Ismlar Manosi J harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Ismlar Manosi J harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun 2022yil Chiroyli Ismlar

Ismlar Manosi J harfiga

Ismlar Manosi J harfiga: Ismlar Manosi J harfiga: Jabborxon (ar.) – Jabbor, ya’ni Alloh ato qilgan martabali, e’zozli o‘g‘il.

Jabborqul (ar.-o‘z.) – maxluqotlari ustidan mutlaq g‘olib Zot – Allohning bandasi.

Jabr (ar.) – isloh qilish, tuzatish; isloh qiluvchi.

Jabin (ar.) – aynan: peshona, manglay, ya’ni saodatli, baxtu toleli bola yoki tuban, past bola. Ism keyingi ma’noda chaqaloq yomon ko‘zdan yiroq bo‘lsin, ko‘z tegmasin degan maqsadda beriladi.

Javdat (ar.) – muruvvat, himmat, saxiylik; mehr-shafqat egasi.

Bu Qiziq: Ismlar Manosi Y YE YO harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli

Javdon // Javdonboy (ar.) – javodon – mangu, doimiy, ya’ni umri uzoq va boqiy bo‘lsin.

Javzo // Javzoboy (ar.) – javzoda, ya’ni eroncha shamsiy yil hisobining 3-oyi (22 may – 2 iyunga to‘g‘ri keladi)da tug‘ilgan bola.

Javli (o‘z.) – oxirgi, kenja o‘g‘il javli // chavli – lochin, shunqor.

Javlon (ar.) – chiroyli va shahdam qadamlar tashlovchi; harakatchan, chaqqon. SHakllari: Javlonbek, Javdonboy.

Javman (ar.) – «jav» so‘zi bilan boshlangan ba’zi ismlarning qisqargan shakli.

Javod // Javodxon (ar.) – muruvvatli, himmatli, saxovatli.

Javonbaxt (ft.-ar.) – baxtli, baxtiyor, xushbaxt.

Javohir (ar.) – qimmatbaho toshlar, zebu ziynatlar egasi, boy-badavlat bo‘lsin yoki bebaho, qimmatli.

Javohira (a.i., ar.) – qar. Javohir (Javohir+a).

Javshan // Javshon (ar.) – qalqon (zirx, sovutdek) mustahkam bola yoki qar. YOvshan, YOvshanboy.

Javqa (o‘z.) – eht. Javqon, Javqora.

Javqiron (ft.) – qar. Navqiron.

Chiroyli Ismlar

Javqon (o‘z.) – jav – shuhratli, shavkatli; mashhur; ulug‘ hukmron.

Javqoch (o‘z.) – go‘dakning yovi, ya’ni insu jinslar qochsin, bolaning umri uzoq bo‘lsin.

Javqosh (o‘z.) – qar. Javqoch.

Javhar (ar.) – gavhardek qimmatli, bebaho bola yoki asl nasab, farzand yoxud kuchli, qudratli, jasur.

Jadalboy (ar.+o‘z.) – g‘ayratli, tezkor, mehnatkash.

Jadid (ar.) – yosh, navqiron; yangi, toza, pokiza.

Jadra (o‘z.) – yayrasin, quvnasin, ochilibsochilib yursin.

Jazbiya (a.i., ft.) – dilrabo, yoqimtoy, dilkash qiz.

Jazil (ar.) – maqbul, durust, muqaddas yoki mahkam, irodali, mustahkam, ko‘p.

Jazila (ar.) – «Jazil»ning muannas shakli.

Jazira (a.i., ar.) – cho‘lda, dashtda tug‘ilgan qiz yoki orolda, ko‘rkam joyda tug‘ilgan qiz.

Jazo (ar.) – oldingi turmagan bolalar evaziga (badaliga) berilgan sovg‘a yoki iltijo qilib, tilab olingan bola.

Jazolat (a.i., ar.) – dilkash, so‘zga chechan, shirin so‘z, notiqa.

Jaylov // Jaylovboy (o‘z.) – yaylovda (o‘tloqda) tug‘ilgan bola yoki umri yaylov kabi bepoyon, obod bo‘lsin.

Jaynar (a.i., o‘z.) – yayrab, yashnab o‘ssin.

Jaynoq (o‘z.) – yayragan, yashnagan, quvnoq umr kechirsin.

Jaynoqmirza (o‘z.-ft.) – hayoti quvnoq va bilimli, kelishgan yigit bo‘lsin.

Jayraxon, Jayraxon (a.i.,o‘z.) – ohu, yovvoyi kiyikdek go‘zal, nafis qiz.

Jayron // Jayronboy (o‘z.) – jayron, ohu, kiyikdek epchil va chaqqon yigit bo‘lsin.

Jayxun (ar.) – umri jayxun daryodek oqib tursin, jo‘shqin, farovon bo‘lsin.

Jayxuna (a.i., ar.) – qar. Jayxun (Jayxun+a).

Jakbarali (ar.) – qar. Akbarali.

Jakiya (ar.) – uzoq umrli qiz.

Jala (o‘z.) – kuchli jala yoqqan payti tug‘ilgan bolaning umri jaladek serob bo‘lsin.

Jalid (ar.) – puxta, chidamli; sobit, turg‘un.

Jalila (a.i., ar.) – ulug‘vor, mashhur, dongdor qiz.

Jalilqul (ar.) – ulug‘lik va buyuklikni o‘zida jamlagan oliy Zot – Allohning quli.

Jalis (ar.) – otasiga hamsuhbat; yo‘ldosh, hamroh bo‘lib yursin.

Jalish (ar.) – xushro‘y, go‘zal, ko‘rkam yoki Jaloliddin, Abdujalil ismlarining eq. shakli.

Jalodat (a.i., ar.) – chaqqon, dovyurak qiz.

Jaloyir (o‘z.) – jaloir qabilasiga mansub bola, jaloyir farzandi.

Jalol (ar.) – buyuk yuksak martabali; go‘zal, ko‘rkam.

Jalola (a.i., ar.) – ulug‘, ko‘rkam qiz.

Jalolat (a.i., ar.) – mag‘rur, viqorli qiz.

Jaloliddin (ar.) – dinning ulug‘vorligi, shavkati, shukuhi; dinning buyukligi, mukammalligi yoki dinning ulug‘, shavkatli farzandi.

Jalolmirza (ar.-ft.) – ulg‘ayib ulug‘vor, shavkatli hamda salobatli, o‘qimishli yigit bo‘lsin.

Jamal (ar.) – tuya, erkak tuya, nortuya. Eht.: Jamol (qar.) ismining shakli.

Jamash (ft.) – quvnoq, xushchaqchaq; baxtiyor.

Jambil // Janbula (a.i., o‘z.) – jambil (xushhid o‘simlik)dek yoqimtoy suyukli qiz.

Jambiloy (a.i., o‘z.) – jambildek yoqimli va oydek go‘zal qiz.

Jambul (mo‘g‘.) – qo‘rg‘on, qal’a (qasr), ya’ni qal’adek mahkam, mustahkam bola.

Jamil (ar.) – chiroyli, xushsurat; yoqimtoy.

Jamila (a.i., ar.) – go‘zal, sohibjamol, maftunkor qiz.

Jamiyatxon (a.i., ar.-o‘z.) – jamiyatga, xalqqa xizmat qiluvchi; suyukli qiz.

Jamoat (a.i., ar.) – ulg‘ayib ko‘pchilikning xizmatkori bo‘lsin, ko‘pchilikning duosini olsin.

Jamod (ar.) – toshdek, ma’dandek mustahkam bola (qar. Jamoddin).

Jamoddin (ar.) – dinning mustahkam mahkam bolasi yoki dinning sobitqadam, sodiq farzandi.

Jamol (ar.)-chiroyli, nafosatli, xushro‘y bola. Eht.: Jammol – tuyakash, tuyalarni etkalovchi. Asli: Jamoliddin (qar.)

Jamola (a.i., ar.) – qar. Jamol (Jamol+a).

Jamolbibi (a.i., ar.-hind.) – chiroyli, zebo va yuksak martabali qiz.

Jamoliddin (ar.) – dinning ravnaqi, barkamolligi, mukammalligi yoki dinning barkamol, sodiq xizmatkori.

Jamshid (ft.) – ulug‘, ulkan, muazzam. Abulqosim Firdavsiyning «SHohnoma» asaridagi afsonaviy podshohning nomi.

Jamg‘ir // Jamg‘irboy (o‘z.) – yomg‘ir qattiq yoqqan kunda tug‘ilgan bola. Sol: YOmg‘ir, YOmgirboy.

Janbil (a.i., o‘z.) – xushbo‘y o‘simlik jambildek yoqimtoy, ko‘rkam qiz.

Jalilbergan (ar.-o‘z.) – buyuk va ulug‘ Alloh bergan farzand.

Jalilberdi (ar.-o‘z.) – «Jalilbergan» bilan ma’nodosh.

Jalilqul (ar.-o‘z.) – ulug‘lik va buyuklikni o‘zida jamlagan oliy Zot – Allohning bandasi.

Jannat (a.i., ar.) – jannat, behisht, uchmoq, ya’ni jannat qizi (Allohning amriga muvofiq hayot kechirgan solih bandalar kiradigan makon. Bu ism jannatga kirishga sabab bo‘ladigan amallarni qiluvchi banda bo‘lsin, degan niyatda qo‘yiladi. Ushbu nom «Firdavs» ismi bilan ma’nodosh). SHakllari: Jannatbibi, Jannatoy, Jannatxon.

Jannatquli (ar.-o‘z.) – behishtda bo‘luvchi, jannatga intiluvchi, jannatga mansub.

Jamil (ar.) – chiroyli, ko‘rkam, kelishgan, xushbichim.

Jamila (ar.) – «Jamil»ning muannas shakli.

Ismlar Manosi J harfiga: Jamol (ar.) – chiroyli, kelishgan.

Jamola (ar.) – «Jamol»ning muannas shakli.

Jamoliddin (ar.) – Islom dinining chiroyi, ko‘rki va fayzi.

Jarir (ar.) – epchil, chaqqon, tezkor yoki teridan eshib ishlangan arqondek mahkam, chidamli.

Jarira (a.i., ar.) – teridan yasalgan arqondek chidamli, yashovchi.

Jariya (a.i., ar.) – mard, botir, qo‘rqmas (qar. Joriya).

Jarroh (ar.) – mohir tabib, o‘z ishiga usta hakim; isloh qiluvchi. Sog‘ ulg‘ayib mohir jarroh, tabib bo‘lsin.

Jarulla (ar.) – Allohning yaqini, e’zozli bandasi.

Jasorat (ar.) – mardlik jasorat sohibi.

Jasur (ar.) – qo‘rqmas, mard, jur’atli, jasoratli.

Jasura (a.i., ar.) – jasoratli, mard, sabotli qiz.

Ja’far (ar.) – jannat arig‘i, anhori yoki sariq rangli xushbo‘y gul. SHakllari: Ja’farboy, Ja’farxon, Ja’farqul.

Ja’farali (ar.) – umri jannat arig‘idek musaffo bo‘lsin hamda Alining ruhi madadkor bo‘lib yursin.

Jahon (ft.) – umri olamdek keng va yorug‘likka to‘la bo‘lsin. SHakllari: Jahonbek, Jahonboy, Jahonbibi, Jahonbu, Jahonbuvi, Jahonoy, Jahonxon.

Jahonaro (a.i.,ft.-o‘z.) – olamga ziynat, oroyish beruvchi, ya’ni dunyodagi eng go‘zal qiz.

Jahonbaxt (a.i., ft.-ar.) – tolei olamdek cheksiz bo‘lsin yoki olamdagi eng baxtli qiz.

Jahonbaxsh (ft.) – olamning hokimi yoki olamda eng saxiy, hotamtoy bola.

Ismlar Manosi J harfiga: aJahonbonu (a.i., ft.) – olamdagi eng mashhur qiz; tengsiz malika.

Jahongir (ft.) – olamni bo‘ysundiruvchi, fath etuvchi; g‘olib, muzaffar.

Jahondor (ft.) – olamni egallagan, dunyo hukmdori; ulug‘, qudratli shoh.

Jahonzeb, Jahonzeb (a.i., ft.) – olamning bezagi, ko‘rki, ziynati.

Jahonniso (a.i., ft.-ar.) – olamga tatiydigan ayol, dunyodagi eng mashhur qiz.

Jahonnur (a.i.,ft.-ar.) – olamning nuri, baxtli qiz, mislsiz baxtu saodat sohibi.

Jahonoy (a.i.,ft.-o‘z.) – olamning oymonand go‘zali.

Jobir (ar.) – isloh qiluvchi, tuzatuvchi, yaxshilovchi. Ba’zi manbalarda jabrlovchi, zolim.

Jovid (ar.) – umri uzoq bo‘lsin, abadiy, mangu tursin.

Jovida (a.i., ar.) – umri uzoq va boqiy bo‘lsin.

Jozib (ar.) – maftun etuvchi, o‘ziga tortuvchi; jozibali, go‘zal bola.

Joziba (a.i., ar.) – dilrabo, dilkash, maftunkor qiz.

Jonbaxsh (ft.) – hayotbaxsh, tirishqoq yoki sodiq, vafodor.

Jonbek (ft.-o‘z) – beklar naslidan bo‘lgan qadrli, e’zozli o‘g‘il.

Jonbeka (a.i.,ft.-o‘z.) – beklar nasliga mansub suyukli qiz.

Jonibek (ft.-o‘z.) – joni berk (mahkam, mustahkam) umri uzoq bola.

Jonim (ft.) – «jon» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning (Jonmurod. Jonmuhammad) qisqargan shakli.

Jonimqul (ft.-o‘z.) – qar. Jonim.

Jonifa (a.i., ft.) – muloyim, yuvosh, kamtarin; odobli.

Joniya (a.i., ft.) – suyukli, aziz qiz.

Joniqul (ft.-o‘z.) – qar. Jonqul.

Jonlar (ft.-o‘z.) – tiriklik ruh, hayotbaxshlik.

Jonon (a.i., ft.) – suyukli, aziz yoki ko‘rkam sohibjamol, maftunkor qiz. SHakllari: Jononbibi, Jononoy, Jonongul, Jononboy, Jononxon.

Jonona (a.i., ft.) – suyukli; dilbar, maftunkor qiz.

Jonpolat (a.i., ft.) – joni po‘latdek berk mahkam bola. Sol.: Po‘lat, Po‘latjon.

Joriya (a.i., ar.) – cho‘ri, xizmatkor qiz, qul yoki hayoti to‘g‘ri, ravon qiz.

Johid (ar.) – harakatchan, tirishqoq; sobitqadam.

Juban (ft.) – yosh, navqiron yoki yupanch. Bolasi turmagan oilalarda bu bola bizga yupanch, dalda bo‘lsin ma’nosida.

Juvayriya (e.a.i., ar.) – Allohning kichik xizmatkori; «Joriya» ismining kichraytirma shakli.

Ismlar Manosi J harfiga: Juvona (a.i., ft.) – kabutar bolasi; juvon, ayol.

Juvonbaxt (ft.-ar.) – baxtli, baxtiyor, omadli.

Juvonmardi (ft.) – jasur, dovyurak shijoatli yoki saxiy, olijanob, mehribon.

Juvonsher // Javonsher (ft.) – yosh sher, sher bolasi, sherbachcha.

Juma (ar.) – juma kuni, ya’ni xosiyatli kunda tug‘ilgan bola. SHakllari: Jumaboy, Jumaqul, Jumatoy.

Jumaali (ar.) – xosiyatli kun – jumada tug‘ilgan o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin.

Jumagul (a.i.,ar.-ft.) – juma kuni tug‘ilgan guldek zebo qiz.

Juman // Jumanboy (ar.) – juman – marvarid, gavhar (inju, dur) yoki Jumanazar, Jumaniyoz (qar.) ismlarining eq. shakli.

Jumaniyoz (ar.-ft.) – juma kuni ko‘rsatilgan iltifot, marhamat yoki juma kuni berilgan in’om, ehson.

Jumat (ar.) – «juma» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma nomlarning (Jumaturdi, Jumatursun) eq. shakli.

Junayd (ar.) – xokisor, mutavoze’; mashhur, hurmatli; askar, yordamchi, xaloskor. Ba’zi manbalarda; kesak (guvala)dek arzimas bola. CHaqaloqqa ko‘z tegmasin deb shunday ism beriladi. Asli Junaydulla (qar).

Junayda (ar.) – «Junayd»ning muannas shakpi.

Junaydulla II Junaydulloh, Junaydulloh (ar.) – Allohning xoksor, sodda bandasi.

Jupar (a.i., ft.) – xushbo‘y, muattar hidli o‘simlik (jupar)dek yoqimtoy qiz. Eht.: Ja’faroy ismining eq. shakli.

Jur’at (ar.) – jasoratli, matonatli, shijoatli.

Jufar // Jufaroy (a.i., ft.) – qar. Jupar. Eht.: Ja’far, Ja’faroy (qar.).

Jo’jagul (a.i., ft.) – jo‘jadek nozik kichkintoy va guldek ko‘rkam qiz.

Jo‘ji (mo‘g‘.) – kutilgan bola, mehmon.

Jo’ybor (ft.) – umri suvga serob va buloq suvidek uzun bo‘lsin.

Jo‘mard (ft.) – saxiy, qo‘li ochiq, saxovatli, mard, dangalchi.

Jo‘na (a.i., ar.) – gavhar, inju yoki jo‘nna – umri uzoqlik, boqiylik.

Jo‘ntoy (o‘z.) – sodda, kamtarin hamda suyukli, erka o‘g‘il.

Jo’ra (ft.) – otasi yoki o‘zidan oldingi bolalarga o‘rtoq, hamdam, hamroh bo‘lib o‘ssin. SHakllari: Jo‘rabek, Jo‘raboy, Jo‘raqul, Jo‘raxon.

Jo’raberdi (ft.-o‘z.) – Alloh otasiga (aka-opalariga) hamroh, do‘st bo‘lib yuruvchi o‘g‘il berdi.

Jo’ragul (a.i., ft.) – onasiga va o‘zidan oldingi bolalarga hamdam (hamroh) bo‘lib yursin va ulg‘ayib guldek suluv qiz bo‘lsin. SHakllari: Jo‘ra, Jo‘raoy, Jo‘raxon.

Jo’rajon (ft.) – suyukli do‘st, o‘rtoq. Ismlar Manosi J harfiga

Jo’raxol (ft.) – xolli, xoli bilan tug‘ilgan yo‘ldosh, do‘st.

Jo’raxon (a.i.,ft.-o‘z.) – qadrli, muhtarama do‘st, yo‘ldosh.

Jo‘shqin II Jo‘shqinboy (o‘z.) – g‘ayratli, shijoatli, harakatchan bola.

Jo’shqinoy (a.i., o‘z.) – g‘ayratli, shijoatli, sho‘xchan qiz.

Jo‘ya (ft.) – izlovchi, axtaruvchi, qidiruvchi.

Jo‘yanda (ft.) – izlovchi, qidiruvchi; mushtoq.

Rate article
Add a comment