Ismlar Manosi qaysi Ism Islomda ulug’ xisoblanadi

Ismlar Manosi Tarkibida Qatnashadigan Chiroyli Ismlar

Ayrim Ismlar Tarkibida Qatnashadigan So‘Zlar Ma’nosi

Ismlar Manosi: abdi, abdu – qul, g‘ulom; banda; sig‘inuvchi, itoat qiluvchi. Mazkur qo‘shimcha faqat Alloh taoloning ismi sifatlariga qo‘shiladi.

ab, abu ma’nosi: ota, padar, ajdod, otasi, otalar, Abul, Obo. Ism egasini ulug‘lovchi tarkiblar.

ali -oliy, baland, yuqori, olijanob, yuksak, buyuk, ulug‘lik, yuksaklikka ko‘tarmoq, shon-sharaf.

begim 1) bek farzandi, beklar avlodiga mansub, bekzoda; shahzoda; hokim, hukmdor.

begim 2) podshohning xotini yoki qizi; malika, bekzoda; xonim, beka, oyim; yuksak martabali, aslzoda. Ism tarkibida hurmat ma’nosini anglatadi.

bek, beg 1) hukmdor, hokim, boshliq; o‘tmishda maxsus mansablardan birining nomi.

bek 2) -bek // berk ma’nosida; mustahkam, himoya qilingan; kuchli, qudratli.

Bu Qiziq: Tushda Ilon: Ayol Yoki Erkak Ilon Korsa Nima Boladi. Tush Tabiri

beka, bika bekning xotini yoki qizi; beklar avlodiga mansub ayol.

bibi, bi yuqori sinf, aslzodalar avlodiga mansub qiz (ayol); mo‘‘tabar, baland martabali ayol; beka (qar.), xonim; oyim (qar.); o‘zbek shevalarida ona, opa, buvi, qaynona, xotin, uy sohibasi ma’nolarida ham qo‘llaniladi; bibi so‘zi o‘tmishda mashhur turkiy ayollarning faxriy unvoni bo‘lgan. Ism tarkibida hurmat, e’zozlash ma’nolarini anglatadi.

Ismlar Manosi: bibish Bibioysha, Bibiniso, Bibigul kabi ismlarning qisqargan shakli (qar. bibi).

bobo buva, ota yoki onaning otasi. Ba’zan aziz, muqaddas avliyo, pir ma’nosida ham keladi. Bobosining ismi berilgan, bobosining ismi bilan atalgan bola yoki bobosidek ko‘p umr ko‘rsin ma’nosini anglatadi.

boy, voy asli boylar, badavlatlar avlodiga mansublik; boy-badavlat, hukmron, janob. Ism tarkibida bolaga to‘qlik, farovonlik tilash, hurmat, ehtirom ma’nolarida keladi. Ba’zan farzandimiz ko‘paysin, serfarzand bo‘laylik ma’nosini ham ifodalaydi.

bonu shohlar, sultonlar avlodiga mansub ayol; aslzoda ayol; beka (qar.), xonim (qar.), oyim (qar.), begim (qar.); boy-badavlat ayol. Ismlar tarkibida uy bekasi, xonadon egasi, hurmat, ehtirom ma’nolarini anglatadi.

buva ota yoki onaning otasi (qar. bobo), buvi, buv, bu ota yoki onaning volidasi, katta ena. Ismlar tarkibida buvisining ismi bilan atalgan qiz yoki buvisidek uzoq umr ko‘rsin ma’nolarida keladi. Ba’zan ismlarga an’anaga ko‘ra qo‘shib aytiladi va hurmatli qiz, ayol ma’nolarini anglatadi: buvish (qar. bibi, bibish).

gul guldek ko‘rkam, go‘zal; zebo; hayoti guldek yashnagan, obod bo‘lsin ma’nolarini anglatadi. Gul nafosat, noziklik, ma’sumlik, sohibjamollik ramzidir.

dada ota, padar. Ism tarkibida dadasining ismi bilan atalgan bola yoki dadasining orzusi, armoni bo‘lgan bola; dadasiga yo‘ldosh, hamroh bo‘lib o‘ssin ma’nolarini anglatadi.

dil dilni yorituvchi, ko‘ngilni shod etuvchi, maftun qiluvchi, seviklik.

yor do‘st, o‘rtoq, hamdam, yo‘ldosh. Ismlar tarkibida bola ota-onasi yoki o‘zidan olingan farzandlarga yo‘ldosh, do‘st bo‘lib ulg‘aysin yoki Alloh,

payg‘ambarlar, avliyolar bolani qo‘llasin, asrasin, unga hamdam, yor bo‘lsin ma’nolarini anglatadi. Ba’zi nomlarda chaqaloqning qandaydir narsa, e’tiqodga mansubligi, unga baxshida etilganligini anglatadi.

Ismlar Manosi: jon // chon ruh, tiriklik, hayot. Ismlar tarkibida aziz, qadrli; e’zozli, mo‘‘tabar; yoqimli, yoqimtoy ma’nolarini anglatadi. Hurmat, ehtirom, erkalash, suyish munosabatini ifodalaydi.

jahon olamda, dunyoda, jahonda yagona ma’nosidagi e’zozlovchi tarkib.

zod, zoda shundan tarqalgan, tug‘ilgan; bolasi, o‘g‘li, nasli. Pok, toza avlodli qiz, pok zurriyot belgisi.

zot bir bobokalon, bir avlod-ajdoddan tarqalgan nasl; bola.

liqo go‘zal ko‘rinish va chehra hurliqo (jannat qizi), maqtov belgisi.

maston hayot go‘zalligidan mastlik, sarxush qiluvchi chehra egasi demak.

mir bu tarkib ham amalda unvon bo‘lib, «amir» so‘zining qisqartirilganidir. Boshliq, rais, peshvo, farmon beruvchi, buyuruvchi ma’nosiga ega. Amir xalifa Alining avlodlaridan bo‘lgan sarkardalarning faxriy unvoni bo‘lgan va keyinchalik harbiy unvon sifatida qo‘llanila boshlagan. Ushbu unvon sohiblari avlodlari ismlarini Mir so‘zi bilan boshlash an’anaga aylangan.

mirza ziyolilar, qalam ahllari; kotib, sarkotib, munshiy ma’nosini anglatgan. Xalq tilida o‘qimishli, savodxon ma’nolarini bildiradi.

mirzo amirning o‘g‘li, amir avlodiga mansub bola; amirzoda, shahzoda. Sohibqiron Amir Temur

zamonasidan boshlab unvon sifatida temuriylar va amirlar avlodi nomiga qo‘shilib ulug‘langan. momo buvi, buvining onasi, katta buvi; kampir, keksa ayol; doya xotin. Ismlar tarkibida buvisining ismi bilan atalgan qiz, buvisidek uzoq umr ko‘rsin ma’nolarini anglatadi. Ko‘p holda an’anaga binoan ismlarga qo‘shilib aytiladi.

mohoy; oydek go‘zal, chiroyli, oyyuzli. Oydinda, yangi oy chiqqanda yoki oy to‘lishgan kunda tug‘ilgan qiz.

mulla arabcha; mavlo (mavla) so‘zining buzilgan shakli bo‘lib, madrasada tahsil ko‘rgan savodxon kishi; din bilimdoni, ulamo. Ismlar tarkibida bilimli, o‘qimishli, savodxon bo‘lsin; kelishgan, yoqimtoy yigit bo‘lsin ma’nolarida keladi.

murod tilak, orzu, maqsad. Ismlar tarkibida tilab olingan, armon qilib yurib topilgan, istalgan, xohlangan bola, murod-maqsadli bola; tuhfa, sovg‘a, iltifot, in’om ma’nolarini ifodalaydi.

mo‘min Alloh taoloning nomi (sifati) bo‘lib kelganda bandalari xavfsizligini ta’minlovchi, himoyachi, muhofazakor ma’nolarini anglatadi. Ismlar tarkibida ko‘proq ishongan, imon keltirgan, musulmon; dindor, itoatkor. Allohning quli, sodiq xizmatkori ma’nosida keladi.

Ismlar Manosi: nazar 1) ko‘z qarash, nigoh. Ismlar tarkibida e’tirof, iltifot, muruvvat, shafqat ma’nolarini anglatadi. Ba’zi ismlarda sovg‘a, ehson, tuhfa tushunchalarini ham ifodalaydi. Bu hollarda Allohning, payg‘ambarning, aziz avliyolarning g‘amxo‘rligi ko‘zda tutiladi.

Tushda Jinsiy Aloqa Ko’rsa Nima Bo’ladi Tush Tabiri Talqini

nazar 2) qadimiy yahudiycha o‘zini Xudoga bag‘ishlagan, xudojo‘y, taqvodor; o‘zini tutib olgan, vazmin, kamtarin ma’nolarini anglatadi.

niyoz to‘rt xil farqli ma’nolarga ega: a) yolvorib, iltimos, iltijolar qilib yurib erishilgan; b) xoxlangan, kutilgan, orzu-armon qilingan; v) marhamat, shafqat qilib berilgan; tuhfa, in’om ehson; g) nazar qilingan, baxshida qilingan.

nisa, niso ayol, xotin, xonim, oliy martabali. Bu so‘z o‘tmishda aslzoda hukmron oilaga mansub ayollar ismiga qo‘shib aytilgan.

noz nozlanuvchi, nozli, erkalanuvchi, yoqimli, xushta’b qiliq belgisi.

nor 1) xol, qizil xol; badanidagi tug‘ma qizg‘ish dog‘; xushro‘y, chiroyli; baxtli, xosiyatli xol bilan tug‘ilgan bola.

nor 2) bir o‘rkachli erkak tuya; qudratli, baquvvat.

nor 3) o‘t, olov, alanga.

nor 4) anor; badanida anor rangli qizg‘ish dog‘, belgi bilan tug‘ilgan.

nur yog‘du, ziyo, yorug‘lik, ravshanlik; baxt, iqbol. Nur so‘zi ismlar tarkibida Alloh taoloning, payg‘ambarning nomi (sifat) vazifasida ham keladi. Bunda borligi, mavjudligi o‘z-o‘zidan ayon va borliqdan ham ravshan, ayon qilib turuvchi (Alloh nurli, yorug‘, ravshan (Muhammad) ma’nolarini anglatadi. Ba’zi qo‘shma ismlarda tuhfa, sovg‘a; muruvvat, shafqat ma’nolarini ham ifoda etadi.

Ismlar Manosi: oy ayollar ismi tarkibida go‘zal, chiroyli, erkaklar ismida baxtli, tolei baland ma’nolarini anglatadi. Ba’zi ismlar tarkibida yangi oy chiqqanda yoki oy to‘lishgan kunda tug‘ilgan bola ma’nolarini ham ifodalaydi.

oyim oliy nasab avlodga mansub qiz, ayol;

xonim (qar.), beka (qar.); hurmatli, e’zozli; taqvodor xonadonga mansub qiz, ayol.

Chaqaloq Tushda korsa tushlarning talqini TUSH TABIRI

oxun turkiycha; og‘a, janob; forscha; xudovand, janob, xudojo‘y. Ismlar tarkibida o‘qimishli, ilmli kishi; muallim ma’nolarida keladi. Oxun so‘zi xalq tilida uyg‘urlarning umumiy laqabini ham anglatadi.

pochcha ismlar tarkibida aka, og‘a; qaynog‘a, ota; akasining ismi bilan atalgan bola ma’nolarini anglatadi.

poshsha, pochcha hukmron, shoh, podshoh. Ismlar tarkibida baland martabali, qadrli, e’zozli ma’nosida yuksak hurmat, ehtirom ma’nolarini bildiradi.

sayyid Muhammad (s.a.v.)ning qizlari hazrati Alining zavjalari Fotimai Zahrodan tug‘ilgan farzandlar imom Hasan va imom Husayn va ularning avlodlari sayyid deb atalgan. Sayyid so‘zining lo‘g‘aviy ma’nosi xoja, janob bo‘lib, yurtimizda to‘ralar deb ham yuritilgan. Sayyid Muhammad alayhissalom avlodlarining faxriy unvoni sanaladi. Bu so‘z ismlar tarkibida aslzoda, zodagon, buzurg, peshvo, boshliq, xo‘ja, muhtaram, hurmatli zot ma’nolarida ham keladi. sayd, said-baxtli, saodatli, tolei porloq; o‘suvchi, ulg‘ayuvchi, yuksaluvchi; hurmatli, e’zozga sazovor.

sulton shoh, hukmdor, podshoh. Ismlar tarkibida yuksak martabali, ulug‘vor, yuksak, tolei porloq ma’nolarini ifoda qiladi. Ba’zi ismlarda sulton so‘zi hazrati Sulton (Ahmad YAssaviy) qabrini yoki boshqa muqaddas qadamjolarni ziyorat qilgandan keyin tug‘ilgan bola, ya’ni sultonning tuhfasi, ehsoni ma’nolarini ifodalaydi.

toy 1) ot bolasi, toychoq. Ismlar tarkibida erkalash, suyish (toyim, toychog‘im, toychoqqinam) tu-

shunchalarini ifodalaydi va qadrli aziz, qimmatli ma’nolarini anglatadi.

toy 2) o‘zbek tilidagi -li qo‘shimchasiga to‘g‘ri keladi: Xoltoy xolli bola; Nortoy qizil xol (tamg‘a)li bola. Ba’zi turkiy tillarda toy ota, toy ona birikmalari bobo, buvi (ona tomonidan) o‘rtoq, hamdam ma’nolariga ham ega.

tosh ismlar tarkibida mahkam, mustahkam, joni qattiq bo‘lsin, ya’ni toshday mustahkam bo‘lib yashasin ma’nolarini anglatadi.

Ismlar Manosi: to‘ra 1) oliy toifaga mansub, xon, podshoh farzandi; shahzoda, podshoh o‘g‘li; yo‘lboshchi.

to‘ra 2) o‘tmishda xonlar davrida katta mansabning, ya’ni hokimning unvoni; mansabdor, ulug‘ martabali.

to‘ra 3) Buxoro xonligida sayyid (qar.)larning unvoni bo‘lgan; rahnamo, sardor ma’nolarini anglatadi.

to‘ra 4) odam bo‘yicha keladigan harbiy aslaha (qalqon)ning nomi. Bu vazifada to‘ra so‘zi muhofaza qilingan, himoyalangan ma’nolarini anglatadi.

to‘ra 5) oiladagi uchinchi o‘g‘ildan keyingi to‘rtinchi o‘g‘il. Xalq tilida «to‘ra bola», «to‘ralardek yigit bo‘lsin», «to‘ram», «to‘ra o‘g‘il» kabi erkalash, suyish iboralari ham mavjud.

ullo Allohga qalban, fikran yaqin, e’zozli, sobit qadam. Allohning sevimlisi bo‘lishni orzu qilganlar ismini ifodalovchi tarkib. Uning «illoh» ko‘rinishi ham bor.

xol, qol badanida, teri ustida bo‘ladigan qora tug‘ma dog‘ yoki burtma; meng (qar.). Ismlar tarkibida xolli, xoldor bola ma’nosini anglatadi. SHuningdek, xol go‘zallik, latofat, baxt, omad belgisi (ramzi) sifatida ham tushuniladi. Ba’zi shevalarda xol tog‘a ma’nosiga ega. Qipchoq shevalari qol shaklida (Qolbuvi, Qoltoy Xolbuvi, Xoltoy) shakliga ega.

xon, qon hukmdor, boshliq, podshoh. Ismlar tarkibida ulug‘ martabali, e’zozli, obro‘li; ulg‘ayib elga bosh bo‘lsin ma’nolarini anglatadi. Ko‘p holda ismga an’anaga ko‘ra qo‘shiladi va hurmat, e’zozlash, suyish ma’nolarini bildiradi. Xon so‘zining xona, dargoh; dasturxon, taom, nasiba ma’nolari ham bor.

2022 йилда Буржларни нима кутяпти? Мунажжимлар башорати

xonim, xonum yuksak martabali, e’zozli, qadrli; ayollar ismi tarkibida hurmat, ehtirom munosabatini ifodalaydi.

xo‘ja lo‘g‘aviy ma’nosi: sohib, janob, xo‘jayin. YUqori mansab va e’tiborli, imtiyozli degan tushunchaga ega. Manbalarda bu hakda ikki turli fikr mavjud: chahoryorlar Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon va Ali avlodlari Fotimai Zahrodan boshqa xotinlaridan bo‘lganlari xo‘jalar deb atalgan. Boshqa manbalarga ko‘ra arab istilosi davrida sarkardalik qilganlarning avlodlari ham xo‘ja deb atalgan.

shayx musulmon ruhoniylarning oliy vakili; tasavvuf yo‘lining boshlig‘i, yo‘lboshchisi; ustoz, muallim; bilimdon kishi, xudojo‘y, so‘fiy, pir, eshon, keksa, qari, mo‘ysafid. Ismlar tarkibida shayxlar oilasiga, avlodiga mansub ma’nosida keladi.

shoy arabcha; shoyi-shoye’ yoyilgan, tarqalgan; mashhur, namoyon bo‘lgan; kuchli, qudratli. Ba’zi shevalarda shoy shoh so‘zining o‘zgargan shaklidir.

Ismlar Manosi: qul xizmatchi, g‘ulom, qul; itoatgo‘y, tobe; sig‘inuvchi. Bu so‘z ismlarning bosh va oxirgi qismiga an’anaga ko‘ra qo‘shiladi va asosan, Allohning bandasi, quli, mo‘min, musulmon ma’nolarida keladi.

qo‘zi yosh, jajji, kichkintoy; aziz, qadrli ma’nolarida bolani suyish, erkalash ma’nolarini anglatadi. Ba’zi nomlar tarkibida qo‘ylar qo‘zilayotgan paytda tug‘ilgan bola, sog‘ ulg‘ayib qo‘yu-qo‘zilari ko‘p, boy-badavlat bo‘lsin ma’nolarida ham keladi. hoji Ka’bani ziyorat qilgan, haj qilgan shaxs va mana shunday shaxsning faxriy unvoni, laqabi. Ismlar tarkibi hojilar oilasiga, avlodiga mansub bola, hojining farzandi ma’nolarini ham anglatadi.

Qo‘Yish Tavsiya Qilinadigan Ismlar

Farzand dunyoga kelgach, unga chiroyli va ma’nodor, bandalik ma’nosini anglatuvchi ism qo‘yish ota-onaning muhim vazifasi hisoblanadi. Islom dinida bolalarga quyidagi ismlarni qo‘yish tavsiya etiladi:

  1. «Abdulloh», «Abdurahmon», «Abdusamad», «Abdulahad» kabi Alloh taoloning go‘zal ismlariga «Abdu» qo‘shimchasi qo‘shib yasaladigan ismlar.
  2. Bandalik va ubudiyat ma’nosini bildiruvchi ismlar «Abd», «Obid», «Sojid», «Soim», «Rojiy» va hokazo.
  3. Payg‘ambarlar ismi «Muhammad», «Ibrohim», «Muso», «Iso» va hokazo.
  4. Sahoba, tobein, tabaa tobein va ulamolar ismi «Umar», «Usmon», «Ali», «Horis», «Hammam», «Hammod» va hokazo.
  5. Hijriy oy nomlari «Ramazon», «SHa’bon», «Rajab», «Muharram».
  6. YAna boshqa ijobiy ma’nolarni anglatuvchi ismlarni qo‘yish joizdir.

QO‘YISH TAVSIYA QILINMAYDIGAN ISMLAR

  1. Alloh taoloning ism yoki sifatlaridan bo‘lmagan so‘zlarga «Abdu» qo‘shimchasi qo‘shib so‘z yasash. Masalan, «Abduhoshim», «Abduqunduz», «Abdurasul», «Abdunabi», «Abdulhars», «Abdushams». YOki aksincha, Alloh taoloning ism yoki sifatlariga «Abdu» qo‘shimchasini qo‘shmay ism yasash. Masalan, «Rahmon», «Samad», «Ahad», «Voris», «Aziz», «Qahhor». Bu ham joiz emas.
  2. Payg‘ambarlik ma’nosini bildiruvchi ismlar «Nabi(y)», «Rasul», «Mursal», «Payg‘ambar».
  3. Ilohlikni da’vo qiluvchi yoki kufr, shirk ma’nolarini anglatuvchi ismlar «Ma’buda», «Rab», «Rabbim», «Egam», «Sanam», «Iloha».
  4. Kofir, munofiq, fosiq kishilar ismi. Masalan, «Fir’avn», «Homon», «Qorun», «Namrud».
  5. Insonni juda ulug‘lab, ko‘klarga ko‘taruvchi ismlar «SHahanshoh», «Malikul amlok», «Olampanoh», «Buyuk», «Akbar», «Barra», «Mubarra» va hokazo.
  6. Farishtalar ismi «Jabroil», «Azroil», «Mikoil», «Isrofil» kabi.
  7. Ruhiy siqiqlik, g‘am, alam va qayg‘u ma’nolarini anglatuvchi ismlar «Hazn», «Mahzuna», «Mazluma» va hokazo.
  8. Urush, qirg‘in va musibat ma’nolarini anglatuvchi ismlar: «Harb», «Jangovar», «Kasofat» va hokazo.
  9. O‘zagida «nor» qo‘shimchasi bo‘lgan ismlar. CHunki ismlar tarkibida keluvchi «nor» qo‘shimchasi aslida forscha bo‘lib, «qizil rang» ma’nosini bildirsa-da, mazkur so‘z arab tilida «jahannam, do‘zax» mazmunini ifodalaydi: «Norali», «Norgul».

10. YAna boshqa salbiy ma’nolarni ifodalovchi ismlarni qo‘yish nojoiz hisoblanadi (masalan, «Murra» achchiq, taxir; «Xannos» ahriman, shayton, shaytonsifat, badkor; «Jamra» olovdan bir parcha; «Affon» yaramas, badbo‘y, yomon; «Itolmas» kabi).

Ismlar Manosi: SHuningdek, quyidagilarga ham rioya qilish tavsiya etiladi:

birinchidan, bolaga ism qo‘yishda befarqlik, loqaydlik, engiltaklik, farzand taqdiriga belarvolik kabi illatlardan forig‘ bo‘lmoq darkor;

ikkinchidan, ism ma’nolarini bilmoq, bilmasa so‘rab o‘rganmoq, bola ismini u ona qornida ekanligidayoq tanlamoq va farzand tarbiyasiga hozirlik ko‘rmoq lozim;

uchinchidan, kishi nomlarini noo‘rin buzib, qisqartirib talaffuz qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak;

to‘rtinchidan, ismni buzib, qisqartirib talaffuz qilish ism egasiga nisbatan haqorat, beodoblik, izzat-nafsga tegish, mensimaslik, kamsitish sanalishini unutmaslik zarur.

 

Rate article
Add a comment