Ismlar Manosi SH harfiga
Ismlar Manosi SH harfiga: Shabada (a.i., qbmj-engil, mayin shamol, tong shamoli, ya’ni muloyim, yumshoq tabiatli qiz.
SHabbu // SHabbuy (a.i., ft.) – xushhid (xushbo‘y) o‘simlikdek yoqimtoy.
Shabib (ar.) – yosh, navqiron, o‘smir.
Shabiba (ar.) – «SHabib»ning muannas shakli.
Shabob (ar.) – «SHabib» bilan ma’nodosh.
Shabnam (a.i., ft.) – shudring, tungi shudringdek pokiza, musaffo qiz.
Shabon (ar.) – hijriy yil hisobining sakkizinchi oyida, ya’ni sha’bon oyida tug‘ilgan qiz yoki shabon – to‘q, to‘ygan; boy-badavlat. Qar.: SHa’bon.
Shabonali (ar.) – sha’bon oyida tug‘ilgan o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin.
Shabonoy (a.i.,ar.-o‘z.) – shabon oyi (hijriy yili hisobining 8 oyi)da tug‘ilgan oydek suluv qiz.
Shabohat (a.i., ar.) – o‘xshash, mos tushuvchi, kelishgan. Eht.: Sabohat (qar.).
SHavvoz, Shawoz (ft.) – azamat, jasur, dovyurak. Sop.: SHovvoz, SHohboz.
Bu Qiziq: Ismlar Manosi CH harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300
SHavvol, Shawol (ar.) – shavvol oyi (hijriy yil hisobining 10 oyi)da tug‘ilgan bola.
SHavkat, Shavkat (ar.) – shon-sharaf, shuhrat; kuchli, qudratli.
SHavkatnazar, Shavkatnazar (ar.) – Alloh iltifot qilib, nazari tushib bergan kuchli, qudratli bola.
SHavqi, Shavqi (ar.) – juda qo‘msalgan, armon qilingan, istalgan bola. Asli: SHavqiddin.
SHavqiddin, Shavqiddin (ar.) – dinning zavqi; din baxsh etadigan zavq, rohat yoki dinni o‘ta qo‘msovchi.
SHavqiya, Shavqiya (a.i., ar.) – orzu qilingan, istalgan, qo‘msalgan qiz yoki zavqqa to‘lgan, quvnoq, shodon qiz.
SHavvol, Shavvol (ar.) – hijriy o‘ninchi oy nomi.
SHaddod, Shaddod (ar.) – kuchli, quvvatli, mustahkam; yordam beruvchi, ko‘maklashuvchi.
SHaddoda, Shaddoda (a.i., ar.) – sho‘x, o‘jar, qaytmas. «SHaddod»ning muannas shakli.
SHayba, Shayba (e.i., ar.) – sochning bir dona oq tolasi; hurmatli, ehtiromga munosib.
Ismlar Manosi SH harfiga: SHaydo, Shaydo (a.i., ft.) – aynan: oshiq, maftun bo‘lgan yoki maftunkor, o‘ziga rom etuvchi, go‘zal, dilbar qiz.
SHaymon // SHaymonboy, Shaymon (ar.) – SHaymuhammad ismining eq. shakli. Eht.: SHayxmuhammad.
SHayx, Shayx (ar.) – aqlli, dono; diniy ustoz, diniy boshliq; shayx.
SHayxzoda, Shayxzoda (ar.-ft.) – shayxning o‘g‘li, shayxlar avlodiga mansub bola.
SHayxzamon, Shayxzamon (ar.) – dinning mashhur boshlig‘i, taniqli taqvodor.
SHayxiddin, Shayxiddin (ar.) – din boshlig‘i, taqvodor, xudojo‘y; din homiysi.
SHayxim, Shayxim (ar.) – «shayx» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning (SHayxmuhammad) eq. shakli.
SHayxislom, Shayxislom (ar.) – islom dini homiysi, islom dini boshlig‘i, peshvosi.
SHayxmuhammad, Shayxmuhammad (ar.) – «SHayx» va «Muhammad» ismlarining birikmasi.
SHayxulla, Shayxulla (ar.) – Alloh bergan din sardori, peshvosi.
SHayxulmardon, Shayxulmardon (ar.-ft.) – erlarning (mardparning), jasurlarning sardori.
SHakar, Shakar (ft.) — shirin, yoqimtoy, suyukli bola. SHakllari: SHakarboy, SHakarbek, SHakargul, SHakarjon, SHakarxon.
SHakarali, Shakarali (ft.-ar.) – shirin, yoqimtoy, suyukli bolani Ali o‘z panohida asrasin.
SHakargul, Shakargul (a.i., ft.) – yoqimtoy, suyukli va guldek suluv qiz.
SHakarnabot, Shakarnabot (a.i., ft.) – shakar va novvotdek shirin va yoqimtoy qiz.
SHakarnoz, Shakarnoz (a.i., ft.) – yoqimli, shirin nozlar qiluvchi qiz.
SHakaroy, Shakaroy (a.i., ft.-o‘z.) – yoqimtoy, shirin va oydek suluv qiz.
SHakila, Shakila (a.i., ar.) – chiroyli, go‘zal, zebo.
SHakur, Shakur (ar.) – Alloh taolo bergan ne’matlarga ko‘p shukr qiluvchi («SHakur» Muhammad (s.a.v.)
ning sifatlaridan hisoblanadi). «SHokir» ismining kuchaytirma shakli.
SHakura, Shakura (a.i., ar.) – «SHakur»ning muannas shakli.
SHalola, Shalola (a.i., ft.) – hayoti sharshara, shaloladek jo‘shqin, barakali bo‘lsin.
SHaman, Shaman (ft.) – qar. SHoymardon yoki shu kabi qo‘shma ismlarning eq. shakli.
SHamdon, Shamdon (a.i.,ar.-ft.) – bevaqt o‘lmasin, umri uzoq bo‘lsin.
SHamjahon, Shamjahon (a.i., ar.-ft.) – olam chirog‘i, dunyo mash’ali; nurli, ravshan.
SHami, Shami (ar.) – shamim, shamin – yoqimli, xushbo‘y yoki SHamsiddin. SHamsulla kabi ismlarning eq. shakli.
SHamida II SHamidaxon, Shamida (a.i., ar.) – xushbo‘y, yoqimtoy.
SHamim II SHamima, Shamim (a.i., ar.) – xushbo‘y, yoqimli, dilrabo.
Ismlar Manosi SH harfiga: SHamolboy, Shamolboy (ar.-o‘z.) – kuchli shamol, bo‘ron paytida tug‘ilgan bola.
SHamoliddin, Shamoliddin (ar.) – din shamoli, dinning kuchli nafasi. Eht.: Jamoliddin (qar.).
SHamoma, Shamoma (a.i., ar.) – muattar, xushbo‘y hid, yoqimli, suyukli qiz.
SHamsi, Shamsi (ar.) – quyosh, yorug‘, ravshan, nurli. Asli: SHamsiddin, SHamsulla.
SHamsibonu, Shamsibonu (a.i., ar.-ft.) – quyoshdek nurli, aslzoda qiz.
SHamsigul, Shamsigul (a.i., ar.-ft.) – quyoshdek nurli, iqboli baland va guldek go‘zal qiz.
SHamsiddin, Shamsiddin (ar.) – dinning quyoshi, nuri, yog‘dusi.
SHamsijamol, Shamsijamol (a.i.,ar.) – quyoshdek nurli, quyoshmonand qiz.
SHamsiy, Shamsiy (ar.) – oftobmonand, quyoshdek mehrli, otashqalb.
SHamsikamol, Shamsikamol (ar.) – etuklik, kamol quyoshi.
SHamsiniso, Shamsiniso (a.i., ar.) – aynan: ayollarning oftobi, quyoshi, quyoshmonand qiz yoki ayollarning mehrlisi, mehriboni.
SHamsinur, Shamsinur (ar.) – quyoshning nuri yoki Nur (qar.), ya’ni Allohning mehri, muruvvati.
SHamsioy, Shamsioy (a.i.,ar.-o‘z.) – quyoshdek go‘zal, iqboli baland qiz.
SHamsiya, Shamsiya (a.i., ar.) – quyoshli, nurli, quyosh farzandi; mehrli, mehribon.
SHamsiqamar, Shamsiqamar (a.i., ar.) – quyoshdek nurli va oydek suluv qiz.
SHamsuddina, Shamsuddina (a.i., ar.) – dinning quyoshi, dinning mash’ali.
SHamsulla, Shamsulla (ar.) – Alloh nuri, yog‘dusi, ya’ni Allohning mehri, muruvvati. Bu nom Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biridir.
SHamsulmulk, Shamsulmulk (ar.) – podshohlar quyoshi; davlat quyoshi, mash’ali.
SHamsulhaq, Shamsulhaq (ar.) – halollik, to‘g‘rilik, haqiqat quyoshi.
SHamshar // SHamsharjon, Shamshar (ft.) – qar. SHamshir.
SHamshir // SHamshirboy, Shamshir (ft. > yun.) – tig‘ (shamshir)dek mustahkam va o‘tkir yigit bo‘lsin.
SHamshira, Shamshira (a.i., ft.) – qilich (shamshir)dek mahkam, o‘tkir qiz, qimmatli qiz.
SHamshod, Shamshod (a.i., ft.) – mangu, doimo yam-yashil bo‘lib turuvchi shamshod daraxtidek yoki shamshod rayhondek chiroyli qiz; xushqomat, zebo qiz.
SHamshodoy, Shamshodoy (a.i.,ft.-o‘z.) – shamshoddek xushqomat va oydek go‘zal qiz.
SHanba, Shanba (a.i., ft.) – shanba kuni tug‘ilgan qiz.
SHanbagul, Shanbagul (a.i., ft.) – shanba kuni tug‘ilgan guldek zebo qiz.
SHannoz, Shannoz (a.i., ft.) – shodlikdan nozlangan, shodlanib nozlar qiluvchi. Eht.: SHahnoz.
SHaraf // SHarafjon, Sharaf (ar.) – or, nomus, obro‘y, fahr, iftixor, ulug‘lik, aziz, qadr-qimmatli. Asli: SHarafiddin, SHarofulla.
SHarafiddin, Sharafiddin (ar.) -dinningsalobati, ulug‘vorligi, buyukligi.
SHarbat, Sharbat (a.i., ar.) – shirin, yoqimtoy, dilrabo qiz.
SHariat, Shariat (ar.) – to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l; islom dini qoidalari.
SHariatulla, Shariatulla (ar.) – Allohning diniy talab va qoidalari yoki Allohning taqvodor bandasi.
SHarif, Sharif (ar.) – ilohiy, muqaddas, aziz, e’zozli yoki toza, pokiza, vijdonli.
SHarifa, Sharifa (a.i., ar.) – qadrli, e’zozga munosib qiz.
SHarifnazar, Sharifnazar (ar.) – muqaddas avliyolar, e’tibori (nazari) tushgan bola.
SHarifnafas, Sharifnafas (ar.) – muqaddas avliyolarning qudrati (nafasi) tufayli erishilgan bola.
Ismlar Manosi SH harfiga: SHarifniyoz, Sharifniyoz (ar.-ft.) – muqaddas avliyolar ulug‘lardan o‘tinib, so‘rab olingan bola yoki muqaddas avliyolarning tuhfasi, ehsoni.
SHariftursun, Shariftursun (ar.-o‘z.) – aziz, qadrli bola turib qolsin, ya’ni yashasin, o‘lmasin.
SHarifxo‘ja, Sharifxo’ja (ar.-ft.) – xo‘jalar avlodiga mansub bo‘lgan qadrli, e’zozli bola.
SHarifqul, Sharifqul (ar.-o‘z.) – muqaddas avliyolarning xizmatkori, quli yoki Allohning hurmatga, e’zozga sazovor bandasi.
SHarora, Sharora (a.i., ar.) -uchqun, alanga, nurli, ravshan; go‘zal, zebo qiz.
SHarof, Sharof (ar.) – hurmat-e’tibor va obro‘ sohibi, e’zozli, qadrli.
SHarofat, Sharofat (a.i., ar.) – olijanob, oliyhimmat-toza, pokiza. «SHarof»ningmuannas shakli.
SHarofiddin, Sharofiddin (ar.) – Islom dinining sharafi, shon-shavkati va ulug‘vorligi.
SHarofoy, Sharofoy (a.i., ar.) – qadrli, qimmatli va oydek suluv qiz.
SHarofxon, Sharofxon (a.i., ar.-o‘z.) – qadrli va baland martabali qiz.
SHarofxo‘ja, Sharofxo‘ja (ar.-ft.) – xo‘jalar avlodiga mansub bo‘lgan qadrli, e’zozli bola.
SHarqiya, Sharqiya (a.i., ar.) – sharq qizi; nurli, baxtli qiz.
SHafaq, Shafaq (ar.) – kun botish (shafaq) paytida yoki tongda tug‘ilgan bola.
SHafi’, Shafi’ (ar.) – qanoat qiluvchi yoki shafqat qiluvchi, mehribon; toza, pokiza.
SHafiq, Shafiq (ar.) – mehribon, shafqatli, marhamatli.
SHafiqa, Shafiqa (a.i., ar.) – shafqatli, mehribon qiz.
SHafoat, Shafoat (ar.) – o‘rtada turib vositachilik qiluvchi, himoya qiluvchi.
SHafqat, Shafqat (ar.) – rahmdil, mehribon; kechiruvchi.
SHafqatulla, Shafqatulla (ar.) – Alloh rahm qilib bergan bola yoki Allohning rahmdil, mehribon bandasi.
SHa’bon, Sha’bon (ar.) – hijriy yil hisobi bilan 8-oy nomi, ya’ni sha’bon oyida tug‘ilgan bola.
SHag‘al, Shag’al (o‘z.) – shag‘al (tosh)dek mustahkam bo‘lsin yoki shag‘al urug‘iga (qo‘ng‘irot qabilasining tarmog‘i) mansub bola.
SHahar, Shahar (ft.) – shaharda, shaharga kelganda tug‘ilgan bola. SHakllari: SHaharboy, SHahargul, SHaharjon, SHaharoy.
SHahargul, Shahargul (a.i., ft.) – shaharda tug‘ilgan guldek go‘zal qiz.
SHahboz, Shahboz (ft.) – aynan: shunqor, lochin, ya’ni dovyurak, mard; chaqqon, sezgir.
SHahvor, Shahvor (ft.) – shohona, shohlarcha, yirik, yuksak, a’lo.
SHahd, Shahd (ar.) – bol, asal; shirin, yoqimtoy. Eht.: SHahid, SHohid.
SHahdam, Shahdam (ft.) – dadil, qat’iy, mahkam; jasurona.
SHahzoda, Shahzoda (a.i., ft.) – qar. SHohzoda.
SHahin // SHohin, Shahin (ft.) – aynan: lochin, ya’ni dovyurak, jasur; chaqqon, epchil, sezgir.
SHahina, Shahina (a.i., ft.) – mard, jasur, ziyrak qiz.
SHahir, Shahir (ar.) – ma’lum, taniqli, mashhur, atoqli.
SHahlo, Shahlo (a.i., ar.) – katta qora ko‘zli qiz; qora ko‘zli go‘zal qiz.
SHahnoz, Shahnoz (a.i., ft.) – shohona, beklarcha yoki nozli, karashmali, latofatli.
SHahob, Shahob (ar.) – nurli, nurli yulduz; to‘q qizil, qirmizi yog‘du sochuvchi.
SHahobiddin, Shahobiddin (ar.) – dinning nuri, yog‘dusi yoki dinning nurli farzandi.
SHahodat, Shahodat (a.i., ar.) – guvohlik beruvchi yoki to‘g‘ri, haq yo‘l (din yo‘li)da halok bo‘luvchi.
SHahrbonu, Shahrbonu (a.i., ft.) – mamlakat hukmdori, malika.
Ismlar Manosi SH harfiga: SHahrzod, Shahrzod (ft.) – ochiq chehrali, jilmayib, xayrixohlik bilan boquvchi.
SHahribonu, Shahribonu (a.i., ft.)shohavlodiga, aslzodalarga mansub qiz ayollarning eng yaxshisi, mo‘‘tabari.
SHahriddin, Shahriddin (ft.-ar.) – aynan: din shohi yoki dinni asrovchi, dinning tayanchi bo‘lgan hukmron, shoh.
SHahriyor, Shahriyor (ft.) – buyuk, podshoh, shohlar shohi, shohanshoh.
SHahrizod, Shahrizod (a.i., ft.) – qar. SHahrzod.
SHahrizoda, Shahrizoda (ft.)shohlar, aslzodalar nasliga mansub bola; podshohzoda, shohzoda.
SHahriniso, Shahriniso (a.i., ft.-ar.) – ayollarning eng ulug‘i, mo‘‘tabari, a’losi.
SHahrinoz, Shahrinoz (a.i., ft.) – nazokatli, latofatli yoki xushqad; latif, zebo.
SHahriya, Shahriya (a.i., ft.) – shaharda tug‘ilgan, shahar qizi.
SHahruza, Shahruza (a.i., ft.) – eht.: SHahruza – ro‘za payti (oyi)da tug‘ilgan aslzoda, mo‘‘tabar qiz.
SHahsuvor, Shahsuvor (ft.) – otga mingan chiroyli bola, mohir chavandoz, suvori; ot ustidagi go‘zal.
SHer, Sher (ft.) – aynan: arslon, arslondek dadil, jasur, qahramon yoki sanskritcha: sher – tosh, ya’ni mustahkam, mahkam.
SHerali, Sherali (ft.-ar.) -Alini jasurligi uchun «Allohning sheri» deb yuritishgan yoki sherdek jasur, dovyurak o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin.
SHeran, Sheran (ft.-ar.) – «sher» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning eq. shakli.
SHerbadal, Sherbadal (ft.-ar.) – avvalgi turmagan bolalar evaziga (o‘rniga) berilgan dovyurak bola.
SHerbek, Sherbek (ft.-o‘z.) – beklar avlodiga mansub bo‘lgan dovyurak bola.
SHergul, Shergul (a.i., ft.) – jasur, dovyurak va guldek go‘zal qiz.
SHerdil, Sherdil (ft.) – sheryurak, jasur, qo‘rqmas, dovyurak.
SHerdon // SHerdonboy, Sherdon (ft.) – qar. SHerdono yoki sherdon urug‘iga (qipchoq qabilasi tarkibida) mansub bola.
SHerjahon, Sherjahon (ft.) – aynan: olamning sheri, ya’ni dunyodagi eng dovyurak, qudratli bola.
SHerjon, Sherjon (ft.) – aziz, suyukli bola sherdek dovyurak bo‘lsin.
SHerzod, Sherzod (ft.) – aynan: sher bolasi, ya’ni dovyuraklar, jasurlar avlodidan bo‘lgan bola.
SHerikboy, Sherikboy (ar.-o‘z.) – o‘zidan oldingi bolalarga yoki otasiga do‘st, esh bo‘lib yursin yoki sherik – cherik, jangchi, kurashchi.
SHerim, Sherim (ft.) – «sher» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlar (SHermuhammad va b.) ning eq. shakli.
SHeryigit, Sheryigit (ft.-o‘z.) – dovyurak, qudratli yigit bo‘lsin.
SHerkeldi, Sherkeldi (ft.-o‘z.) – sher kabi dovyurak o‘g‘il tug‘ildi.
SHermalik, Shermalik (ft.-ar.) – basavlat, viqorli, shohona yoki sherdek qudratli, jasur o‘g‘il ulug‘ martabali bo‘lsin.
SHermamat, Shermamat (ft.-ar.) – qar. SHermuhammad.
SHerman // SHermon, Sherman (ft.-ar.) – SHernazar, SHerniyoz, SHermuhammad kabi ismlarning eq. shakli.
SHermard, Shermard (ft.) – sher sifat, sherga o‘xshash; jasur, dovyurak bola.
SHermurod, Shermurod (ft.-ar.) – sherdek dovyurak o‘g‘il ulg‘ayib murod-maqsadiga etsin.
SHermuhammad, Shermuhammad (ft.-ar.) – sherdek dovyurak, jasur o‘g‘ilni Muhammad o‘z panohida asrasin.
SHerniyoz, Sherniyoz (ft.-ar.) – Allohsan o‘tinib, iltijolar qilib olingan sherdek qudratli bola.
SHerobod, Sherobod (ft.) – sherdek qudratli o‘g‘ilning hayoti farovon, obod bo‘lsin.
SHerodil, Sherodil (ft.-ar.) – sherdek qudratli va haqgo‘y, adolatli bola.
SHerozi, Sherozi (ft.) – sherozlik (Erondagi shahar) yoki sherozidek (ko‘kish tusdagi qorako‘l teri) qimmatli, nodir bola.
SHerozod, Sherozod (ft.) – sherdek qudratli, jasur va hur, baxtiyor bo‘lib o‘ssin.
SHeromon, Sheromon (ft.-ar.) – sherdek jasur bola sog‘-salomat bo‘lsin.
Ismlar Manosi SH harfiga: SHerpo‘lat, Sherpo’lat (ft.) – sherdek jasur, qudratli va po‘latdek mustahkam bola.
SHertoy, Shertoy (ft.-ar.) – sherdek, shersifat, qudratli bola yoki sherdek jasur hamda suyukli (erkatoy) bola.
SHerud, Sherud (ft.) – sher bolasi; sherbachcha, ya’ni mard, jasur, qudratli.
SHerxol, Sherxol (ft.) – badanida xoli bor bola sherdek dovyurak bo‘lsin.
SHerxon, Sherxon (ft.) – jasur, dovyurak bola.
SHershod, Shershod (ft.) – sherdek dovyurak va shodon, baxtiyor bola.
SHerqul, Sherqul (ft.-o‘z.) – Allohning sherdek baquvvat, jasur bandasi, quli.
SHerqurbon, Sherqurbon (ft.-ar.) – qurbon oyida tug‘ilgan jasur, dovyurak bola.
SHerg‘ozi, Sherg’ozi (ft.-ar.) – din uchun kurashuvchi dovyurak bola yoki dinning jasur askari.
SHiddat, Shiddat (ar.) – kuchli, qudratli, shiddatli.
SHijoat // SHujoat, Shijoat (ar.) – qo‘rqmas, dovyurak, g‘ayratli, shiddatli.
SHijoatali, Shijoatali (ar.) – kuchli, jasur bolani Ali o‘z panohida asrasin yoki Alining jasurligi, mardligi.
SHijoatdin, Shijoatdin (ar.) – dinning dovyurak, jasur qo‘riqchisi yoki dinning qudrati, kuchi; mo‘‘jizasi.
SHijoatxon, Shijoatxon (a.i., ar.-o‘z.) – jasur, dovyurak, qo‘rqmas qiz.
SHior, Shior (ar.) – hayot yo‘li; maqsad, orzu; g‘oya. Asli: SHiorulla.
SHiorulla, Shiorulla (ar.) – Allohning yo‘li, yo‘lyo‘rig‘i yoki badanida Alloh bergan biror belgi, nishona bilan tug‘ilgan bola.
SHira // SHiragul, SHiraxon, Shira (ft.) – shirin, totli, yoqimtoy qiz.
SHirin, Shirin (ft.) – totli, chuchuk, lazzatli; aziz, yoqimli, suyukli. SHakllari: SHirinboy, SHirinjon, SHirinbibi, SHiringul, SHirinxon, SHirinqul.
SHiringul, Shiringul (a.i., ft.) – yoqimli, aziz, suyukli hamda guldek go‘zal qiz.
SHirinoy, Shirinoy (a.i., ft.-o‘z.) – yoqimli, suyukli va oydek suluv qiz.
SHirinqul, Shirinqul (ft.-o‘z.) – Allohning yoqimli, suyukli bandasi, quli.
SHirmoyi, Shirmoyi (a.i., ft.) – shirmoy nondek lo‘ppi yuzli qiz yoki qimmatli, e’zozli qiz.
SHirmon, Shirmon (a.i., ft.) -to‘liqlo‘ppi yuzli; yuzlari shirmoy nondek chiroyli. SHakllari: SHirmonbu, SHirmonoy, SHirmonxon.
SHirmonoy, Shirmonoy (a.i., ft.-o‘z.) – yuzlari shirmondek lo‘ppi va oy kabi suluv qiz.
SHiroq, Shiroq (ar.) – shamchiroq, qora chiroq yoki shiroq kovush ipi, bandi.
SHig‘ay, Shig’ay (o‘z. > qad.t.) – qashshoq farzandga muhtoj bo‘lib yurib topilgan bola.
SHihob, Shihob (ar.) – yorug‘ yulduz; o‘t, olov, yolqin yoki yorug‘, nurli. Sol.: SHahobiddin.
SHihobiddin, Shihobiddin (ar.) – dinning nuri, yog‘dusi; dinning porloq yulduzi yoki dinning nurli, tolei baland farzandi. Sop.: SHahobiddin.
SHoaziz, Shoaziz (ft.-ar.) – qadrli, aziz yoki qar. SHo(h) va Abduziz.
SHoakram, Shoakram (ft.-ar.) – saxiy, olijanob, mehribon shoh yoki qar. SHo (h) va Akram.
SHoalim, Shoalim (ft.-ar.) – biluvchi, bilimdon, dono shoh yoki qar. SHo (h) va Alim.
SHoamir, Shoamir (ft.-ar.) – bilimdon, ulug‘ hukmron yoki qar. SHo (h) va Amir.
SHoanvar, Shoanvar (ft.-ar.) – nurli, nur sochuvchi, yorqin, ravshan shoh yoki qar. SHo (h) va Anvar.
SHoasil, Shoasil (ft.-ar.) – asilzoda, muqaddas, mo‘‘tabar sho (h) yoki qar. SHo (h) va Asil.
SHoafzal, Shoafzal (ft.-ar.) – maqbul, ortiq, yuqori turuvchi, a’lo sho (h) yoki qar. SHo (h) va Afzal.
SHoahror, Shoahror (ft.-ar.) – mehribon, rahmdil, jo‘mard sho (h) yoki qar. SHo (h) va Ahror.
SHobarot, Shobarot (ft.-ar.) – oppoq kechada, musulmonlar bayrami kechasida tug‘ilgan yoki hur, erkin.
SHobahrom, Shobahrom (ft.) – g‘olib, muzaffar, sho (h), aniqrog‘i, «yovuz kuch Vritani quvlovchi, haydovchi» yoki qar. SHo (h) va Bahrom.
SHobegim, Shobegim (a.i., ft.-o‘z.) – shohlar nasliga mansub, aslzoda qiz yoki sho (h), podshoh qizi, ulug‘, mo‘‘tabar qiz.
SHobek, Shobek (ft.-o‘z.) – beklar avlodiga mansub ulug‘ martabali bola.
Ismlar Manosi SH harfiga: SHobeka, Shobeka (a.i., ft.-o‘z.) – podshohlar nasliga mansub aslzoda qiz.
SHoberdi, Shoberdi (ft.-o‘z.) – Alloh ato qilgan ulug‘ martabali bola.
SHobibi, Shobibi (ft. -o‘z. > hind.) – ulug‘ martabali, mo‘‘tabar qiz.
SHobon, SHa’bon, Shobon (ft.) — sha’bon oyida tug‘ilgan baland martabali bola.
SHobuvi, Shobuvi (a.i., ft.-o‘z.) – ulug‘ martabali qiz.
SHovalad, Shovalad (ft.-ar.) – shoh o‘g‘li, shoh naslining davomchisi, merosxo‘ri.
SHovali, Shovali (ft.-ar.) – Allohning yaqini bo‘lgan shoh, muqaddas shoh.
SHovvoz, Shovvoz (ft.) – azamat, ziyrak, epchil bola.
SHogul, Sbogul (a.i., ft.) – baland martabali, guldek go‘zal qiz.
SHogo‘zal, Shogo’zal (a.i., ft.-o‘z.) – go‘zallarning shohi, eng go‘zal, go‘zallarning go‘zali.
SHod, Shod (ft.) – shodon, quvnoq baxtiyor bola. SHakllari: SHodboy, SHodbek, SHodoy.
SHodali, Shodali (ft.-ar.) – quvnoq baxtiyor bolani Ali o‘z panohida asrasin yoki Ali ato qilgan shodlik, baxtiyorlik.
SHodguna, Shodguna (ft.) – quvnoq, xushchaqchaq, xurram yoki kuychi, musiqachi.
SHoddil, Shoddil (ft.) – quvnoq qalbli, xushchaqchaq, ochiq ko‘ngil yoki dilni shodlatuvchi, ko‘ngilni yayratuvchi.
SHodi, Shodi (ft.) – quvnoqlik, baxtiyorlik. SHakllari: SHodibek, SHodigul, SHodixon.
SHodiahmad, Shodiahmad (ft.-ar.) – qar. SHodi va Ahmad yoki Ahmad (qar.), ya’ni payg‘ambar bergan shodlik, baxt.
SHodibek, Shodibek (ft.-o‘z.) – beklar avlodiga mansub quvnoq, baxtiyor bola.
SHodigul, Shodigul (a.i., ft.) – quvnoq, shodon va guldek go‘zal qiz.
SHodiyor, Shodiyor (ft.) – quvnoqlik, shodlikning hamrohi, do‘sti yoki doimo shodlik, baxtiyorlik hamrohi bo‘lsin.
SHodil // SHoddil, Shodil (ft.) – quvnoq, shodon qalbli, xushchaqchaq bola.
SHodilbek // SHoddilbek, Shodilbek (ft.-o‘z.) – beklar avlodiga mansub bo‘lgan xushchaqchaq bola.
SHodimirza, Shodimirza (ft.) – quvnoq, baxtiyor hamda mirzolardek kelishgan, o‘qimishli yigit bo‘lsin.
SHodimurod, Shodimurod (ft.-ar.) – shodligimiz, maqsadimiz, orzumiz bo‘lgan bola.
SHodiniso, Shodiniso (a.i., ft.-ar.) – ayollarning quvnog‘i, baxtiyor va shodmoni.
SHodixol, Shodixol (ft.) – badanida xol bilan tug‘ilgan quvnoq, baxtiyor qiz.
SHodixo‘ja, Shodixoja (ft.) – xo‘jalar avlodiga mansub bo‘lgan quvnoq, baxtiyor bola.
SHodiya, Shodiya (a.i., ft.) – shodon, quvnoq, baxtiyor qiz.
SHodiqul, Shodiqul (ft.-o‘z.) – Allohning baxtiyor bandasi.
SHodkom, Shodkom (ft.) – doimo shodon, xursand bola.
SHodlik, Shodlik (ft.-o‘z.) – baxtiyorlik, quvonchning boisi bo‘lgan bola yoki shodlik, baxtiyorlik hamrohi bo‘lsin.
SHodmon, Shodmon (ft.) – xursand, mamnun, baxtiyor bola yoki umri doimo shodlikda o‘tsin.
SHodmona, Shodmona (a.i., ft.) – xursand, mamnun, baxtiyor, masrur qiz.
SHodon, Shodon (ft.) – xursand, baxtiyor, mamnun.
SHoyonbek, Shoyonbek (ft.-o‘z.) – e’zoz, e’tiborga loyiq, orzu qilingan bola.
SHojalil, Shojalil (ft.-ar.) – ulug‘vor, buyuk shoh yoki qar. SHo (h) va Abdujalil.
SHojamol, Shojamol (ft. -ar.) – go‘zal, kelishgan shoh; etuk, komil, kamolotga etgan shoh yoki qar. SHo (h) va Jamol.
SHojahon, Shojahon (ft.) – butun olamning shohi, jahon hukmdori.
SHojon, Shojon (ft.) – jondek aziz, suyukli o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHozamon, Shozamon (ft.-ar.) – davr, zamon shohi.
SHozafar, Shozafar (ft.-ar.) – g‘oliblik shohi, muzaffar, engilmas shoh.
Ismlar Manosi SH harfiga: SHoziyod, Shoziyod (ft.) – shohlarning eng afzali, ustuni, shohlar shohi yoki kamolga etuvchi shoh yoxud Allohning tuhfasi, ehsoni bo‘lgan o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHozod, Shozod (ft.) – shohlar, hukmronlar avlodiga mansub bola. Sol.: SHohzod.
SHozot, Shozot (ft.) – shohlar avlodiga mansub bola, aslzoda. Qar.: SHozod.
SHoimom, Shoimom (ft.) – qar. SHo (h) va Imom yoki imom (diniy rahbar, peshvo)larning ulug‘i, etugi, kamolga etgani yoxud qar. SHo (h) va Imom.
SHoinoyat, Shoinoyat (ft.-ar.) – Alloh iltifot, rahm qilib bergan o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHoin’om, Shoin’om (ft.-ar.) – Allohning tuhfasi, sovg‘asi bo‘lgan bola ulg‘ayib ulug‘ martabalar egasi bo‘lsin.
SHoir, Shoir (ar.) – shoir, go‘zal nutq sohibi, notiq bo‘lsin.
SHoira, Shoira (a.i., ar.) – sog‘ ulg‘ayib she’rlar ijod qiluvchi bo‘lsin.
SHoislom, Shoislom (ft.-ar.) – islom hukmdori, islomning tayanchi yoki qar. SHo (h) va Islom.
SHoismat, Shoismat (ft.-ar.) – pokiza, ozoda o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHoista // SHoyista, Shoista (a.i., ft.) – munosib, loyiq, e’zozga arziydigan.
SHoif, Shoif (ar.) – ko‘ruvchi, tanuvchi; ziyrak, sezgir.
SHoiq, Shoiq (ar.) – juda yaxshi, a’lo; havas qilishga arziydigan yoki mushtoq bo‘lib kutilgan bola.
SHoiqa, Shoiqa (a.i., ar.) – havas qilsa arziydigan, juda yaxshi, yoqimtoy qiz yoki orziqib kutilgan qiz.
SHoyi, Shoyi (o‘z.) – kuchli, qudratli yoki SHohimardon, SHoymardon (qar.) ismlarning eq. shakli.
SHoyibek, Shoyibek (o‘z.) – kuchli, qudratli.
SHoyim, Shoyim (ft.) – SHohimardon, SHoymarmon ismlarining eq. shakli.
SHoymardon, Shoymardon (ft.) – mardlar, jasurlarning boshlig‘i, sardori, shohi.
SHoyxol, Shoyxol (a.i., ft.) – yaxshi, xosiyatli xol bilan tug‘ilgan qiz.
SHokamol, Shokamol (ft.-ar.) – etuklik, kamolot shoxi yoki qar. SHo (h) va Kamol.
SHokarim, Shokarim (ft.-ar.) – qar. SHo va Karim yoki Karim (qar.), ya’ni Alloh bergan o‘g‘il ulg‘ayib baland martabalar sohibi bo‘lsin.
SHokir, Shokir (ar.) – Allohga shukrlar qiluvchi, tangri (yaratgan)dan minnatdor bola yoki farzand berganiga Allohga shukrlar qilamiz, minnatdormiz.
SHokira, Shokira (a.i., ar.) – Allohga shukr qiluvchi, yaratgandan minnatdor qiz.
SHokolon, Shokolon (ft.) – ulug‘ shoh, buyuk hukmron yoki oilamizning to‘ng‘ich farzandi ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHokuh, Shokuh (ar.) – savlatli, ko‘rkam, hashamatli.
SHolikor, Sholikor (ft.) – sog‘ ulg‘ayib dehqon bo‘lsin yoki sholi o‘rimi paytida tug‘ilgan bola.
SHolxon, Sholxon (a.i., ft.-o‘z.) – eht.: SHolixon, ya’ni sholi o‘rimi paytida tug‘ilgan qiz.
SHomatmirza, Shomatmirza (ft.-ar.) – ulg‘ayib ulug‘ mansabdor, mirzolardek o‘qimishli, kelishgan yigit bo‘lsin.
SHomansur, Shomansur (ft.-ar.) – enguvchi, g‘olib, muzaffar shoh.
SHomaqsud, Shomaqsud (ft.-ar.) – kutilgan, orzu qilingan bola ulug‘ martabali bo‘lsin.
SHomi II SHam’i, Shomi (ft.) – aynan: chiroq, sham, ibodat payti (shom)da tug‘ilgan bola yoki SHomuhiddin, SHomansur kabi qo‘shma ismlarning eq. shakli.
Ismlar Manosi SH harfiga: SHomiddin, Shomiddin (ft.-ar.) – dinning chirog‘i, mash’ali.
SHomil, Shomil (ar. qad.yah.) – keng yoyilgan, qamrovi keng; etarli, etuk, komil yoki SHamuel (qad.yah.) – «xudo eshitgan», «Alloh quloq solgan, inobatga olgan».
SHomila, Shomila (a.i., ar.) – etarli, etuk, har tomonlama kamolga etgan.
SHominiso, Shominiso (a.i., ft.-ar.) – aynan: ayollar chirog‘i, mash’ali, ya’ni ayollarning a’losi, eng afzali yoxud dilbar, dilkusho ayol.
SHomirza, Shomirza (ft.) – o‘qimishli, bilimdonlar sardori, ilg‘ori.
SHomuzaffar, Shomuzaffar (ft.-ar.) – engilmas, g‘olib shoh yoki g‘oliblarning sardori.
SHomukarram, Shomukarram (ft.-ar.) – e’zozli, mo‘‘tabar shoh yoki sog‘ ulg‘ayib ulug‘ martaba va hurmatga sazovor bo‘lsin.
SHonagul, Shonagul (a.i., ft.) – gul butog‘idek go‘zal, ko‘karadigan, ya’ni yashaydigan qiz.
SHonazar, Shonazar (ft.-ar.) – Allohning muruvvati (nazari) bo‘lgan bola ulg‘ayib ulug‘ martabalarga erishsin.
SHonafas, Shonafas (ft.-ar.) – Allohning yoki aziz avliyo (eshon)ning qudrati (nafasi) bo‘lgan o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ mansablar sohibi bo‘lsin.
SHoniyoz, Shoniyoz (ft.) – Allohdan tilab olingan o‘g‘il sog‘ ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin yoki Alloh ato qilgan tuhfa, sovg‘a.
SHoniso, Shoniso (a.i., ft.-ar.) – aynan: ayollar shohi, sardori yoki ayollarning eng ulug‘i, mo‘‘tabari.
SHoobod, Shoobod (ft.) – to‘q, farovon hayot kechirib ulug‘ martabalar egasi bo‘lsin.
SHoortiq, Shoortiq (ft.-ar.) – badanida ortiq belgisi (nishoni) bilan tug‘ilgan bola sog‘ ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHopari, Shopari (a.i., ft.) – go‘zal, zebo qizlarning sardori, eng a’losi; tengsiz go‘zal.
SHoposhsha, Shoposhsha (a.i., ft.) – ulug‘larning ulug‘i, o‘ta mo‘‘tabar qiz.
SHopur, Shopur (ft. > pahl.) – shohzoda, shoh farzandi, podshoh o‘g‘li.
SHopo‘lat, Shopo‘lat (ft.) – po‘latdek mustahkam o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHorajab, Shorajab (ft.-ar.) – rajab oyida tug‘ilgan o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ martabaga erishsin.
SHorizqi, Shorizqi (ft.-ar.) – sog‘ ulg‘ayib rizqu nasibali va baland martabali bo‘lsin.
SHosaid, Shosaid (ft.-ar.) – ulug‘ martabali va baxtli, saodatmand bola.
SHosalim, Shosalim (ft.-ar.) – sog‘lom, baquvvat bo‘lib o‘ssin va ulug‘ mansablar egasi bo‘lsin.
SHosalmon, Shosalmon (ft.-ar.) – sog‘-salomat, eson-omon ulg‘ayib, ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHosafar, Shosafar (ft.-ar.) – safar oyida yoki safar chog‘ida tug‘ilgan ulug‘ martabali o‘g‘il.
SHosobir, Shosobir (ft.-ar.) – sabr-toqatli, chidamli, irodali bola.
SHosolih, Shosolih (ft.-ar.) – ozoda, pokiza, begunohlarning eng a’losi, eng yuksak turuvchisi.
SHosuvor, Shosuvor (ft.) – suvoriylarning sardori; ulug‘ chavandoz.
SHosulton, Shosulton (ft.-ar.) – sultonlarning eng ulug‘i – shohlar shohi, buyuk hukmron, boshliq.
SHotemir, Shotemir (ft.-o‘z.) – temirdek mustahkam o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHotirboy, Shotirboy (ar.) – o‘tmish mansablaridan biri bo‘lib, podshoh mingan ot jilovini ushlab boruvchi amaldor, jilovbardor, chaqqon, dadil, pahlavon yoki maxsus kiyimda yurib dodxohlar arizasini yig‘ib oluvchi amaldor. Eht.: SHotir>SHotur>SHotursun (qar.).
SHoturdi, Shoturdi (ft.-o‘z.) – yashab turib qolsin va ulg‘ayib martabalarga erishsin.
SHotursun, Shotursun (ft.-o‘z.) – yashab turib qolsin va ulug‘ martabalarga erishsin.
SHofayzi, Shofayzi (ft.-ar.) – nasibasi mo‘l, fayz-barakali hamda ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHofiy, Shofiy (ar.) – qanoat qiluvchi, qanoatbaxsh; durust, maqbul. Bu nom Islomda to‘rt mazhabdan birini tuzgan imom Abu Abdulloh Muhammad ibni Idrisning laqabi bo‘lgan.
SHofiya, Shofiya (a.i., ar.) – shifobaxsh, sog‘lom yoki qar. SHofiy.
SHoxdor, Shoxdor (ft.) – boshida qandaydir ortiqcha belgi bilan tug‘ilgan bola.
SHoxli // SHoxliboy, Shoxli (ft.) – boshida qandaydir ortiqcha belgi (do‘ng, shish) bilan tug‘ilgan bola.
SHaxob, Shaxob (ar.) – qar. SHahob yoki shaxob – daryo irmog‘i, daryocha.
SHoyad, SHoyadbek, Shoyad (ft.) – o‘lmasdan yashab ketsa ajab emas, yashaydi deb umid qilamiz. Hadeb farzandlari nobud bo‘lavergan oilalarda navbatdagi bolaga beriladigan nom.
SHoyadxon, Shoyadxon (a.i., ft.-o‘z.) – yashab ketsa ajab emas; yashab ketar deb umid qilamiz.
SHoqilich, Shoqilich (ft.-o‘z.) – qilichdek mustahkam va o‘tkir, ulug‘ martabalar egasi bo‘lsin.
SHoqul, Shoqul (ft.-o‘z.) – Allohning e’zozli, mo‘‘tabar bandasi, quli.
SHoqurbon, Shoqurbon (ft.-ar.) – qurbon oyida tug‘ilgan o‘g‘il sog‘ ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHog‘ayrat, Shog‘ayrat (ft.-ar.) – g‘ayratli, chaqqon, mehnatkash yigit bo‘lsin va ulg‘ayib ulug‘ martabalarga erishsin.
SHog‘ani, Shog ani (ft.-ar.) – ulug‘ martabali, boy-badavlat bola.
SHog‘iyos, Shog’iyos (ft.-ar.) – ota-onasiga ko‘makchi, suyanchiq bo‘lib o‘ssin va ulug‘ martabalarga erishsin.
SHog‘ulom, Shog‘ulom (ft.-ar.) – shohning quli, xizmatkori yoki Allohning bandasi, quli. Sol.: SHoqul.
SHoh, Shoh (ft.) – podshoh, sulton yoki Tangri, Alloh yoki eng yuksak, eng mo‘‘tabar.
SHohabib, Shohabib (ft.-ar.) – eng yuksak, mo‘‘tabar do‘st, hamdam yoki qar. SHo(h) va Habib.
SHohaydar, Shohaydar (ft.-ar.) – podshohlarning eng jasuri, bahodir yoki qar. SHo(h) va Haydar.
SHohakim, Shohakim (ft.-ar.) – bilimdon, donishmandlarning eng ulug‘i, mo‘‘tabari yoki qar. SHo(h) va Hakim.
SHohalim, Shohalim (ft.-ar.) – saxiy, saxovatli, rahmdillarning eng ulug‘i yoki qar. SHo(h) va Halim.
SHohamdam, Shohamdam (ft.) – ota-onasi yoki o‘zidan oldingi aka-opalariga do‘st, esh bo‘lib ulg‘aysin yoki eng mo‘‘tabar, e’zozli do‘st.
SHohan, Shohan (ft.) – yuksak e’zozga loyiq bola yoki eng yaxshi fazilat va xislatlar sohibi.
SHohanbu, Shohanbu (a.i., ft.-o‘z.) – eng yaxshi xislatlar egasi bo‘lgan qiz.
SHohanda, Shohanda (a.i., ft.) – eng yaxshi fazilat, xislatlar egasi; saxovatli. himmatli qiz.
SHohasan, Shohasan (ft.-ar.) – go‘zal, chiroylilarning eng a’losi, ustuni, tengsiz go‘zal yoki qar. SHo(h) va Hasan.
SHohafiz, Shohafiz (ft.-ar.) – ulug‘. g‘amxo‘r, mehribon va asrovchi yoki qar. SHo(h) va Hafiz.
SHohbek, Shohbek (ft.-ar.) – aslzodalar, beklarning sardori yoki beklar avlodiga mansub ulug‘ martabali bola.
SHohbergan, Shohbergan (ft.-o‘z.) – Alloh ato qilgan bola. Allohning ehsoni.
SHohberdi, Shohberdi (ft.-o‘z.) – Alloh ato qilgan bola.
SHohboz, Shohboz (ft.) – shunqor (lochin)dek chaqqon, jasur bo‘lsin yoki umri lochin parvozidek yuksak bo‘lsin.
SHohboy, Shohboy (ft.-o‘z.) – qar. SHoh; (SHoh+boy) yoki «shoh» so‘zi bilan boshlangan ismlarning eq. shakli.
SHohbonu, Shohbonu (a.i., ft.) – malika, shohlar nasliga mansub qiz; ulug‘ martabali: mo‘‘tabar qiz.
SHohvalad, Shohvalad (ft.-ar.) – shohzoda; shohlar, hukmdorlar nasliga mansub bola.
SHohvali, Shohvali (ft.-ar.) – avliyolar sardori; muqaddas shoh.
SHohgado, Shohgado (ft.) – qar. SHo(h) va Gado yoki farzandga muhtoj (gado) bo‘lib yurib topilgan o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ martabalarga erishsin.
SHohdod, Shohdod (ft.) – shohning, ya’ni Aplohningtuhfasi, ehsoni.
SHohyora, Shohyora (ft.) – Alloh yor bo‘luvchi, qo‘llovchi bola.
Ismlar Manosi SH harfiga: SHohzamon, Shohzamon (ft.-ar.) – davr hukmdori, davr podshohi.
SHohzod, Shohzod (ft.) – shohlar nasliga mansub bola, podshoh o‘g‘li.
SHohzoda, Shohzoda (ft.) – shoh farzandi, shohlar nasliga mansub bola.
SHohzodabegim, Shohzodabegim (a.i., ft.-o‘z.) – qar. SHohzoda va Begim.
SHohibek, Shohibek (ft.-o‘z.) – beklar shohi yoki SHoyibek (qar).
SHohid, Shohid (ar.) – Guvohlik beruvchi. Bu nom Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri bo‘lgan. SHuningdek, go‘zal, kelishgan, suyukli.
SHohida, Shohida (a.i., ar.) – chiroyli, kelishgan, suyukli qiz.
SHohiddin, Shohiddin (ar.) – din uchun jonini fido qiluvchi, xudojo‘y, taqvodor yoki chiroyli, suyukli.
SHohidil, Shohidil (a.i., ft.) – pok ko‘ngil, maftunkor, jozibali.
SHohidoy, Shohidoy (a.i., ar.-o‘z.) – go‘zal, zebo, suyukli qiz.
SHohidqul, Shohidqul (ft.-o‘z.) – qar. SHohid (SHohid+qul).
SHohizinda, Shohizinda (ft.) – SHohizinda (qadamjo)ni ziyorat qilgach tug‘ilgan bola.
SHohim, Shohim (ft.-ar.) – «shoh» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlar (SHohmuhammad kabi) ning eq. shakli.
SHohimardon, Shohiniardon (ft.) – mardlar, jasurlar shohi, sardori. Bu nom xalifa Alining sifati bo‘lib, u jasurligi uchun ana shunday nomlangan.
SHohimmat, Shohimmat (ft.-ar.) – olijanob, marhamatli, saxiy o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ martabaga erishsin.
SHohin, Shohin (ft.) – lochin; qarchig‘aydek sezgir, jasur bo‘lsin.
SHohina, Shohina (a.i.. ft.) – jasur, mard qiz yoki malika, aslzoda.
SHohir, Shohir (ar.) – shuhratli, shavkatli yoki eht.: SHokir (qar.).
SHohista, Shohista (a.i., ft.) – munosib, loyiq, e’eozga sazovor. Sol.: SHoista.
SHohistagul, Shohistagul (ft.) – hurmatga, e’zozga munosib bo‘lgan guldek go‘zal qiz.
SHohisulton, Shohisulton (ft.-ar.) – sultonlar shohi, shohlar-shohi.
SHohkeldi, Shohkeldi (ft.-o‘z.) – ulug‘ martabali o‘g‘il.
SHohmalik, Shohmalik (ft.-ar.) – engilmas, g‘olib, muzaffar yoki qar. SHoh va Abdumalik.
SHohmansur, Shohmansur (ft.-ar.) – g‘olib, engilmas shoh. Sol.: SHomansur.
SHohmirza, Shohmirza (ft.) – ulug‘ martabalar sohibi va mirzalardek bilimli, kelishgan yigit bo‘lsin.
SHohmurod, Shohmurod (ft.-ar.) – ulg‘ayib baland martabalarga erishsin va murodu maqsadga etsin yoki shoh (Alloh) erishtirgan orzu, maqsad.
SHohmuhammad, Shohmuhammad (ft.-ar.) – qar. SHoh va Muhammad.
SHohnavoz, Shohnavoz (ft.) – mehru shafqat, saxovat shohi yoki nazokatli, latofatli hukmron yoxud nazokat shohi.
SHohnazar, Shohnazar (ft.-ar.) – Allohning iltifoti (nazari) tufayli erishilgan bola.
SHohniyoz, Shohniyoz (ft.) – Alloxdan o‘tinib so‘rab olingan bola yoki Allohning tuhfasi, ehsoni.
SHohnoz // SHohnoza, Shohnoz (ft.) – tengsiz nozlar qiluvchi; yoqimtoy jozibali qiz.
SHoholam // SHohiolam, Shoholam (ft.-ar.) – dunyo podshohi, jahon hukmdori.
SHohotam, Shohotam (ft.-ar.) – saxiylar, jo‘mardlarning sardori, shohi yoki qar. SHoh va Hotam.
SHohpari, Shohpari (ft.) – basavlat, kelishgan, viqorli go‘zal; parilar podshohi, sardori, go‘zallarning go‘zali.
SHohrbonu // SHahrbonu, Shohrbonu (a.i., ft.) – mamlakat hukmdori; malika. Sol.: SHahrbonu.
SHohruh, Shohruh (ft.) – viqorli, kelishgan; chiroyli, zebo yoki shaxmatdagi shoh ruhi (ladya, to‘ra). Rivoyatga ko‘ra, Temur shaxmat o‘ynab o‘tirganida o‘g‘il tug‘ilganini eshitadi va unga SHohruh deb nom beraDI.
SHohsanam, Shohsanam (ft.-ar.) – go‘zallarning sardori, shohi, viqorli, tengsiz go‘zal.
SHohsaodat, Shohsaodat (ft.-ar.) – baxtli, omadli; ulug‘ martaba sohibi.
SHohsifat, Shohsifat (ft.-ar.) – eng yaxshi fazilatlar sohibi.
SHohsuvor, Shohsuvor (ft.) – ot minishning mohiri, mohir chavandoz; otliq.
SHohtoy, Shohtoy (ft.-o‘z.) – suyukli, erkatoy o‘g‘il ulg‘ayib ulug‘ martaba sohibi bo‘lsin.
SHohusayn, Shohusayn (ft.-ar.) – o‘ta marhamatli, rahmdil, mehribonlar sardori yoki qar. SHo(h) va Husayn.
SHohxo‘ja, Shohxo’ja (ft.) – xo‘jalar avlodiga mansub bola ulg‘ayib ulug‘ martabalar egasi bo‘lsin.
SHohquli, Shohquli (ft.-o‘z.) – ulug‘ podshohning quli, ya’ni Allohning quli, bandasi.
SHuayb, Shuayb (ar.) – shoh, butoq yoki to‘g‘ri yo‘lga yo‘llovchi, ko‘makchi.
SHujo, SHijo, Shujo (ar.) – mard, qo‘rqmas, jasur, dadil.
SHukri, Shukri (a.i., ar.) – shukur qiluvchi, minnatdor. Asli: SHukriniso.
SHukriniso, Shukriniso (a.i., ar.) – ayollarning sharaflisi, e’zozlisi yoki faxri, shukr qiluvchi, qanoatli ayol.
SHukriya, Shukriya (a.i., ar.) – shukur qiluvchi, qanoatli ayol.
SHukur, Shukur (ar.) – qanoat qilgan, minnatdor. Asli: SHukurulla, SHukuriddin (qar.). SHakllari: SHukurboy, SHukurjon, SHukurxon.
SHukura, Shukura (a.i., ar.) – shukr etuvchi, qanoat qiluvchi qiz.
SHukurali, Shukurali (ar.) – xalif Apidan minnatdormiz yoki bolali bo‘lganimiz uchun shukrlar qilamiz va Ali uni o‘z panohida asrasin.
SHukurberdi, Shukurberdi (ar.-o‘z.) – farzandli bo‘lganimiz uchun (Allohdan) minnatdormiz, shukur qilamiz.
SHukuriddin, Shukuriddin (ar.) – dinning shukuhi, shuhrati yoki dinga sig‘inuvchi bola, xudojo‘y.
SHukuriya, Shukuriya (a.i., ar.) – shukur qiluvchi, qanoatli qiz.
SHukurulla, Shukurulla (ar.) – farzandli bo‘lganimiz uchun shukrona aytamiz.
SHukufa, Shukufa (a.i., ft.) – gul gulg‘unchasi, ya’ni gulg‘unchasidek chiroyli, zebo qiz.
SHukuh, Shukuh (ft.) – ulug‘vor, shonu shavkatli; ko‘rkam, kelishgan.
SHumbol, Shumbol (o‘z.) – ulkan, ulug‘, buyuk, pahlavon.
SHunqor // SHunqorboy, Shunqor (o‘z.) – lochin; dovyurak, jasur, chaqqon.
SHu’la, Shu’la (a.i., ar.) – aynan: olovning tili, nur, yog‘du, mash’al.
SHuhrat, Shuhrat (ar.) – dovrug‘, mashhurlik; shonu shavkat. Ismlar Manosi SH harfiga
SHuhratoy, Shuhratoy (a.i., ar.-o‘z.) – mashhur, shavkatli qiz.