Ismlar Manosi D harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Ismlar Manosi D harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Chiroyli Ismlar

Ismlar Manosi D harfiga

Ismlar Manosi D harfiga: Dabir // Dabirboyft.) – podshoh xazinasining hisobchisi, mirzo, munshiy; ustoz, murabbiy, yo‘lboshchi.

Davbeka (a.i., o‘z.) – ulug‘ beka, bekning ulug‘ qizi.

Davboy (o‘z.) – o‘tkir, baquvvat, davlatmand.

Davlat (ar.) – boy-badavlat, baxtli, saodatli. Tarkibida davlat so‘zi mavjud (Davlatali, Davlatmurod) qo‘shma ismlarning eq. SHakllari: Davlatbek, Davlatboy, Davlatjon va b.

Davlatbaxt (a.i., ar.) – boy va baxtiyor bola yoki davlatimiz bo‘lgan o‘g‘il baxtli bo‘lsin.

Davlatmurod (ar.) – boy, davlatli bo‘lib, murod-maqsadiga etsin.

Davlatshoh (ar.-ft.) – boylik, davlat sohibi.

Davrboy (ar.-o‘z.) – davr, zamon farzandi. SHakllari: Davrjon, Davrbek.

Davriya (a.i., ar.) – davr farzandi, zamon qizi.

Davron (ar.) – davr sursin, umri shodon, baxtiyor o‘tsin; baxtiyor, shodon.

Davrongul (a.i., ar.-o‘z.) – guldek suluv qizning umri shodliklarga to‘la bo‘lsin.

Davronoy (a.i., ar.-o‘z.) – oydek suluv qizning hayoti baxtiyor, shodon bo‘lsin.

Davronqul (ar.-o‘z.) – davrga sodiq farzand bo‘lsin.

Bu Qiziq: Ismlar Manosi G harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Davxon (o‘z.) aynan: katta, ulug‘ xon, ya’ni ulg‘ayib, ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.

Davqora (o‘z.) – katta jasorat egasi, mard, jasur bola yoki to‘ng‘ich qora bola.

Dagar (o‘z.) – qo‘zi, qo‘zichoq (8-10 oylik erkak qo‘zi), ya’ni suyukli, erkatoy o‘g‘il.

Dadaali (o‘z.-ar.) – dadasi yoki bobosi ismi bilan atalgan bolani Ali qo‘llab yursin yoki Alining hadyasi, tuhfasi.

Dadan (ft.) – dadan – tuhfa qilingan bola.

Dadash (o‘z.) – «Dada» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning (Dadasharif) eq. shakli.

Ismlar Manosi D harfiga: Dadil // Dadilboy (o‘z.) – jasur, dovyurak, chaqqon, epchil.

Dadila (a.i., o‘z.) – chaqqon, epchil, jasur qiz.

Dayovboy (o‘z.) – eht. bayov-boy, baquvvat, qudratli yoki bayov – mahkam, mustahkam.

Dayyor (ft.) – turg‘un, muhim, ya’ni yashaydigan bola yoki qabila, urug‘ boshlig‘i, said, pir.

Dala // Dalaboy (o‘z.) – eht. dalada tug‘ilgan bola yoki ulg‘ayib dalalar, erlarning egasi bo‘lsin.

Dalboy (o‘z.) – mahkam, ishonch bilan turuvchi yoki nozik xushbichim, chiroyli. eht. dal // dal – yot, o‘zga, ya’ni bizning o‘g‘limiz emas, go‘dakning dushmani – yovuz kuchlarni chalg‘itish uchun beriladigan ism.

Dali II Daliboy (o‘z.) – sho‘x, jo‘shqin, harakatchan, dovyurak.

Dalir II Daler (ft.) – qo‘rqmas, dovyurak, botir.

Dalg’in (o‘z.) – o‘tkir fikrli, o‘ta mushohadali, aqlli, dono.

Dam // Damboy (o‘z.) – va’zgo‘y, dinga sidqidildan ishonish va amal qilishga chorlovchi, xatib.

Damin (ar.) – sabotli, qunt-toqatli, mustahkam. SHakllari: Daminbek, Daminboy, Daminjon.

Damina (a.i., ar.) – sabr-toqatli, irodali qiz.

Damir (o‘z.) – (qar. Temir) mustahkam, yashovchi yoki Damir – ruscha: «Dazdravstvuet mir» iborasining qisqarmasi.

Damira (a.i., o‘z. ar.) – qar. Damir (Damir+a).

Damirali (o‘z. ar.) – temir (damir)dek mustahkam o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin.

Darboy (ft.-o‘z.) – qopqa, darvoza, qopqadek mustahkam bo‘lsin yoki mustahkam qal’a va manzillarning egasi bo‘lsin.

Darvesh (ft.) – farzandga muhtoj (gado) bo‘lib yurganda erishilgan bola yoki darvesh-qalandar, zohid.

Darveshali (a.i., ft.-o‘z.-ar.) – farzandga muhtoj (gado) bo‘lib yurganda erishilgan bolani Ali qo‘llab yursin yoki o‘zini Alining yo‘liga bag‘ishlaydigan bola.

Darveshmirza (ft.) – qar. Darvesh va Mirza.

Dariqa (a.i., o‘z.) -aqlli, idrokli qiz (qar. Darig).

Darig‘ (ar.) – afsus, nadomat. Oilada bolalar o‘lavergach, ota-ona Allohga shunday iltijo qilib berilgan ism.

Darxon (o‘z.-mo‘g‘.) – erkin, ozod, daxlsiz. O‘tmishda maxsus unvon, mansab nomi bo‘lib, u xon saroyiga erkin kirib chiquvchilarni anglatgan. Demak, Darxon – darxon unvoniga sazovorlar nasliga mansub bola.

Dastyor (ft.) – ota-onasiga yordamchi, ko‘makchi.

Dasturboy (ft.-o‘z.) – maslahatchi, rahnamo, boshliq yoki kuch-qudrat sohibi.

Daqiqa (a.i., ar.) – shirinso‘z, nozik, latif so‘z egasi, notiqa; nafosatli dilbar qiz.

Dag’fal (ar.) – farovonlik, serobchilik; barakali, fayzli. Ismlar Manosi D harfiga

Deboxon // Debohxon (a.i., ft.) – debo – yupqa, nafis ipak mato, harir-kiyim, ya’ni muloyim, nafosatli qiz.

Devman (ft.) – kuchli, qudratli, bahoDir.

Dengiz (o‘z.) – umri dengiz kabi keng va bepoyon bo‘lsin.

Dehqon (ft.) – ulg‘ayib dehqon bo‘lsin yoki boy, badavlat (er egasi) bo‘lsin.

Diyonat (ar.) – diyonatli, insofli, vijdonli; subutli.

Diyor // Diyorbek (a.i., ar.) – o‘lka, ona yurt farzandi.

Diyora (a.i., ar.) – o‘lka, ona yurt farzandi.

Dilafro’z (a.i., ft.) – dilni quvontiruvchi, shodlantiruvchi; dilni yayratuvchi.

Dilash (a.i., ft.) – «dil» so‘zi bilan boshlanuvchi qo‘shma ismlarning eq. shakli.

Dilband (a.i., ft.) – dilga yaqin, jigarband, aziz; jozibali, maftunkor, go‘zal.

Dilbar (a.i., ft.) – yoqimli, yoqimtoy, ko‘ngilni oluvchi, maftun qiluvchi; go‘zal, zebo; suyukli.

Dilboz // Dilboza (a.i., ft.) – ko‘ngilni maftun etuvchi, ko‘ngilni ovlovchi, suyukli.

Dildagul (a.i., ar.-ft.) – sof oltin (oltin tanga)dek qadrli, bebaho qiz.

Dildoda (a.i., ft.) – suyukli, sodiq vafodor.

Dildora (a.i., ft.) – dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi yoki rahmdil, jasur, dovyurak. SHakllari: Dildorjon, Dildoroy, Dildorxon.

Dilyor (a.i., ft.) – ko‘ngil hamrohi, qalb hamdami yoki mehr, shafqat egasi.

Dilzoda (a.i., ft.) – yurakdan, dildan topilgan suyukli qiz yoki mehr, sadoqat farzandi.

Dilzor (a.i., ft.) – dildan zor bo‘lib, orziqib yurib erishilgan qiz.

Dilkash (a.i.. ft.) – ko‘ngilni rom qiluvchi, yoqimtoy, suyukli qiz.

Dilkusho (a.i., ft.) – ko‘ngli ochiq, dilkash, dilrabo, dilni yayratuvchi, odamsevar, insonparvar.

Dilmurod (ft.-ar.) – ko‘nglimizdagi istak orzu (murod) bo‘lgan bola; dilga taskin bergan o‘g‘il.

Dilnavoz (a.i., ft.) – yurakka quvonch baxsh etuvchi; qalbga yaqin, suyukli, qadrli.

Dilnigor (a.i.. ft.) – intizor, umidvor bo‘lib, dildan qo‘msab, intiq bo‘lib erishilgan qiz.

Dilniyoz (ft.) – dildan istab, qo‘msab erishilgan in’om, sovg‘a (farzand).

Ismlar Manosi D harfiga: Dilnoza (ft.) – ishvali, nozli qalb egasi, nozik, nafis, dip sohibi.

Dilnora (a.i., ft.) – sof ko‘ngilli, mehribon va nor (qizil xol) bilan tug‘ilgan qiz.

Dilrabo (a.i., ft.) – dilni tortuvchi, qalbni maftun etuvchi, jozibali.

Dilfiruz (a.i., ft.) – dilni yorituvchi, shodlik beruvchi.

Dilfuza (a.i., ft.) – Dilfiruz yoki Dilfiruza ismlarining o‘zgargan shakli.

Dilshod (ft.) – quvnoq, baxtiyor, shodon yoki ko‘nglimizning quvonchi bo‘lgan farzand.

Dilshoda (a.i., ft.) – «Dilshod»ning muannas shakli.

Dinor (ar.) – qimmatli, qadrli, hurmatli.

Dinora (ar.) – «Dinor»ning muannas shakli.

Dindor (ar – ft.) – dindor, Allohning amrini mahkam ushlab, shariat ahkomlariga qattiq amal qiluvchi.

Dinulloh (ar.) – Allohning haq Dini, ya’ni, Islom diniga amal qiluvchi solih banda.

Dovud (qad.yah.) – mehribon, suyukli, haqiqiy do‘st.

Dodvand (ft.) – odil, adolatli, to‘g‘ri fikrlovchi.

Doliboy (ar.) – dol – to‘g‘ri; dolu – o‘suvchi, ulg‘ayuvchi.

Dolim (ar.) – o‘suvchi, ulg‘ayuvchi, ko‘payuvchi.

Dolchin (ft.) – dolchindek yoqimli, qadrli bola.

Doman //Domon (a.i., ft.) – nomusli, iffatli, pokiza, pokdomon.

Doniyor (ft.) – yaqinlar, do‘stlar yoki bilimli, dono yoki (qad. yah.) Allohning ehsoni, sovg‘asi, marhamati.

Doniislom (ft.-ar.) – islom dini bilimdoni, donishmandi.

Donish (ft.) – bilimli, dono, olim.

Donishmand (ft.) – bilimdon, aqlli, dono.

Doniqul (ft.-o‘z.)qar. Doni (Doni+qul).

Dono // Donobek (ft.) – bilimli, aqlli, zukko.

Donogul (a.i., ft.) – aqlli, zukko va guldek ko‘rkam qiz.

Donoxol (a.i., ft.) – bilimli, dono va xol bilan tug‘ilgan qiz.

Doro (ft.) – hokim, podshoh, ezgulik, yaxshilik sohibi.

Doston (ft.) – dovruqli, taniqli, mashhur. Bu nom Rustamning otasi Zolning (Firdavsiyning «SHohnoma» dostoni qahramoni) laqabi bo‘lgan.

Doxunda (ft.) – qishloqsa o‘sgan, qishloq farzandi.

Dohiy (ar.) – aqlli, dono, ulug‘ mutafakkir, ulug‘ yo‘lboshchi.

Dohiya (a.i., ar.) – o‘ta aqlli, dono, ulug‘ mutafakkir qiz bo‘lsin.

Dunyo (a.i., ar.) – tarkibida «dunyo» so‘zi mavjud ismlarning eq. shakli.

Dunyobegim (a.i., ar.-o‘z.) – olamning tengsiz bekasi, dunyodagi ulug‘ martabali ayol.

Duoxon (a.i., ar.-ft.) – azoyimxon, duogo‘y, duoxon yoki azoyimxon olqishlagan qiz.

Duraxshon (a.i., ar.) – nurli, nurafshon, inju sochuvchi, shukuhli, shonli, shavkatli.

Durbek (ar.-o‘z.) – inju, marvarid donasidek aziz, beklarning eng asili yoki uzoq yashasin, umri uzoq bo‘lsin. Ba’zan bu ism «YUsuf va Zulayho» dostoni muallifi shoir Durbekning taxallusiga nisbat berib ham qo‘yiladi. SHakli: Durboy, Durjon.

Durdona (a.i., ar.-ft.) – inju donasi, a’lo marvarid; eng aziz, qadrli qiz.

Durposhsha (a.i., ar.-ft.) – injudek bebaho, qadrli hamda baland martabali, e’zozli qiz.

Dushan (ft.) – dushanba kuni tavallud topgan o‘g‘il.

Do’lanboy (o‘z.) – ulg‘ayib ulkan martabalar egasi bo‘lsin eht. To‘lan > To‘lagan (qar.).

Do‘rmon II Do‘rman (mo‘g‘.) – do‘rmon qabilasiga mansub bola; do‘rmon farzandi. SHakllari: Do‘rmonbek, Do‘rmonboy, Do‘rmoncha.

Do‘sboy (ft.-o‘z.) – qar. Do‘stboy yoki do‘s – o‘rik pishgan paytda tug‘ilgan bola.

Do‘sim (ft.-o‘z.) – «Do‘st» so‘zi bilan boshlangan ba’zi ismlar (Do‘stmurod, Do‘stmuhammad) ning eq. shakli. SHakllari: Do‘simboy, Do‘simjon, Do‘simmirza, Do‘simxo‘ja.

Do‘st (ft.) – otasiga yoki o‘zidan oldingi aka va opalariga yo‘ldosh, esh bo‘lib yursin. SHakllari: Do‘stbek, Do‘stjon, Do‘stxo‘ja.

Do’stim (ft.-ar.) – «Do‘st» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning (Do‘stmuhammad, Do‘stmurod) eq. shakli.

Do‘g‘ma (o‘z.) – to‘ng‘ich o‘g‘il yoki cho‘ridan tug‘ilgan bola.

Rate article
Add a comment