Ismlar Manosi P harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Ismlar Manosi P harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Chiroyli Ismlar

Ismlar Manosi P harfiga

Ismlar Manosi P harfiga: Payvasta (a.i., ft.) – bog‘langan, ulangan, mustahkam yoki chiroyli, ko‘rkam.

Paydo (ft.) – mavjud bo‘luvchi, turadigan; yashaydigan.

Paykar (ft.) – aynan: badan, gavda, sumbat, qomat, go‘zal, kelishgan. SHakllari: Paykargul, Paykaroy.

Paymo (ft.) – chidamli, irodali, bardoshli, enguvchi.

Paymona (a.i., ft.)-axd, va’da qilingan qiz, eht.: paymana – tarozu, ya’ni tarozi pallasiga qo‘yib sotib olingan qiz.

Payshanba (ft.) – payshanba kuni tug‘ilgan bola. Bu kun xosiyatli hisoblanadi.

Payg’om (ft.) – xabar, xushxabar, bashorat.

Bu Qiziq: Ismlar Manosi O harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Palang (ft.) – qoplon, yo‘lbarsdek kuchli, qudratli.

Pamir (ft.) – Pomir tog‘i nomiga nisbatan berilgan ism.

Parizod (a.i., ft.) – parilardan tug‘ilgan, ya’ni go‘zallar avlodiga mansub, tengsiz go‘zal qiz.

Pariniso (a.i., ft.) – ayollarning parisi, eng chiroylisi; parilardek nozik, nazokatli ayol.

Pariruh (a.i., ft.) – parilardek go‘zal yuzli, pariro‘y, xushro‘y qiz.

Parichehra (a.i., ft.) – parilardek ko‘rkam yuzli, zebo qiz.

Parpi (ft.) – farfi – nafis, muloyim, yumshoq tabiatli yoki parpi – dorivor o‘simlik nomidan. SHakllari: Parpigul, Parpijon, Parpixon.

Parpiddin (ft.) – dinning yumshoq tabiatli, xushxulq kishisi. Sol.: Farfi.

Partob (ft.) – tashlandiq, iflos, axlatga o‘xshash bola yoki o‘q, nayzadek o‘tkir, keskir, mustahkam. CHaqaloqni ko‘z tegishdan asrash uchun beriladigan ism.

Partov (ft.) – nurli, nur sochuvchi, go‘zal, ko‘rkam. SHakllari: Partovgul, Partovbibi, Partovoy.

Parcha (ft.) – parchaqora (parchachavdir, parchayuz, parchaburgut, loqayparcha) singari urug‘lardan biriga mansub bola. SHakllari: Parchabibi, Parchabeka, Parchabika, Parchagul, Parchamomo.

Parchaoy (a.i., ft.-o‘z.) – parcha (mato) kabi muloyim va oydek suluv qiz.

Parchaxol (a.i., ft.) – parcha (mato)dek muloyim va xol bilan tug‘ilgan qiz.

Parchin (a.i., ft.) – parchin (barchin-ipak mato)dek muloyim, qimmatli qiz.

Patida // Padida (a.i., ft.) – ochiq, oshkor, huvaydo.

Patila (a.i., ft.) – pahmoq, baroq sochli qiz yoki patila – qiyom qaynatiladigan mis qozondek mustahkam, mahkam bola.

Pattiniso (a.i., ft.-ar.) – laylakqor yoqqanda tug‘ilgan qiz yoki qar. Patta.

Patto (a.i., ft.) – butasimon o‘simlikdek (novda, shoxchadek) yashovchan yoki laylakqor yoqqanda tug‘ilgan qiz. SHakllari: Pattabuvi, Pattabu, Pattagul.

Paxtaboy (ft.-o‘z.) – paxta ochilganda yoki paxta terimi boshlanganda tug‘ilgan bola.

Paxtaoy (a.i., ft.-o‘z.) – paxta ochilganda tug‘ilgan qiz yoki paxtadek muloyim, yumshoq tabiatli qiz.

Pahlov (ft.) – kuchli, qudratli, zo‘ravon, shijoatli.

Pahlavon (ft.) – botir, bahodir, kuchli, qudratli.

Peshaboy (ft.) – hunarmand, mehnatkash bola.

Peshavor (ft.) – hunarmand, mehnatkash bola, kosib; san’atkor; mehnatsevar.

Peshvo (ft.) – yo‘lboshchi, rahbar, dono, bilimdon, mutaffakkir.

Peshdod (ft.) – odil, o‘tmishdan darakchi, xabarchi, oldindan biluvchi, ko‘ruvchi yoki alomat, nishon.

Piltan // Filton (ft.) – fildek gavdali, kuchli, qudratli, pahlavon.

Pir (ft.) – aynan: qari, chol, keksa, oqsoqol, diniy ustoz; suyanchiq avliyo, muqaddas shaxs; ko‘ngil qo‘yilgan, sig‘inilgan shaxs yoki pir so‘zi bilan boshlangan qo‘shma ismlarning qisqargan shakli.

Pirak (ft.) – «Pir» so‘zi mavjud ismlarning eq. shakli.

Pirali (ft.-ar.) – Ali suyanchiq bo‘lsin; Ali qo‘llovchi bola yoki Ali ato qilgan bola.

Ismlar Manosi P harfiga: Pirasta (a.i., ft.) – bezangan, orolangan, zebo.

Pirahmad (ft.-ar.) – Ahmad – Muhammad (s.a.v.) qo‘llaydigan yoki Ahmad o‘z panohida asraydigan bola.

Pirzoda (a.i., ft.) – muqaddas avliyolar nasliga mansub qiz, pirlar farzandi yoki pir (avliyo)lar ato qilgan qiz.

Pirim (ft.) – «pir», «pirim» so‘zlaridan biri bilan boshlangan qo‘shma ismlarning qisqargan shakli. SHakllari: Pirimboy, Pirimjon, Pirimqul.

Pirimbek (ft.-o‘z.) – birinchi (bosh) qismida pir so‘zi mavjud ismlarning qisqargan shakli yoki beklar avlodi, naslining rahnamosi.

Pirmuhammad, Pirmuhammad (ft.-ar.) – Muhammad (s.a.v.) rahnamo, diniy ustozdir.

Pirniyoz (ft.) – pirdan so‘rab olingan bola yoki pirning ehsoni, sovg‘asi.

Pistagul (a.i., ft.) – pista gulidek go‘zal, zebo qiz.

Podaboy (ft.-o‘z.) – podalari mo‘l, boybadavlat bo‘lsin.

Podsho (ft.) – shoh, hukmron, baland martabali.

Poyon (ft.) – hadeb qiz tug‘ilaverib keyin birinchi bo‘lib tug‘ilgan o‘g‘ilga beriladigan ism, ya’ni qizlarning oxirgisi, intihosi yoki foyda, manfaat. SHakllari: Poyonbek, Poyonboy, Poyonjon.

Poyonda (ft.) – turg‘un, mahkam yashovchi, boqiy, abadiy.

Pokiza (a.i., ft.) – toza, ozoda, begunoh, ma’suma. SHakllari: Pokizaxon, Pokizaoy.

Pokdod (ft.) – tag-tugli, aslzoda.

Polvon (ft.) – kuchli, qudratli, bahodir.

Polvonali (ft.-ar.) – kuchli, pahlavon o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin.

Polvonniyoz (ft.) – so‘rab, yolvorib olingan pahlavon o‘g‘il.

Poliniyoz (ft.) – yolvorib, iltijolar qilib yurib erishilgan pokiza, ozoda bola.

Poluda (a.i., ft.) – pokiza, ozoda, ma’suma yoki poluda (halvoning bir turi) kabi shirin, yoqimtoy bola.

Popuk (a.i., ft.) – popukdek (shirinlikning turi) shirin, yoqimtoy qiz.

Porloq (o‘z.) – tolei baland, baxtiyor umr sohibi.

Porso (ft.) – yomon ishlardan saqlanuvchi, o‘zini tiyuvchi, taqvodor, xudojo‘y. SHakli: Porsoxon.

Poshsha (ft.) – sog‘ ulg‘ayib baland martabalarga erishsin yoki hurmatli, mo‘‘tabar.

Poshshaxon (a.i., ft.) – ulug‘ martabali, obro‘li qiz bo‘lsin.

Ismlar Manosi P harfiga: Poshshaqul (ft.-o‘z.) – qar. Poshsha (Poshsha+qul) yoki podshoning (Allohning) quli, bandasi.

Pudina (a.i., ft.) – yalpizdek yoqimtoy qiz.

Purdil (ft.) – mard, botir, dovyurak, g‘olib, engilmas.

Purli (ft.) – ko‘paysin, o‘ssin.

Purxol (a.i., ft.) – shod, xursand, baxtiyor yoki xosiyatli xol bilan tug‘ilgan bola.

Purshabs (ft.) – otlari (yilqilari) ko‘p, boy-badavlat bo‘lsin.

Po’lat (ft.) – po‘latdek mustahkam, yashaydigan, umri uzoq bola. SHakllari: Po‘latboy, Po‘latjon, Po‘latxon, Po‘latgul.

Polatxon (a.i., ft.-o‘z.) – po‘latdek mustahkam va obro‘-e’tiborli qiz.

Rate article
Add a comment