Ismlar Manosi F harfiga
Ismlar Manosi F harfiga: Favvoz (ar.) – najot topuvchi, g‘alaba qozonuvchi.
Favvoza (ar.) – «Favvoz»ning muannas shakli.
Fazlixon (a.i.,ar.-o‘z.) – yuksak, ulug‘vor qiz yoki mehribon, himmatli, oliyhimmat qiz.
Fazlihaq (ar.) – Haq, ya’ni Allohning himmati, muruvvati, ehsoni.
Fazolat, Fazolat (a.i., ar.) – o‘ta hurmat va e’zozga sazovor qiz.
Faiz (ar.) – engilmas, g‘olib, muzaffar yoki oliyhimmat, saxiy. Sol.: Fayz.
Fayz (ar.) – yoqimli, muloyim; jozibali, chiroyli, ko‘rkam yoki ne’mat, farovonlik; saxiylik, saxovat.
Fayzali (ar.) – Alining muruvvati, himmati, shafkati, ehsoni.
Fayzahmad (ar.) – Ahmad (qar.)nnng muruvvati, himmati, rahmdilligi.
Fayyoz (ar.) – o‘ta saxiy, oliyhimmat, mehribon.
Fayyoza (ar.) – mehribon, saxiy, himmatli.
Bu Qiziq: Ismlar Manosi U harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300
Fayzi (ar.) – qar. Fayziddin, Fayziniso ismlarining eq. shakli. SHakllari: Fayziboy, Fayzigul, Fayzixon.
Fayziddin (ar.) – dinga foyda, yaxshilik, fayz keltiruvchi bola yoki dinning muruvvati, shafqati.
Fayziislom (ar.) – islom (din)ning marhamati, himmati, ko‘magi.
Fayzikarim (ar.) – karamli, saxovatlining, ya’ni Allohning muruvvati, ehsoni.
Fayzimuhammad (ar.) – Muhammad (s.a.v.)ning himmati, muruvvati, ehsoni.
Fayzinabi (ar.) – payg‘ambarning muruvvati, ehsoni.
Fayziniso (a.i., ar.) – saxiy, saxovatli ayol, ayollarning eng lutfu karamlisi.
Fayzirahmon (ar.) – Rahmon (qar.) ning, ya’ni Allohning himmati, muruvvati, ehsoni.
Fayzulla (ar.) – Allohning marhamati, himmati, shafqati yoki Allohning rizqu nasibali bandasi.
Fayzulhaq (ar.) – haqgo‘y, barhaqning, ya’ni Allohning marhamati, lutfu karami, ehsoni.
Fayzxon (ar.-o‘z.) – rahmdil, shafqatli, mehribon bola.
Fano II Favoboy (ft.) – qar. Fanohiddin, Fanoulla, Fanoali.
Fanoali (ar.) – Alining panohida, himoyasida bo‘lgan bola.
Fanoulla (ar.) – Allohning panohida bo‘lgan, Alloxdan panoh, himoya so‘rovchi bola.
Fanohiddin // Panohiddin (ar.) – dindan panoh istovchi, dindan najot kutuvchi bola.
Ismlar Manosi F harfiga: Faraj (ar.) – najot topgan, engillik topgan bola yoki quvnoq shodon bola. Asli: Farajulla (qar.).
Farajulla (ar.) – Alloh baxsh etgan shodlik, quvonch, baxt.
Faraz (ar.) – ulug‘vorlik, yuksakyaik, qadrli, e’zozli.
Farangiz // Farangis (a.i., ft.) – nur sochuvchi, ziyokor yoki go‘zal, zebo; suyukli.
Farah (a.i., ar.) – shodon, xursand, baxtiyor
Farahmand (ar.-ft.) – shod, baxtiyor, xursand.
Farahnoz (a.i., ar.-ft.) – baxtiyorlik, shodlik gashtini suruvchi, quvnoqlik nozlarini qiluvchi.
Farbud (ft.) – taqvodorlik; soflik, odillik, haqgo‘ylik.
Farvardin (ft.) – aynan: bahor, quyosh (shamsiya) yil hisobining (21 mart – 20 aprelga to‘g‘ri keladi) birinchi oyida tug‘ilgan bola.
Farviz II Farvaz, Farvez (ft.) – hoshiya, shoyi hoshiyadek chiroyli qiz.
Farda (ft.) – kelajak, istiqbol, tole yoki qar. Farida.
Fardiniso (a.i., ft.) – ayollarning yolg‘izi, tanhosi, ya’ni tengsiz, benazir, a’losi.
Fardod (a.i., qbmj-baxtli, baxtiyor, shodon qiz.
Fardis (ft.) – nurli, ravshan; nursimon, nurmonand.
Fardona (a.i., ar.) – yolg‘iz, yakka; tengsiz, bebaho.
Faryob (ft.) – baxtli, iqboli baland.
Faryod (ft.) – faryod, iltijolar qilib erishilgan bola.
Farjad (a.i., ft.) – juda yaxshi, tengsiz, a’lo qiz.
Farzali (ft.-ar.) – Alining irodasi, xohishi bo‘lgan bola yoki munosib, loyiq, hurmat va izzatga arziydigan.
Farzan (a.i., ft.) – aqlli, dono, donishmand.
Farziddin (ar.) – dinning zarur va majburiyligi yoki dinga bo‘ysinuvchi, xudojo‘y, taqvoDor.
Farzinxon (ft.) – qo‘li uzun, har ishga qodir, omadli, tolei baland.
Farzixon (a.i., ar.-o‘z.) – rasm-rusmlarga amal qiluvchi, itoatkor, tartibli, intizomli, odobli.
Farziya (a.i., ar.) – itoatli, tartibli, odobli qiz.
Farzod (a.i., ft.) – ajoyib, munosib, loyiq, serhasham.
Farzona (a.i., ft.) – aqlli, dono, olima, oqila yoki yagona, tengsiz yoxud mehribon, saxovatli, saxiy.
Farzulla // Farziulla (ar.) – Allohning amri, irodasi. Allohning muruvvati, Alloh lozim ko‘rgan bola.
Fariba (a.i., ft.) – chiroyli, go‘zal, dilbar, jozibali.
Farid (ar.) – yakka, yolg‘iz, yagona; tengsiz, bebaho yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan bola.
Farida (a.i., ar.) – yakka, yagona, tengsiz, benazir, bebaho; nodir, noyob; marvarid yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan qiz.
Farididdin // Fariddin (ar.) – taqvodorlikda yagona; tengsiz; dinning yagona, mo‘‘tabar kishisi.
Faridulla (ar.) – Alloh yakka, yagonadir yoki Allohning yagona, tengsiz bandasi.
Faridun (a.i., ft.) – yagona, mashhur, Alloh olqishlagan yoki uch bor qudratli.
Fariza (ar.) – o‘z burchini ado etuvchi, intizomli, sarishta yoki farisa – chiroyli, parilardek go‘zal yoxud o‘lja, g‘animat. Bu so‘z go‘shti ko‘k yo‘talga qarshi dori bo‘luvchi qush nomi hamdir.
Farina (a.i., ft.) – chiroyli, go‘zal, sohibjamol; nafis, muloyim.
Farisa (a.i., ar.) – otli, suvori, mard, jasur yoki forisa qushdek chiroyli, go‘zal yoxud o‘lja, g‘animat.
Farixa (a.i., ar.) – shodon, baxtiyor, faraxli yoki qar. Farida.
Farishta (a.i., ar.) – pokiza tabiatli, pok xulqli; ozoda, begunoh.
Fariha (a.i., ar.) – kelishgan, go‘zal qadli.
Ismlar Manosi F harfiga: Farmad // Farmand (ft.) – baxt kulib boqqan, baxtli, tolei kulib boqqan.
Farmon (ft.) – buyruq, amr; Allohning amri bo‘lgan bola.
Farmonqul (ft.-o‘z.) – Allohning amri, irodasi, hukmi bilan tug‘ilgan bola.
Farmuda (a.i., ft.) – Allohning irodasi, xohishi bo‘lgan qiz.
Farnus (a.i., ft.) – baxt, iqbol kamalagi; saodatli, iqboli baland qiz.
Farobiy (ft.) – ulug‘ olim Farobiy nomiga nisbat berilgan.
Farodis (ft.) – jannat bog‘lari, jannat farzandi.
Farodisa (a.i., ft.) -jannat qizi; begunoh, pokiza.
Faromarz (ft.) – o‘lka, vatan nuri.
Farona (a.i., ar.) – nonvoy, non pishiruvchi, nonvoy qiz.
Farosat (a.i., ar.) – fahm-farosatli, odobli, oqila.
Farog‘at (a.i., ar.) – tinch, osoyishta, osuda; rohat-farog‘atda yashovchi.
Farohiddin (ar.) – dinning rivoji, iqboli yoki ma’murligi.
Farroh II Farrah, Farroh (ft.) – shukuhli, shonu shavkatli, dongdor.
Farrux, Farrux (ft.) – baxtli, baxtiyor yoki chiroyli, zebo; ochiq chehrali, jozibali.
Farruxbaxt, Farruxbaxt (ft.-ar.) – qutlug‘, iqboli baland, kelajagi porloq.
Farruxjamol, Farruxjamol (a.i., ft.-ar.) – go‘zal husnli, sohibjamol, chehrasidan nur yog‘iluvchi.
Farruxzod, Farruxzod (ft.) – pok vijdonli, olijanob, oliyhimmat; iqboli baland.
Farruxfol, Farruxfol (ft.) – baxtli, iqboli baland, kelajagi porloq.
Faruq, Faruq (ft.) – ziyrak, farosatli, yaxshiyomonni farqlovchi yoki qar. Farrux.
Farfi, Farfi (ar.) – muloyim, nafis, yoqimli.
Farxi, Farxi (a.i., ar.) – shodon, quvnoq baxtiyor yoki muloyim, yoqimli.
Farxiddin II Farxuddin, Farxiddin (ar.) – dinning shodon, baxtiyor farzandi yoki din ato qilgan shodlik, baxtiyorlik.
Farxunda, Farxunda (a.i., ft.) – qutlug‘, baxtli, saodatli.
Farxundafol, Farxundafol (ft.) – baxtli, baxtiyor; tolei baland.
Farqiniso, Farqiniso (a.i., ar.)-qar. Farxi, ya’ni muloyim yoqimli ayol (qiz) yoki kelishgan, go‘zal qiz.
Farqiya, Farqiya (a.i., ar.) – qar. Farxi (Farxi+ya) yoki kelishgan, chiroyli, qimmatli.
Farhid, Farhid (ft.) – ziyrak, zukko, farosatli, o‘tkir zehnli yoki g‘olib, muzaffar.
Fasih, Fasih (ar.) -chiroyli, ravshan nutqsohibi; xushsuxan, so‘z ustasi, notiq.
Fasiha, Fasiha (a.i., ar.) – xushsuxan, notiqa qiz.
Ismlar Manosi F harfiga: Fasihiddin, Fasihiddin (ar.) -dinni nozikdarajada tushunuvchi va tushuntiruvchi; shariatning nozikta’b sharhlovchisi.
Fasliddin, Fasliddin (ar.) – aynan: dinning mavsumi, fasli yoki din ato qilgan qismat, taqdir.
Fasohat, Fasohat (a.i., ar.) – aynan: so‘z (nutq)ning ravshanligi; chiroyli suz (nutq) uslubi, ya’ni so‘zamol, notiqa qiz.
Fashiya, Fas’hiya (a.i., ar.) – so‘zga chechan, notiq, so‘zamol; aqlli, zukko fikrli.
Fatila, Fatila (a.i., ar.) – jingalak, qo‘ng‘iroq sochli qiz yoki yonib turuvchi, chiroq, ravshanlik.
Fatonat, Fatonat (a.i., ar.) – ziyraklik, idrokli, o‘tkir zehnli, fahm-farosatli.
Fattona, Fattona (a.i., ar.) – sehrlovchi, maftun etuvchi, zebo, dilrabo.
Fattohqul, Fattohqul (ar.) – bandalariga rizq va rahmat eshiklarini ochuvchi Allohning bandasi.
Fathali, Fathali (ar.) – Alining g‘olibligi, g‘alabasi yoki g‘olib, muzaffar bolani Ali o‘z panohida asrasin.
Fathiddin, Fathiddin (ar.) – dinning g‘olib, engilmas kurashchisi yoki dinning g‘olibligi, ustunligi.
Fathiya, Fathiya (a.i., ar.) – enguvchi, g‘olib; jasur qiz.
Fathmuhammad, Fathmuhammad (ar.) – Muhammad (s.a.v.)ningg‘olibligi, g‘alabasi, zafari.
Fathulla, Fathulla (ar.) – Allohning muzaffar va g‘olibligi, Tangrining zafari yoki Alloh bergan g‘oliblik, g‘alaba.
Fathxon, Fathxon (ar.)g‘olib, muzaffar, engilmas bola.
Faxir, Faxri, Faxir (ar.) – faxr qiluvchi, g‘ururli; iftixor va obro‘ga sazovor, juda yaxshi, a’lo. Asli: Faxriddin.
Faxira, Faxira (a.i., ar.) – iftixorli, g‘ururli, maqtovga sazovor.
Faxridavla, Faxridavla (ar.) – davlatning faxri, g‘ururi, shonu shavkati.
Faxriddin, Faxriddin (ar.) – dinning faxri, g‘ururi; shavkati, shoni.
Faxriislom, Faxriislom (ar.) – islomning (dinning) faxri, g‘ururi, shuhrati.
Faxrioy, Faxrioy (a.i.,ar.-o‘z.) – iftixorli, g‘ururli va oydek suluv qiz.
Faxriya, Faxriya (a.i., ar.) – faxrli, iftixorli yoki maqtalgan, olqishlarga sazovor qiz.
Faxrinoz, Faxrinoz (a.i.,ar.-ft.) – iftixorli va nozli, yoqimtoy qiz.
Faqir, Faqir (ar.) – farzandga muhtoj, zor bo‘lib yurib topilgan bola. Asli: Faqirulla (qar.).
Faqirali, Faqirali (ar.) – qar. Faqir va Ali yoki Aliga tobe, uning ko‘magiga muhtoj.
Faqiriddin, Faqiriddin (ar.) – dinning sidqidil ixlosmandi; xudojo‘y, taqvodor.
Fahima, Fahima (a.i., ar.) – ziyrak, aqlli, farosatli qiz.
Fahmiddin, Fahmiddin (ar.) – dinning ziyrak, nozik fahmli ixlosmandi; aqlli, farosatli, taqvodor.
Feruz, Feruz (a.i., ft.) – g‘olib, muzaffar, engilmas.
Feruza, Feruza (a.i., ft.) – g‘olib, shavkatli qiz yoki qar. Firuza.
Feruzsho, Feruzsho (ft.) – engilmas, muzaffar shoh, hukmron.
Fidoali, Fidoali (ar.) – xalif Aliga baxshida qilingan bola yoki Alining fidoyi, sidqidil ixlosmandi.
Fidoyi, Fidoyi (ar.) – sidqidil, samimiy; jasur, qo‘rqmas, qaytmas.
Fidomuhammad, Fidomuhammad (ar.) – Muhammad (s.a.v.)ning sidqidil, samimiy ixlosmandi, o‘zini Muhammadning yo‘liga baxshida etgan.
Fidoyat, Fidoyat (a.i., ar.) – maqsad yo‘lida o‘zini tamoman baxshida etgan.
Fikrat, Fikrat (ar.) – idrokli, aqlli, o‘tkir, zukko fikrli.
Fikriya, Fikriya (a.i., ar.) – idrokli, o‘tkir fikrli qiz.
Firdavs, Firdavs (ft.) – aynan: bog‘, ko‘kalamzor; jannat bog‘i, jannat, sakkizinchi jannatning nomi.
Firdavsiy, Firdavsiy (ft.) – jannat farzandi.
Ismlar Manosi F harfiga: Firuz // Feruz, Firuz (ft.) – baxtli, tolei baland; nurli yoki engilmas, g‘olib, muzaffar. SHakllari: Firuzbek, Firuzboy.
Firuza // Feruza, Firuza (a.i., ft.) – baxtli, iqboli baland qiz yoki firuza (ko‘k tusli qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli; chiroyli, zebo; nurli, nur sochuvchi. SHakllari: Firuzabeka, Firuzabonu.
Firuzan, Firuzan (a.i., ft.) – nurli, nur sochuvchi; ravshan, porlovchi.
Firuzanda, Firuzanda (a.i., ft.) – nurli, yorug‘; yondiruvchi, o‘rtovchi; jo‘shqin.
Firuziddin, Firuziddin (ar.) – dinning g‘olibona himoyachisi, dinning jasur va g‘olib kurashchisi.
Firuzsho, Firuzsho (ft.) – g‘olib, engilmas shoh, hukmron.
Firuzxo‘ja, Firuzxo’ja (ft.) – xo‘jalar avlodidan bo‘lgan g‘olib, muzaffar bola.
Fitrat, Fitrat (ar.) – aynan: tug‘ma tabiat; aqlu farosatli, aqlli, dono.
Fozil, Fozil (ar.) – bilimdon, dono, donishmand. SHakllari: Fozilbek, Foziljon, Fozilxon.
Fozila, Fozila (a.i., ar.) – bilimdon, aqlli, dono qiz, olima.
Fozilkaram, Fozilkaram (ar.) – qar. Fozil va Karam yoki bilimli, dono va saxiy, saxovatli bola.
Fozilkarim, Fozilkarim (ar.) – Karim (qar.), ya’ni Alloh bergan dono o‘g‘il.
Fozilxo‘ja, Fozilxo’ja (ar.-ft.) – xo‘jalar avlodidan bo‘lgan bilimdon, dono bola.
Fozilhaq, Fozilhaq (ar.) – Haq Taoloning, Allohning bilimli, fazlu karam egasi bo‘lgan bandasi yoki Haq (Alloh)ning muruvvati, tuhfasi bo‘lgan bola.
Foila, Foila (a.i., ar.) – mehnatkash, mehnatsevar qiz. SHakllari: Foilabibi, Foilaxon.
Foiq, Foiq (ar.) – o‘zgalardan ustun turuvchi; ulug‘vor, yuksak.
Foiqa, Foiqa (a.i., ar.) – boshqalardan ustun turuvchi, afzal, a’lo qiz.
Fokiya // Foqiya, Fokiya (a.i., ar.) – bolaga muhtoj, zor bo‘lib yurib topilgan qiz.
Fokiha, Fokiha (a.i., ar.) – aynan: meva, samara, ya’ni qo‘msalgan, kutilgan farzand.
Foniya, Foniya (a.i., ar.) – yashirin yoki bilimli, dono.
Foriha, Foriha (a.i., ar.) – asli: Foruq, Foruqa – yaxshi-yomonni farqlaydigan, ziyrak. Bu nom xalifa Umarning laqabi bo‘lgan yoki Forig‘, Foriq – xalos bo‘lgan, hur, ozod.
Foruh, Foruh (ar.) – Haq va botinni farqlaydigan, uni tezda ajrata oluvchi; adolatli, haqgo‘y. Bu nom xalifa Umarning laqabi bo‘lgan.
Fotima, Fotima (a.i., ar.) – aynan: fatiat – ko‘krakdan ajratilgan. Bu nom Muhammad (s.a.v.) kenja qizining ismi bo‘lgan. SHakllari: Fotimabibi, Fotimabonu, Fotimaoy, Fotimaxon.
Fotiq, Fotiq (ar.) – shifo topuvchi, sog‘ayib ketuvchi yoki qar. Fotih.
Fotih // Fotihboy, Fotih (ar.) – engilmas, g‘olib, muzaffar; jasur, mard. Kufr va shirk diyorlarini fath qilib, u erga Islom nurini olib kiruvchi. Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri.
Fotiha, Fotiha (a.i., ar.) – g‘olib, muzaffar; jasur qiz; boshlanish, ochqich – Qur’onning birinchi surasi nomi yoki duo, rozilik berish.
Fotihali, Fotihali (ar.) – Ali g‘olib, engilmasdir yoki Alining g‘alabasi, zafari.
Foxira, Foxira (a.i., ar.) – faxrlanishga loyiq, olqishga, g‘ururga munosib, shukuhli.
Fuad// Fuod, Fuad (apj-flnn, qalb, aql, farosat.
Fuzail // Fuzayl, Fuzail (ar.) – odobli, yaxshi xislatli; insofli, adolatli; yuksak, ustun turuvchi.
Fuzayliddin, Fuzayliddin (ar.) – dinning odobli, insofli ixlosmandi yoki dinning halolligi, to‘g‘riligi, haqligi.
Fuzuliy, Fuzuliy (ft.) – o‘zboshimcha, o‘jar, o‘ziga tegishli bo‘lmagan ishlarga aralashaveruvchi, behuda so‘zlar aytuvchi.
Furqat, Furqat (ar.)-ayriliq, judolik, ajralish. Bu ism shoir Furqatning (Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li) taxallusi bo‘lib, Furqat ismi o‘shanga nisbat berilgan.