Ismlar Manosi R harfiga
Ismlar Manosi R harfiga: Rabbimqul (ar.-o‘z.) – Allohning quli, bandasi.
Rabbiniso (a.i., ar.) – Alloh bergan, ato qilgan qiz.
Rabbonaqul (ar.-o‘z) – Allohning quli, bandasi.
Rabboni // Rabboniy (ar.) – doimo Allohni zikr qilib, U Zotning amrlarini bajarib, nahiy qilgan ishlardan qaytuvchi, har doim Parvardigorning aytganlarini ado etuvchi, Parvardigor deb hayot kechiruvchi banda.
Rabboniya (a.i., ar.) – xudojo‘y qiz, Allohning bandasi.
Rabi (ar.) – eskicha to‘rtinchi oy, bahorda tug‘ilgan bola. Sol.: Roba, Robi.
Rabia // Robia (a.i., ar.) – eskicha to‘rtinchi oyda tug‘ilgan qiz yoki oiladagi to‘rtinchi farzand.
Rabib (ar.) – birovning qo‘lida tarbiya topgan; o‘gay, yot bola. CHaqaloq dushmanlarini chalg‘itish, adashtirish uchun shunday ism beriladi. Eht.: himoyachi, posbon. Qar.: Rabiddin.
Rabibiddin (ar.) – din uchun kurashuvchi, dinning himoyachisi, posboni.
Raboh (ar.) – o‘sish, ko‘payish, ziyoda bo‘lish; baraka, fayz.
Ravza (a.i., ar.) – bog‘, ko‘kalamzor; jannat bog‘i yoki yashnagan, farovon hayot sohibi.
Ravzagul (a.i., ar.-ft.) – jannat bog‘ida bitgan gul; yashnagan go‘zal gul.
Ravziddin (ar.) – dinning bog‘i, gulshani, bo‘stoni; dinning farovon hayot kechiruvchi kishisi.
Ravi (ar.) – hikoya qiluvchi; hikoyachi; qiroatxon.
Bu Qizizq: Ismlar Manosi P harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300
Raviya (a.i., ar.) – hikoya so‘zlovchi qiz; qiroatxon qiz.
Ravshan (ft.) – yorug‘, shu’lali; tiniq, beg‘ubor; g‘amsiz, g‘am-g‘ussasiz.
Ravshanak (a.i., ft.) – yorug‘, nurli, sof, toza, ya’ni oliy nasab qiz.
Ravshanoy (a.i., ft.-o‘z.) – oydek suluv qizning hayoti nurli, beg‘ubor bo‘lsin.
Ravshaniya (a.i., ft.) – nurga, yog‘duga monand qiz.
Radi (ar.) – saylangan, tanlab olingan; baxtli, omadli.
Radiddin // Radiuddin (ar.) – dinning tanlangan maqbul farzandi.
Radifa (ar.) – hamroh, yo‘ldosh, esh.
Radiya (a.i., ar.) – tanlangan, saylab olingan; qadrli, mumtoz. Bu nom Muhammad (s.a.v.)ning qizi – Fotimaning sifati, vasfi bo‘lgan.
Rajab (ar.) – hijriy yil hisobining ettinchi oyi rajab oyida tug‘ilgan bola. SHakllari: Rajabboy, Rajabbek.
Rajabali (ar.) – rajab oyida tug‘ilgan bolani Alining ruhi qo‘llasin.
Rajabbeka (a.i., ar.-o‘z.) – rajab oyida tug‘ilgan qiz, baland martabali, izzat-obro‘li bo‘lsin.
Rajabmuhammad (ar.) – rajab oyida tug‘ilgan o‘g‘ilni Muhammad (s.a.v.)ning ruhi qo‘llasin.
Ismlar Manosi R harfiga: Rajabniyoz (ar.-ft.) – rajab oyida tilab, iltijolar qilib olingan bola.
Raji (ar.) – umidimiz, tilagimiz bo‘lgan bola.
Rajo’ (e.i., ar.) -umid, ishonch, ilinj, rajo.
Raz (ar.) – novda, novnihol; o‘spirin; tok, uzum.
Razzoqqul (ar.) – «Razzoq» sifatli Allohning bandasi.
Razzoqberdi (ar.-o‘z.) – rizq-nasiba ulashuvchi, ya’ni Alloh ato qilgan bola.
Razin (ar.) – mahkam, mustahkam, qadrli, aziz, mo‘‘tabar.
Razmin (ar.) – mard, jasur, qo‘rqmas, dovyurak.
Rais (ar.) – boshliq, rahbar, etakchi, sardor yoki o‘tmishda shariat qonunlarining bajarilishini nazorat qiluvchi diniy amaldorning nomi.
Raisa (a.i., ar.) – boshliq, sardor, rahbar, sarvar qiz yoki yun. muloyim, mehribon, itoatkor.
Raif (ar.) – mehribon, shafqatli, rahmdil.
Raifa (ar.) – mehribon, rahmdil qiz.
Rayhon (a.i., ar.) – xushbo‘y, muattar.
Rayhona (a.i., ar.)~ «Rayhon» ismining boshqa shakli.
Ramazon (ar.) – qamariy yil hisobining 9-oyi (ramazonda) tug‘ilgan bola. Bu oy xosiyatli, qutlug‘ oy hisoblanadi.
Ramal (ar.) – ko‘paysin, o‘ssin, umri uzoq bo‘lsin.
Ramz (ar.) – belgi, ishora; timsol.
Ramziddin (ar.) – dinning timsoli, nishoni; dinga itoatkor, dinni o‘zida gavdalantiruvchi.
Ramziya (a.i., ar.) – timsol, o‘rnak, namuna.
Ramiza (a.i., ar.) – badanidagi biror belgisi, nishonidan bilinib, tanilib turgan qiz.
Ramil (ar.) – tilsim egasi, sir-asrorlarni ochuvchi folchi; bashoratchi; dono o‘g‘il.
Ramila (a.i., ar.) – biluvchi, tilsimlar sirini ochuvchi, dono qiz.
Ramiya (a.i., ar.) – mergan qiz.
Ramla (ar.) – qum zarrasi (kamtarlik ma’nosida qo‘yiladigan ism).
Rasida (a.i., ft.) – orzumiz bo‘lgan bola yoki kamolotga etgan, pishiq, puxta qiz.
Rasim // Rasm (ar.) – yo‘l-yo‘riqqa, qoidalarga amal qiluvchi yoki rassom bola.
Ismlar Manosi R harfiga: Rasif (ar.) – sabr-toqatli, chidamli; mustahkam; pok, ozoda.
Rasifa (ar.) – «Rasif»ning muannas shakli.
Rasix (ar.) – mustahkam, mahkam, pishiq, chidamli, kuchli, qudratli.
Rasixa (a.i., ar.) – chidamli, irodali qiz.
Rasmiya (a.i., ar.) – rasm-rusmlarni saqlovchi, qonun-qoidalarga amal qiluvchi: itoatkor, o‘zini tutgan qiz.
Rasoqul (ar.-o‘z.) – Allohning benuqson, gunohsiz bandasi.Raso // Rasoboy (ar.-o‘z.) – mukammal, nuqsonsiz, kamolga erishgan.
Rasulnazar (ar.) – payg‘ambarning iltifoti, nazari tufayli erishilgan bola yoki payg‘ambarning nazari tushgan, u qo‘llaydigan, asraydigan bola.
Ratib (ar.) – beg‘ubor, toza, tarovatli.
Rauf (ar.) – rahmdil, yumshoq ko‘ngilli; oliyhimmat, saxiy. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Sol.: Abdurauf.
Raufa (ar.) – rahmdil, mehribon qiz.
Rafael (a.i., yah.) – aynan: xudo davolagan, xudo sog‘aytirgan yoki shifobaxsh, kasalliklardan xalos qiluvchi.
Rafi (ar.) – yuksak, oliy, ulug‘, taniqli, mashhur-
Rafiuddin // Rafiddin (ar.) – dinni ulug‘lovchi, dinni yuksaltiruvchi.
Rafiya (ar.) – dinni qadrlovchi, xudojo‘y, dindor qiz.
Rafid (ar.) – yordamchi, ko‘makdosh.
Rafida (ar.) – yordamchi, ko‘makdosh, suyanchiq.
Rafiiddin (ar.) – dinni qo‘llovchi, dinga ko‘mak beruvchi; uni ulug‘lovchi.
Rafiq (ar.) – do‘st, hamdam, o‘rtoq; saxiy, qo‘li ochiq.
Rafiqa (ar.) – «Rafiq»ning muannas shakli.
Rafiqali (ar.) – Alining hamdami, do‘sti yoki Ali qo‘llovchi, madadkor bo‘luvchi bola.
Rafig’ulla (ar.) – Alloh qo‘llaydigan, ulug‘laydigan bola.
Rafoat (a.i., ar.) – yuksak martabali, oliynasab, oliy mansabli.
Raf’at (ar.) – ulug‘, yuksak, buyuk; baland martabali yoki g‘amxo‘r, mehribon, xayrixoh.
Rafqat (ar.) – yordam beruvchi, ko‘makdosh, rahmdil, mehribon, oliyhimmat.
Raxshon (ar.) – porloq, nurli, baxtli.
Raxshona (a.i., ar.) – porloq, nurli; saodatmand qiz.
Ra’no (a.i., ar.) – qizil guldek go‘zal, chiroyli, latofatli.
Rashid (ar.) – to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi, to‘g‘ri yo‘l topgan, kamolga etgan, aqlli, dono yoki qo‘rqmas, mard; boshliq, sardor. Sol.: Abdurashid.
Rashida (a.i., ar.) – to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi, to‘g‘ri ishlar qiluvchi, aqlli, odobli qiz.
Rashididdin (ar.) – din yo‘lidan, dinning to‘g‘ri yo‘lidan yuruvchi, dindor, xudojo‘y yoki din (shariat) sardori.
Rashidulla (ar.) – Allohning to‘g‘ri yo‘li (din yo‘li)dan yuruvchi bandasi.
Rashodat (ar.) – mardlik, jasurlik, jasorat.
Rashshod (ar.) – to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi, aqlli, ziyrak bola.
Raqiya, Raqiya (a.i., ar.) – olg‘a intiluvchi, o‘suvchi, yuksaluvchi.
Ismlar Manosi R harfiga: Rahbar (ar.) – rahnamo, ustoz, boshliq.
Rahbarali (ar.) – Ali rahnamolik, g‘amxo‘rlik qiluvchi bola.
Rahib (ar.) – muruvvatli, olijanob, marhamatli; tanti, vallamat.
Rahim (ar.) – rahm qiluvchi, mehribon, marhamatli. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Mazkur sifat bilan Muhammad (s.a.v.) ham sifatlanganlar. SHakllari: Rahimboy, Rahimjon, Rahimbek, Rahimxon.
Rahima (a.i., ar.) – mehribon, rahmdil, muruvvatli.
Rahimqul (ar.) – Rahim sifatli Allohning bandasi.
Rahimiddin (ar.) – dinning shavkati, muruvvati bo‘lgan bola yoki dinning mehribon, rahmdil kishisi.
Rahiqa (ar.) – pokiza, beg‘ubor, ozoda; ravshan, nurli.
Rahmat, Rahmat (ar.) – shavkatli, rahmdil, mehribon. SHakllari: Rahmatboy, Rahmatjon.
Rahmatulla // Rahmatulloh (ar.) – Allohning muruvvati, shavkati tufayli erishilgan bola.
Rahmdil (ar.-ft.) – shavkatli, mehribon.
Rahmiddin (ar.) – dinning mehribon, muruvvatli kishisi, din homiysi yoki dinning yordami, ko‘magi tufayli erishilgan bola.
Rahmniso (a.i., ar.) – shavkatli, mehribon ayol yoki rahmdil, shavkatli, ya’ni Alloh ato qilgan qiz.
Rahmonali (ar.) – «Rahmon» va «Ali» ismlari birikmasi.
Rahnamo (ft.) – yo‘lboshchi, rahbar; boshliq, sardor.
Rahoqul // Raqoqul (ft.-o‘z.) – hur, ozod, xalos bo‘lgan qul.
Rahshanda (a.i., ft.) – nurli, ravshan; tolei baland.
Rahshiya (a.i., ft.) – ravshan nurli, tolei baland.
Rivoj, Rivoj (ar.) – qar. Rivojiddin.
Rivojiddin, Rivojiddin (ar.) – dinning rivoji, ravnaqi yoki dinni rivojlantiruvchi, dinga ravnaq beruvchi.
Rivoyat, Rivoyat (a.i., ar.) – aynan: hikoya, afsona, an’ana, amal, qoida.
Ismlar Manosi R harfiga: Riyoz, Riyoz (ar.) – yuvosh, mo‘min-qobil yoki riyoz – bog‘, jannat bog‘i.
Riyoziddin, Riyoziddin (ar.) – dinga itoat qiluvchi, bo‘ysunuvchi, mo‘min-qobil yoki jannat bog‘i.
Rizvon // Ruzvon, Rizvon (ar.) – jannat, behisht; jannat eshigini qo‘riqpovchi farishtaning nomi yoki Allohning tanlagan, yoqtirgan bandasi.
Rizo, Rizo (ar.) – rozi, qanoatli; ma’qul yoki rozilik, tobelik.
Rizoali, Rizoali (ar.) – Ali rozi, mamnun bo‘lgan, Aliga bo‘ysunuvchi yoki qar. Rizo va Ali.
Rizogul, Rizogul (a.i., ar.-ft.) – saylab, tanlab olingan guldek go‘zal qiz.
Rizomuhammad, Rizomuhammad (ar.) – Muhammad (s.a.v.) rozi, mamnun bo‘lgan, Muhammadga bo‘ysunuvchi bola.
Rizoqul, Rizoqul (ar.o‘z.) – tanlangan, ma’qul tushgan qul, banda.
Rizq, Rizq (ar.) – qut, baraka, nasiba, ulush yoki to‘q, nasibali.
Rizqi, Rizqi (e.a.i., ar.) – Rizqiddin, Rizqiniso kabi ismlarning qisqargan shakli.
Rizqiddin, Rizqiddin (ar.) – dinning rizqu nasibali bolasi, din qo‘llaydigan bola.
Rizqiniso, Rizqiniso (a.i., ar.) – rizqu nasibali ayol.
Rizqiya, Rizqiya (a.i., ar.) – nasibali, o‘ziga to‘q qiz.
Ris // Risboy, Ris (ar.) – qar. Rizq, Iris.
Risliq, Risliq (a.i., ar.) – to‘q, xurram, baxtli, baxtiyor.
Risliqbu, Risliqbu (a.i., ar.-o‘z.) – baxtli, farovon hayot kechiruvchi qiz.
Risolat, Risolat (a.i., ar.) – elchilik; payg‘ambar avlodiga mansub qiz.
Rif’at, Rif’at (ar.) – ulug‘lik, yuksaklik; baland martabali.
Rixsi, Rixsi (a.i., ar.) – qar. Rizqi.
Rixsida, Rixsida (a.i., ar.) – rizq-nasibali qiz.
Rixsitilla, Rixsitilla (ar.-ft.) – rizqu nasibali, tilladek qimmatli, qadrli.
Rixsiya, Rixsiya (a.i., ar.) – qar. Rizqiya.
Rishod, Rishod (ar.) – to‘g‘ri yo‘l, haqqoniyat yo‘lidan yuruvchi; din yo‘lidan boruvchi. Sol.: Rashshod.
Roba // Robe’, Robi, Robi’, Roba (ar.) – oiladagi to‘rtinchi farzand; eskicha yil bilan to‘rtinchi oyda tug‘ilgan bola.
Robiddin, Robiddin (ar.) – dinning to‘rtinchi oyda tug‘ilgan farzandi. Eht.: Rafiddin.
Robiniso, Robiniso (a.i., ar.) – oiladagi to‘rtinchi bola yoki eskicha yil hisobining to‘rtinchi oyida tug‘ilgan qiz.
Robiya, Robiya (a.i., ar.) – oiladagi to‘rtinchi bola yoki eskicha oy hisobining4-oyida tug‘ilgan qiz. SHakllari: Robiyagul, Robiyamo, Robiyaxon, Robiyabu.
Rojaxon, Rojaxon (a.i., ar.) – raje’ – tegishli, mansub, aloqador yoki qar. Roji.
Roji // Rojiboy, Roji (ar.) – rojih – ortiq, ziyoda, ustun turuvchi, maqbul.
Rojiy, Rojiy (ar.) – Allohning rahmatidan umid qiluvchi, u zotning marhamatidan umidsizlanmaydigan yaqiyn imon sohibi bo‘lgan banda.
Rojiyya, Rojiyya (a.i., ar.) – «Rojiy»ning muannas shakli.
Rozi, Rozi (ar.) – qoniqqan, mamnun, maqbul tushgan.
Roziddin, Roziddin (ar.) – din rozi bo‘lgan, dinni rozi qiluvchi.
Roziy, Roziy (ar.) – qoniqqan, mamnun, xushnud, rizo bo‘lgan.
Rozifa, Rozifa (a.i., ar.) – rizo bo‘luvchi, maqbul, yaxshi.
Roziya, Roziya (a.i., ar.) – qoniqqan, mamnun yoki maqbul tushuvchi, yoqimli, suyukli. Sol.: Roziy. SHakllari: Roziyabu, Roziyagul, Roziyaxon.
Roziqa, Roziqa (a.i., ar.) – rizq-nasiba beruvchining, ya’ni Allohning bandasi.
Roiz, Roiz (ar.) – tarbiya qiluvchi, o‘rgatuvchi, riyozatga soluvchi; ustoz.
Roila, Roila (a.i., ar.) – yaxshi ko‘ruvchi yoki qar. Rohila.
Roiya, Roiya (a.i., ar.) – his qiluvchi, sezuvchan.
Royiq, Royiq (ar.) – latif, juda go‘zal, zebo.
Royiqa, Royiqa (a.i., ar.) – xushbo‘y, yoqimli, kelishgan, go‘zal.
Roqib, Roqib (ar.) – otliq, suvori, chavandoz.
Rostak, Rostak (ft.) – kurtak, nihol, o‘suvchi, ulg‘ayuvchi.
Rotib, Rotib (ar.) – mustahkam, barqaror, turg‘un, yashovchi, umri uzoq.
Rotiba, Rotiba (a.i., ar.) – mahkam, sobit, yashovchi, umri uzoq qiz.
Rofe’, Rofe’ (ar.) – ko‘taruvchi, olib boruvchi, tashuvchi.
Roshid, Roshid (ar.) – to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi, haq yo‘lga targ‘ib etuvchi.
Roqiya, Roqiya (a.i., ar.) – olg‘a intiluvchi, o‘suvchi, yuksaluvchi; ilg‘or, peshvo yoki sig‘inuvchi.
Roqib, Roqib (ar.) – posbon, himoyachi.
Rohat, Rohat (ar.) – huzur-halovat, lazzatlanuvchi; tinch, osuda, farovon yashovchi.
Rohatali, Rohatali (ar.) – huzur-halovatda, tinchfarovon yashasin va Ali o‘z panohida asrasin.
Rohatoy, Rohatoy (a.i., ar.-o‘z.) – tinch-osuda yashasin va oydek suluv qiz bo‘lsin.
Rohatulla, Rohatulla (ar.) – Allohning tinch va farovon hayot kechiruvchi bandasi yoki Alloh bergan osudalik, omad, baxt.
Rohib, Rohib (ar.) – aynan: taqvodor, xudojo‘y yoki muruvvatli, himmatli, kengfe’l.
Rohiba, Rohiba (a.i., ar.) – mehribon, muruvvatli, keng fel yoki xudojo‘y, taqvodor ayol.
Rohila, Rohila (a.i., qad.-yah.) – jajji, sariq qiz. Ismning ma’nosi tamoman aniqlangan emas.
Rohiniso, Rohiniso (a.i., ft.-ar.) – yo‘li ochiq, kelajagi porloq yoki tartibli, saranjom, odobli qiz.
Rohiya, Rohiya (a.i., ft.) – yo‘li ochiq, kelajagi porloq, saranjom.
Ismlar Manosi R harfiga: Rubiddin, Rubiddin (ar.) – aynan: dinning quroli, din xizmatkori, dinchi yoki oiladagi to‘rtinchi bola.
Rubiya, Rubiya (a.i., ar.) – dinchi, xudojo‘y ayol yoki oiladagi to‘rtinchi farzand.
Ruboba, Ruboba (a.i., ar.) – rubob (ud) asbobini chaluvchi qiz; musiqachi, san’atkor.
Rudina, Rudina (a.i., ft.) – rudga (musiqa asbobiga) o‘xshash, musiqachi, shirintil.
Rudoba, Rudoba (a.i., ar.) – shafaq qizg‘ish nur, ko‘rkam, nozanin, zebo. Abulqosim Firdavsiyning «SHohnoma» dostoni qahramoni Rustam onasining ismi.
Ruzafzun, Ruzafzun (ft.) – har kuni ulg‘ayib, yuksalib boruvchi.
Ruzvon, Ruzvon (a.i., ft.) – qar. Rizvon.
Rumiya, Rumiya (a.i., ar.-yun.) – rum elining qizi. Rum farzandi.
Rupiya, Rupiya (a.i., ft.) – qar. Rufiya.
Ruslan, Ruslan (ft.) – arslon, dovyurak, jasur.
Rustam, Rustam (paql.) – «Avesto»dagi Raodastan so‘zidan olingan bo‘lib, ulkan gavdali, qudratli, dovyurak, bahodir degan ma’nolarni anglatadi. Abulqosim Firdavsiyning «SHohnoma» dostonidagi Zol o‘g‘lining ismi. SHakllari: Rustambek, Rustamboy, Rustamxon.
Rufiya, Rufiya (a.i., ft.) -oltin tanga, qimmatli, bebaho.
Ruxsat, Ruxsat (ar.) – Allohning roziligi, ruxsati bilan dunyoga kelgan bola.
Ruxsatoy, Ruxsatoy (a.i., ar.-o‘z.) – Alloh rozi bo‘lib bergan, Allohning iltifoti, muruvvati bo‘lgan qiz.
Ruxsor, Ruxsor (a.i., ft.) – aynan: yonoq, yuz, chehra; zebo, sohibjamol, go‘zal chehrali qiz.
Ruxsora, Ruxsora (a.i., ft.) – qar. Ruxsor (Ruxsor+a).
Ruxshona, Ruxshona (a.i., ft.) -xushro‘y, ko‘rkam chehrali qiz.
Rushdi, Rushdi (ar.) – o‘suvchi, ulg‘ayuvchi, kamolotga etuvchi; ziyrak, dono.
Rushti, Rushti (ar.) — anglab, bilib turib ish tutuvchi; xushyor, dono yoki qar. Rushdi.
Ruqayya, Ruqayya (ar.) – saxiy, karamli, muloyim (Rasulalloh sollallohu alayhi va sallam qizlarining ismi).
Ruqiya, Ruqiya (a.i., ar.) – sehr, tumor yoki yolvorib, iltijo qilib olingan qiz.
Ruhafzo, Ruhafzo (a.i., ar.-ft.) – ruhiafzo – ruh beruvchi, jonbaxsh, jonlantiruvchi; shodlik baxsh etuvchi.
Ruhdam, Ruhdam (a.i., ar.-ft.) – ruh beruvchi, jon kirgizuvchi, hayotbaxsh.
Ruhiya, Ruhiya (a.i., ar.) – jonli, yashovchi, hayotbaxsh.
Ruhiya, Ruhiya (a.i., ar.) – ruh, ruhiy holat; xurram, shodon.
Ruhshona, Ruhshona (a.i., ar.-ft.) – nurli, ravshan, porlovchi; xushro‘y zebo.
Ro‘za, Ro‘za (a.i., ft.) – ro‘za (ramazon) oyida tug‘ilgan bola.
Ro‘zaoy, Ro’zaoy (a.i., ft.-o‘z.) – ro‘za oyida tug‘ilgan, oydek suluv qiz.
Ro‘zbeh, Ro’zbeh (ft.)-baxtli, xushvaqt, baxtiyor.
Ro‘zbon, Ro‘zbon (ft.) – podshohni qo‘riqlovchi posbon, lashkarboshi, sarkarda.
Ro‘zi, Ro‘zi (ft.) – rizqu nasibali, baxtli. SHakllari: Ro‘zibek, Ro‘ziboy.
Ro‘zibadal, Rozibadal (ft.-ar.) -oldingi turmagan farzandlar evaziga berilgan bola, rizqu nasibali bo‘lsin.
Ro‘zigul, Ro’zigul (a.i., -ft.) – rizqu nasibali, guldek ko‘rkam qiz.
Ro‘zimurod, Ro’zimurod (ft.-ar.) – rizqu nasibali va o‘z murodiga etuvchi bola.
Ro‘zimuhammad, Ro’zimuhammad (ft.-ar.) – rizqu nasibali, saodatmand bolani Muhammad (s.a.v.) o‘z panohida asrasin.
Ro‘zigul, Ro’zigul (ft.-o‘z.) – Allohning rizqu nasibali bandasi.