lsin yoki orzu qilingan bola.
Chirog’ali (ft.-ar.) – Alining iltifo- ti, nuri tufayli topilgan bola.
Chitboy (o‘z.) – nozik tabiat, nozik ta- biatli bola.
Chig’atoy (o‘z. > mo‘g.) – aynan: bola yoki jasur, botir, nomuschan. Bu nom CHingizxonning ishonchli o‘g‘li ismi bo‘lgan.
CHovdir // CHovdur (o‘z.) – aynan: ovoza, ya’ni mashhur, taniqli yoki chovdirlar (turkman urug‘i) orasida tug‘ilgan.
Chodir (ft.) – kapada tug‘ilgan bola yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan bola. Sol.: Pardaboy.
Choygul (a.i., hind.-ft.) – choyning guli- dek go‘zal, yoqimli qiz. Eht.: CHiroygul (qar.) ismining eq. shakli.
Chokar (ft.) – xizmatkor; navkar yoki yuvosh, odobli, mo‘min-qobil.
Cholboy (o‘z.) – buvasining nomi beril- gan bola yoki burul ot (ko‘kish, xoldor ot)dek baquvvat bo‘lsin yoxud tukli bo‘lib tug‘ilgan bola.
Choparboy (o‘z.) – ulg‘ayib, chopqillab yursin yoki yaxshi daraklar keltiruvchi, qutli bola bo‘lsin.
CHor // CHorboy, Chor (ft.) – oiladagi to‘rtinchi o‘g‘il (farzand) yoki kirli, iflos, yomon bola. Keyingi ma’noda ism bolani yomon ko‘zlardan asrash niyatida qo‘yiladi. SHakllari: CHorboy, CHortoy.
Chorgul (a.i., ft.) – oiladagi to‘rtinchi qiz yoki nopok, yomon qiz. Keyingi ma’no chaqaloqni yomon ko‘zdan asrash niyatini ifodalaydi.
Chori (ft.) – oiladagi to‘rtinchi farzand yoki CHoriyor ismining eq. shakli.
Choriyor (ft.) – aynan: to‘rt do‘st, mas- lakdosh. Bular xalifai barhaqlar (choriyorlar) Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Alilardir.
CHortoq // CHortoqboy (ft.) – CHortoqda tug‘ilgan bola.
Chorshanba (ft.) – chorshanba kuni tug‘ilgan bola.
Chunon (ft.) – intiq bo‘lib kutilgan bola. SHakllari: CHunonbek, CHunonboy, CHunontoy, CHunonqul.
Chunonmirza (ft.) – intiq bo‘lib kutilgan o‘g‘il ulg‘ayib mirzolardek yigit bo‘lsin.
Chust (ft.) – aynan: chaqqon, shay, mohir, zebo yoki mahkam, mustahkam yoxud munosib, sazovor. Eht.: CHustda tug‘ilgan bola, CHust farzandi.
Cho‘lbibi (a.i., o‘z. > hind.) – dashtda (cho‘lda) tug‘ilgan baland martabali qiz yoki mushtoq bo‘lib yurib erishilgan qiz.
Cho’lbosh (o‘z.) – cho‘lda tavallud topgan to‘ng‘ich bola.
Cho‘liq (o‘z.) – cho‘ponning yordamchisi, kichik cho‘pon.
Ismlar Manosi CH harfiga: CHo‘lli // CHo‘lliboy (o‘z.) – cho‘lda tug‘ilgan bola.
Cho’lmurod (o‘z. -ar.) – cho‘lda tug‘ilgan o‘g‘il sog‘lom ulg‘ayib murod-maqsadiga etsin yoki cho‘l- da erishilgan orzu, tilak.
Cho’lpon (o‘z.) – tong yulduzi, yorug‘ yulduz (Venera), ya’ni tolei baland, saodatli bola.
CHo‘lponoy (a.i., o‘z.) – tong yulduzi CHo‘lpon va oydek go‘zal qiz yoki oydek suluv, iqboli baland qiz.
Cho’rtanboy (o‘z.) – cho‘rtan balikdek erkin yashovchan bo‘lsin.
Cho’tboy (o‘z.) – tesha, cho‘tdek mustahkam bola yoki kindigi cho‘t (tesha) bilan kesilgan bola.
CHo‘tmuhammad (o‘z.-ar.) – cho‘t (tesha)dek mustahkam o‘g‘ilni Muhammad (s.a.v.) o‘z pa- nohida asrasin.
Cho‘tpo‘lat (o‘z.-ft.) – cho‘t (tesha) va po‘- latdek mustahkam bola.
CHo‘yan // CHo‘yanboy (o‘z. > rus.) – cho‘yandek mustahkam bo‘lsin.
Cho’yanbek (o‘z.) – beklar avlodiga man- sub bo‘lgan cho‘yandek mustahkam bola.