Ismlar Manosi T harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Ismlar Manosi T harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Chiroyli Ismlar

Ismlar Manosi T harfiga

Ismlar Manosi T harfiga: Tabassum (a.i., ar.) – hayotidan shod, xursand bo‘lib yursin yoki tabassumli, ochiq chehrali, kulib turuvchi qiz.

Tabdil (ar.) – almashtirilgan, almashib olingan bola.

Tabdila (a.i., ar.) – almashib olingan qiz.

Tabiba (ar.) – emlovchi, shifokor, davolovchi. SHakllari: Tabibboy, Tabibjon.

Tabibulla (ar.) – Alloh shifo beruvchi, najotkor yoki Alloh ato qilgan sog‘lom bola.

Tabila (a.i., ar.) – umri uzoq, uzoq yashovchi qiz.

Tabiya (a.i., ar.) – qal’a; himoya qilingan, mahkam, mustahkam.

Tabrika (a.i., ar.) – qutlovga, olqish, tabrikka sazovor qiz.

Tavakkal II Tavakkul (ar.) – hayoti tavakkal qilingan, takdiri Allohning ixtiyoriga topshirilgan bola, Alloxdan umid qilgan bola.

Tavakkala (a.i., ar.) – hayoti tavakkal qilingan, taqdiri Alloh ixtiyoriga topshirilgan qiz.

Tavallo (ar.) – Alloxdan so‘rab, iltijolar qilib olingan bola yoki suyukli, qadrli, do‘st tutilgan bola.

Tavar // Tavarboy (o‘z.) – mol, boylik; boybadavlat bo‘lsin.

Tavarik (ar.) – intizor bo‘lib kutilgan, aziz, tabarruk bola.

Bu Qiziq: Ismlar Manosi S harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Tavbaxon (a.i., ar.) – tavba qiluvchi, itoatkor, Alloh yo‘liga bo‘ysinuvchi qiz.

Tavziha (a.i., ar.) – ravshan, aniq, oshkor.

Tavila (a.i., ar.) – uzun bo‘yli qiz yoki uzoq umrli qiz.

Tavon // Tavonboy (ft.) – kuchli, baquvvat, chidamli, bardam, sog‘lom bola.

Tavona (a.i., ft.) – kuchli, baquvvat; bardam, sog‘lom qiz.

Tavsan (ft.) – sho‘x, o‘ynoqi, asov ot; arg‘umoq, to‘pichoq.

Tavsanoy (a.i., ft.-o‘z.) – sho‘x, quvnoq, shaddod qiz.

Tavur, Tavur (o‘z.) – yaxshi, durust, ko‘ngilga yaqin, yoqimtoy.  (ar.) – baxtli, omadli, iqbolli yoki yomon odatlardan o‘zini saqlaydigan, pokiza, avliyo bola.

Tavhid (ar.) – birlik, yagonalik; so‘filikda xudoning yagonaligiga e’tiqod qilish darajasi; yagona Allohga sig‘inuvchi.

Tavhidaxon (a.i., ar.-o‘z.) – yakka, yagona; tengsiz qiz yoki yagona Allohga sig‘inuvchi, e’tiqod qiluvchi qiz.

Tavhiddin (ar.) – yagona din (islomga) amal qiluvchi, sig‘inuvchi, musulmon.

Tavhir (ar.) – ehtirom, hurmatga munosib, sazovor bola.

Tadbir (ar.) – chorasini Allohning o‘zi topsin, umri uzoq bo‘lsin yoki tadbirli, mohir, ustamon bola.

Tajallo (ar.) -jonlanish, namoyon bo‘lish; mavjud bo‘lish, yashash.

Tazarruv (ar.) – yalinib, yolvorib yurib topilgan bola.

Tazkira (a.i., ar.) – yodgor bo‘lib qolgan qiz yoki o‘git-nasihat.

Tazkiya (a.i., ar.) – sadaqa, qurbonlik qilingan qiz yoki sof, pokiza, ma’suma yoxud maqtovga, madh qilishga sazovor.

Ismlar Manosi T harfiga: Tay // Tayjon (o‘z.) – yurish, kezish, yo‘l bosish yoki tay // toy – ona tomonidan qarindosh bo‘lganlarning uyida tug‘ilgan bola. Eht.: Toyjon (qar.).

Tayyor (ar.) – chaqqon, epchil, tez, jadal.

Tayfura (a.i., ar.) – o‘ynovchi, sakrovchi; quvnoq, shodon.

Takash (o‘z.) – taka so‘zi bilan boshlangan ismlarning eq. shakli yoki katta shokosa, ya’ni rizqro‘zli, nasibali bo‘lsin.

Takmil (ar.) – mukammal, benuqson; etuk.

Takmila (a.i., ar.) – vafot etgan farzandlar o‘rnini to‘ldirish uchun berilgan bola yoki mukammal, etuk.

Tal // Toli (ar.) – aynan: baxt, takdir, ya’ni yuksak, baland; tolei baland, iqbolli.

Talabboy (ar.-o‘z.) – talab, iltimos qilib olingan bola yoki afsonaviy Talab vodiysi nomidan.

Talaboy (a.i., ar.-o‘z.) – talab, iltimos qilib olingan oydek suluv qiz.

Talbak (ft.) – so‘rab, talab qilib olingan bola.

Tal’at (ar.) – aynan: ko‘rinish, qiyofa, yuz, ya’ni chiroyli, sohibjamol.

Tal’atoy (a.i., ar. -o‘z.) – go‘zal chehrali, oydek suluv qiz.

Talha (ar.) – banan daraxti.

Tamal (a.i., ar.) – asos, to‘ng‘ich bola yoki tamalluq – yalinib, yolvorib yurib erishilgan bola.

Tamanno (a.i., ar.) – iltimos; iltijo qilib topilgan qiz; orzu, armon qilingan qiz yoki nozli, karashmali, dilkash qiz.

Tamiza (a.i., ft.) – toza, pok, pokiza yoki ziyrak, fahm-farosatli yoxud shamsiya yili hisobining beshinchi oyi (saraton – iyul)da tug‘ilgan qiz.

Tamim (ar.) – biron ishni mukammal tarzda amalga oshiruvchi; bo‘yi uzun; xulqi go‘zal; mustahkam.

Tamima (a.i., ar.) – «Tamim»ning muannas shakli.

Tanaboy (o‘z.) – tana (ikki yoshli buzoqdek kuchli, baquvvat bo‘lsin) yoki mollari ko‘p, boy, badavlat bo‘lsin.

Tanga (a.i., o‘z.) – o‘tmishda 15 tiyin (Buxoro), 20 tiyin (Toshkent va Farg‘onada)ga to‘g‘ri keluvchi kumush pul. Kumush tanga poklik ramzi ham hisoblanadi.

Tangir (o‘z.) – farosatli, qobiliyatli; xotirasi o‘tkir, aqlli, ziyrak.

Tangri (o‘z. > xit.) – Alloh, Xudo; ko‘k osmon. Asli: Tangriberdi, Tangriqul. SHakllari: Tangriboy, Tangribek.

Tangribergan (o‘z.) – Alloh bergan, ato qilgan bola Allohning tuhfasi, sovg‘asi.

Tangriberdi (o‘z.) – Alloh ato qildi, berdi. Allohning hadyasi, sovg‘asi.

Tangrimuhammad (o‘z.-ar.) – qar. Tangri va Muhammad yoki Alloh ato qilgan o‘g‘ilni Muhammad (s.a.v.) o‘z panohida asrasin.

Tangrixo‘ja (o‘z.-ft.) – Alloh ato qilgan va xo‘jalar avlodiga mansub bola.

Tangriqul (ft.) – Allohning bandasi, quli.

Tandor (ft.) – tetik, bardam; ziyrak bola.

Tanzila (a.i., ar.) – Allohning yo‘l-yo‘rig‘i, ko‘rsatmalari, Allohning irodasi yoki suyukli, muloyim qiz.

Tanzilat (a.i., ar.) – Allohning payg‘ambarga yuboriluvchi ko‘rsatmalari, xabarlari; Aplohning xohish-irodasi.

Tanzim (a.i., ar.) – tartiblangan, bezangan, orasta.

Tanziya (a.i., ar.) – pokiza, orasta.

Tani // Taniboy (ft.) – mahkam, mustahkam yoki o‘g‘il, o‘g‘il bola.

Tanibek (ft.-o‘z.) – tani sog‘, sog‘lom tanli; mahkam chiniqqan.

Tannoz // Tannozxon (a.i., ar.) – nozli, karashmali qiz, ya’ni yoqimtoy, dilbar.

Tanovar (a.i., ft.) – tanovar kuyidek yoqimtoy qiz, raqqosa qiz yoki tanovar (teri)dekto‘zimli, mahkam, mustahkam bo‘lsin.

Tansiq (ar.) – nodir, noyob, kamyob yoki tansiq-tuhfa, hadya, in’om. SHakllari: Tansiqoy, Tansiqjon.

Tansiqa (a.i., ar.) – nodir, kamyob, tengsiz, orzu qilingan qiz yoki Allohning tuhfasi, in’omi. SHakllari: Tansiqoy, Tansiqjon.

Tansiqbibi (a.i., ar.-hind.) – nodir va baland martabali qiz.

Tansiqoy (a.i., ar.-o‘z.) – nodir, tansiq, tengsiz; orzu qilingan oydek suluv qiz.

Tansiqqul (ar.-o‘z.) – Allohning nodir, bebaho bandasi, quli.

Tanti // Tantiboy (ar.) – saxiy, saxovatli, qo‘li ochiq.

Tantiq (o‘z.) – tilab, armon qilib yurib topilgan bola yoki aziz, erkatoy o‘g‘il.

Tanho (ar.) – yakka, yagona; tengsiz, bebaho.

Tarbiya (a.i., ar.) – odobli, xushxulq, tarbiyali qiz yoki qar. Tarfiya.

Tarzabon (ft() – gapdon, so‘zamol, notiq yoki pokiza; tarovatli.

Tarjiha (a.i., ar.) -ustun turuvchi, afzal.

Tarif (ar.) – aslzoda, zodagon; oqsuyak; oliynasab avlodga mansub.

Tarifa (a.i., ar.) – oliynasab qiz; aslzoda qiz.

Tariq (ar.) – yo‘sin, yo‘l-yo‘riq yoki tunda, oqshomda tug‘ilgan bola.

Tariqboy (ar.) – tariq – oziq, ekin; dehqon bola.

Tarlon (o‘z.) – tarlon (lochin, qarchig‘ayga o‘xshash qush) kabi jasur, chaqqon, epchil bo‘lsin.

Tarnoz (a.i., ft.) – tozalik, soflik; sog‘lom, pokiza, jozibali.

Tarovat (a.i., ar.) – poklik, so‘limlik; malohat; go‘zal, sohibjamol.

Tarona (a.i., ft.) – aynan: qo‘shiq, kuy; hayoti quvnoq, baxtiyor bo‘lsin.

Tarxon (mo‘g.) – aynan: ozod, hur; turli majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlar avlodiga mansub bola.

Tarfiya (a.i., ar.) – shodlik, xursandlik.

Tasalli (ar.) – ko‘nglimizni xushnud, xotirjam qilgan bola, tasalli topdirgan bola.

Taskin (ar.) – ko‘nglimizni tinchlantirgan, ko‘ngilga xotirjamlik bergan; shukronamiz boisi bo‘lgan bola.

Taskina (a.i., ar.) – ko‘nglimiz osoyishtaligi, taskini bo‘lgan bola.

Taslim (ar.) – o‘lim (xavf) taslim bo‘lsin, chekinsin yoki yuvosh, muloyim bola yoxud izzat-ikromga loyiq munosib bola. SHakllari: Taslimboy, Taslimjon.

Taslima (a.i., ar.) – qar. Taslim (Taslim+a).

Tasliya (a.i., ar.) – ko‘ngilga dalda, tasalli beruvchi qiz yoki g‘am-g‘ussadan yiroq, baxtiyor, quvnoq qiz.

Tasmila (a.i., ar.) – tinch, osoyishta; yuvosh, beozor bola.

Tasmiya (a.i., ar.) – qo‘shilgan, qavatlangan; ko‘paygan. Oilada tug‘ilgan ikkinchi qiz shunday nomlangan.

Tasfiya (a.i., ar.) – poklangan, begunoh; ozoda, pokiza qiz.

Ta’zima (a.i., ar.) – hurmat, e’zozni biluvchi, ta’zimkor, aqlli, odobli qiz.

Ta’lim (ar.) – ta’lim beruvchi, o‘rgatuvchi, bilimdon.

Ta’lima (a.i., ar.) – o‘rgatuvchi, ta’lim beruvchi; o‘qimishli, bilimdon.

Ta’rifa (a.i., ar.) – ta’riflashga loyiq, maqtovga sazovor.

Tashrif // Tashrifjon (ar.) – ulug‘langan, yuksak ko‘tarilgan; oilaning yangi mehmoni.

Tashrifa, Tashrifa (a.i., ar.) – ulug‘langan, e’zozlangan, hurmatga munosib qiz yoki oilaning yangi mehmoni. SHakllari: Tashrif, Tashrifxon.

Tayanch // Tayanchboy, Tayanch (o‘z.) – ota-onasining suyanchig‘i, ko‘makchisi.

Taqaboy, Taqaboy (o‘z.) – taqa (nag‘al)dek to‘zimli, chidamli va mahkam.

Ismlar Manosi T harfiga: Taqdim, Taqdim (ar.) – Alloh ato qilgan bola. Allohning tuhfasi, ehsoni.

Taqdima, Taqdima (ar.) – Alloh ato qilgan qiz, Allohning tuhfasi.

Taqdir // Taqdirboy, Taqdir (ar.) – nasib qilgan, taqdir qilgan bola.

Taqdirali, Taqdirali (ar.) – Alining tuhfasi, ehsoni yoki Alloh ato qilgan bolani Ali o‘z panohida asrasin.

Taqdisa, Taqdisa (a.i., ar.) – pokiza, begunoh, ma’suma; muqaddas qiz.

Tahamtan, Tahamtan (ft.) – gavdali, jussador; baquvvat, pahpavon.

Tahmina, Tahmina (a.i., ar.) – kuchli, qudratli; jasur. «SHohnoma» qahramoni Suhrob onasining ismi.

Tahsin, Tahsin (a.i., ar.) – ma’qullashga, maqtashga loyiq; hurmat va e’zozga munosib qiz.

Tegin // Tagin, Tegin (o‘z.) – shahzoda, aslzoda yoki tegin // tekin – tekinga berilgan, tuhfa qilingan. Bu ism ma’nosi unchalik aniq emas.

Tegina, Tegina (a.i., o‘z.) – malika, shoh avlodiga mansub, aslzoda qiz.

Temir, Temir (o‘z.) – temirdek mustahkam, mahkam, ya’ni balo-qazolarga bardoshli, umri uzoq bola. SHakplari: Temirtoy, Temirjon, Temirxon.

Temira, Temira (a.i., o‘z.) – temirdek mahkam, mustahkam qiz, ya’ni yashaydigan, umri uzoq qiz.

Temirbek, Temirbek (o‘z.) – beklar avlodiga mansub bo‘lgan temirdek mahkam bola.

Temirmalik, Temirmalik (o‘z.-ar.) – «Temir» va «Malik» ismlarining birikmasi.

Temirpo‘lat, Temirpo’lat (o‘z.-ft.) – temir va po‘latdek mahkam, mustahkam, ya’ni uzoq yashaydigan bola.

Temirxon, Temirxon (o‘z.) – temirdek mustahkam va nomdor, ulug‘ martabalar egasi bo‘lsin.

Tengdosh, Tengdosh (o‘z.) – oiladagi farzandlar yoki qarindoshlarning bolalariga yo‘ldosh, tengdosh bo‘lib yursin.

Tengiz // Tengizboy, Tengiz (o‘z.) – qar. Dengiz.

Tengli, Tengli (o‘z.) – boshqa bolalarga baravarlashib, teng kelib yursin. Bu ism ikkinchi bo‘lib tug‘ilgan bolaga qo‘yiladi.

Tesha // Teshaboy, Tesha (o‘z.) – tesha kabi mustahkam va o‘tkir bo‘lib o‘ssin, balo-qazolarga chidamli bo‘lsin.

Teshagul, Teshagul (a.i., o‘z.-ft.) – teshadek mustahkam, ya’ni yashaydigan, o‘lmaydigan qiz.

Tehron, Tehron (ft.) – Eron mamlakatining poytaxti Tehron shahri nomiga nisbat berilgan ism.

Tilab, Tilab (o‘z.) – qar. Tilaboldi. SHakllari: Tilabbek, Tilabjon, Tilabboy.

Tilabberdi, Tilabberdi (o‘z.) – Alloxdan so‘raganimiz (tilaganimiz) uchun berilgan bola. Allohning tuhfasi, ehsoni.

Tilaboldi, Tilaboldi (o‘z.) – Alloxdan so‘rab, tilab olingan bola. Allohning sovg‘asi.

Tilak, Tilak (o‘z.) – istagimiz, orzumiz bo‘lgan bola. SHakllari: Tilakboy, Tilakjon.

Tilan // Tilanboy, Tilan (o‘z.) – tilanib, so‘rab, iltijolar qilib olingan bola.

Tilash // Tilashboy, Tilash (o‘z.) – Tilak, Tilab so‘zlari bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning eq. shakli.

Tilla, Tilla (ft.) – oltindek qimmatli. qadrli bola yoki boy-badavlat bo‘lsin. SHakllari: Tillaboy, Tillajon, Tillaxon.

Tillabek, Tillabek (ft.-o‘z.) – beklar avlodiga mansub bo‘lgan tilladek qadrli bola.

Tillashayx, Tillashayx (ft.-ar.) – shayxlar avlodiga mansub bo‘lgan tilladek qimmatli bola; avliyozoda.

Tillaqul, Tillaqul (ft.-o‘z.) – Allohning oltindek qimmatli, a’lo bandasi.

Tilov // Tilovboy, Tilov (o‘z.) – Tilovberdi, Tilovbergan kabi ismlarning eq. shakli.

Tilovat, Tilovat (ar.) – ko‘rkam, go‘zal, nafosatli yoki Qur’onni yoddan o‘quvchi (tilovat qiluvchi), dindor, xudojo‘y.

Tilovbek, Tilovbek (o‘z.) – tilab, orzu qilib etishilgan bola.

Tilovbeka, Tilovbeka (a.i., o‘z.) – tilab, orzu qilib etishilgan qiz.

Tilovoldi, Tilovoldi (o‘z.) – tilab, orzu qilib olingan, erishilgan bola.

Tilovxon, Tilovxon (o‘z.) – tilab olingan, qadrli, e’zozli qiz.

Timbek, Timbek (ft.-o‘z:) – tim – do‘st, o‘rtoq, esh; ko‘ngilga yaqin yoki beklar naslidan bo‘lgan qora, qoracha bola.

Tindixon, Tindixon (a.i., o‘z.) – tinchigan, osuda, ya’ni yashaydigan qiz.

Tinch // Tinichboy, Tinich (o‘z.) – tinch, osoyishta, osuda yoki xohlangan, orzu qilingan.

Tir // Tirboy, Tir (ft.) – tengdosh, esh, o‘rtoq yoki Merkuriy sayyorasi nomidan.

Tirak // Tirakboy, Tirak (o‘z.) – ulg‘ayib ota-onasiga suyanchiq, tirgak bo‘lib yursin.

Tirdod, Tirdod (ft.) – Tir (Sirius) sayyorasiningtuhfasi, ehsoni.

Tirkash, Tirkash (o‘z.) – oldingi farzandlarga ulansin, ya’ni o‘lmasin, yashasin. SHakllari: Tirkashboy, Tirkashjon, Tirkashxon.

Tirkashali, Tirkashali (o‘z.-ar.) – avvalgi bolalarga ulansin, ergashsin va Ali o‘z panohida asrasin.

Tirmash, Tirmash (o‘z.) – tirishqoq, tirmashuvchan, irodali bo‘lsin, ya’ni yashovchan, o‘lmaydigan bo‘lsin.

Tirsak // Tirsakboy, Tirsak (o‘z.) – ota-onasiga tayanch, suyanchiq, ya’ni tirsak bo‘lsin.

Tishi, Tishi (a.i., o‘z.) – qiz, ayol, zaifa.

Tobon, Tobon (a.i., ft.) – nurli, yorqin, ya’ni tolei baland yoki tobonini bosib yurib ketsin, ya’ni o‘lmasin yoxud oldingi vafot etgan farzand(lar) o‘rniga tovoniga berilgan bola.

Tov // Tovboy, Tov (o‘z.) – tog‘dek buyuk, ulug‘ martabali bo‘lsin; tog‘dek salobatli, baquvvat bo‘lsin yoki tog‘da tug‘ilgan bola.

Tovon // Tovonboy, Tovon (ft.) – oldingi turmagan, vafot etgan bolalar evaziga berilgan o‘g‘il.

Tovus // Tovusxon, Tovus (a.i., ar.) – tovusdek go‘zal, mag‘rur qiz.

Tovshan, Tovshan (o‘z.) – quyondek ziyrak, chaqqon bola.

Tovqora, Tovqora (o‘z.) – tog‘dek yuksak, qudratli bola.

Tojbaxsh, Tojbaxsh (ft.) – toji, xoli bilan tug‘ilgan bola.

Ismlar Manosi T harfiga: Tojvor, Tojvor (ft.) – tojli, xolli bola.

Toji, Toji (ft.) – toji so‘zi bilan boshlangan qo‘shma ismlarning (Tojiniso, Tojiddin kabi) eq. shakli. SHakllari: Tojiboy, Tojixon.

Tojiali, Tojiali (ft.-ar.) – toj, xol bilan tug‘ilgan o‘g‘ilni Ali qo‘llab yursin.

Tojianor, Tojianor (a.i., ft.) – qizil xolli, qizil xol (belgi) bilan tug‘ilgan qiz.

Tojia’lo, Tojia’lo (ft.-ar.) – chiroyli xolli qiz yoki xol bilan tug‘ilgan yaxshi, tengsiz bola.

Tojiahmad, Tojiahmad (ft.-ar.) – xol bilan tug‘ilgan maqtovga sazovor bola yoki xolli bolani Ahmad – Muhammad (s.a.v.) qo‘llab yursin.

Tojibanot, Tojibanot (a.i., ft.-ar.) – aynan: qizlarningxolli, tojlisi, ya’ni xol bilan tug‘ilgan qiz.

Tojibibi, Tojibibi (a.i., ft.-hind.) – xol (toj) bilan tug‘ilgan baland martabali qiz.

Tojigul, Tojigul (a.i., ft.) – guldek chiroyli xolli qiz yoki xol bilan tug‘ilgan guldek go‘zal qiz.

Tojiddin, Tojiddin (ft.-ar.) – aynan: dinning toji, sarkori yoki dinning xolli ixlosmandi.

Tojim, Tojim (ft.-o‘z.) – «Toj» so‘zi bilan boshlangan qo‘shma ismlarning eq. shakli.

Tojimurod, Tojimurod (ft.-ar.) – xol (toj)li bola ulg‘ayib murod-maqsadiga etsin yoki istagimiz, orzumiz bo‘lgan xolli bola.

Tojiniso, Tojiniso (ft.-ar.) – xolli, xoldor qiz yoki ayollarning eng mo‘‘tabari, ulug‘i.

Tojira, Tojira (a.i., ar.) – savdogar, tijoratchi qiz yoki otasi tijorat qilib ketganda tug‘ilgan qiz.

Tojli, Tojli (ft.-o‘z.) – xoldor, xoli bilan tug‘ilgan bola.

Tojliddin, Tojliddin (ft.-ar.) – aynan: din toji; dinning xolli (tojli) ixlosmandi.

Toza // Tozaxon, Toza (a.i., ft.) – pokiza, toza, begunoh, ma’suma.

Toib // Toyib, Toib (ar.) – tavba qiluvchi, sig‘inuvchi; dindor, xudojo‘y.

Toiba // Toyiba, Toiba (a.i., ar.) – tavba qiluvchi, sig‘inuvchi; xudojo‘y, musulmon qiz.

Toimbek, Toimbek (ar.) – ta’min etilgan, nasibasi but, umri uzoq bola.

Toir, Toir (ar.) – parvoz qiluvchi, yuksakka ko‘tariluvchi; ozod, hur; iqboli baland bola.

Toira, Toira (a.i., ar.) – yuksaklarga uchuvchi qush yoki bitta dinga bo‘ysinuvchi, musulmonchilikda sobit qiz.

Toifa // Toifaxon, Toifa (a.i., ft.-o‘z.) – nasl, avlod, aymoq qizi yoki bitta dinga bo‘ysinuvchi, musulmonchilikda sobit qiz.

Toy, Tou (o‘z.) – toy, toychoq yoki bobosi (onasining otasi) ismini olgan bola yoxud oiladagi ikkinchi farzand.

Toybek, Toybek (o‘z.) – beklar avlodiga mansub bola toy, toychoqdek yayrab o‘ssin. YAna qar. Toybola.

Toybeka, Toybeka (a.i., o‘z.) – buvisining ismi qo‘yilgan obro‘li, e’zozli qiz.

Toyib, Toyibboy, Toyib (ar.) – pokiza, ozoda; yaxshi, mehribon, muruvvatli.

Toyiba, Toyiba (a.i., ar.) – pokiza, ozoda, ma’suma qiz; rahmdil, mehribon qiz.

Toyli, Toyli (o‘z.) – yilqilari, toylari mo‘l, badavlat bo‘lsin yoki oiladagi ikkinchi o‘g‘il.

Toyloq, Toyloq (o‘z.) – toyloq, bo‘taloqsek yayrab o‘ssin yoki qadrli erkatoy o‘g‘il yoxud toyloq urug‘iga mansub bola, toyloq farzandi.

Toymas, Toymas (o‘z.) – qaytmas, qo‘rqmas, jasur bola yoki umr yo‘lidan toymaydigan (yashaydigan, o‘lmaydigan) bola.

Toyqo‘zi, Toyqo’zi (o‘z.) – suyukli, erkatoy o‘g‘il toydek yayrab yursin.

Tokay, Tokay (ar.) – bolalari turmasdan o‘lavergan oilalarda udum bo‘lgan ism.

Tolgul, Tolgul (a.i., o‘z.-ft.) – sambit guldek go‘zal qiz.

Tole II Tole’, Tole (ar.) – baxtli, omadli; takdir yulduzi porlagan.

Tolexon, Tolexon (a.i., ar.-o‘z.) – baxtli, omadli, saodatli qiz.

Tolib, Tolib (ar.) – bilim istovchi, qo‘msovchi; bilim ixlosmandi; o‘quvchi, shogird yoki talab, iltimos qilib olingan bola. SHakllari: Tolibbek, Tolibjon.

Toliba, Toliba (a.i., ar.) – bilim istovchi qiz, o‘quvchi qiz.

Tolibiddin, Tolibiddin (ar.) – dinning qo‘msovchi, dinga tashna, din muxlisi.

Toliha, Toliha (a.i., ar.) – cho‘l (sahro) o‘simligi tolixdek achchiq, yomon, yaramas qiz yoki Toli // Tole // Toliya // Toli – baxtli, iqboli baland qiz.

Tolma, Tolma (a.i., o‘z.) – tolmasin, irodasi mustahkam bo‘lsin, ya’ni umri uzoq bo‘lsin.

Tolmas, Tolmas (o‘z.) – baquvvat, mustahkam, sog‘lom yoki g‘ayratli, tirishqoq, mehnatkash.

Ismlar Manosi T harfiga: Tolnoz, Tolnoz (a.i., o‘z.-ft.) – soch o‘rimlari (kokillari) tovlanuvchi, ko‘zni qamashtiruvchi qiz.

Tong // Tongboy, Tong (o‘z.) – tong, sahar paytida tug‘ilgan bola.

Tonggul, Tonggul (a.i., o‘z.-ft.) – tong saharda tug‘ilgan guldek suluv qiz yoki tong guli, tong qizi.

Tongkeldi, Tongkeldi (o‘z.) – sahar payti tug‘ilgan bola yoki tolei baland bola.

Tongmas, Tongmas (o‘z.) – o‘z so‘zida turuvchi; irodali, mard.

Tongnur, Tongnur (o‘z.-ar.) – tong yorishgan paytda tug‘ilgan bola; iqboli baland bola.

Tongoy, Tongoy (a.i., uz.) – sahar payti tug‘ilgan oydek suluv qiz.

Tongotar, Tongotar (o‘z.) – saharda, tong otayotganda tug‘ilgan bola.

Tongpo‘lat, Tongpolat (o‘z.-ft.) – tong, sahar payti tug‘ilgan, po‘latdek mustahkam bola.

Tongsuluv, Tongsuluv (o‘z.) – tong payti tug‘ilgan go‘zal qiz yoki tongdek musaffo, yoqimli qiz.

Tonggoj, Tongtoj (a.i., o‘z.-ft.) – sahar payti tug‘ilgan xol (toj)li qiz.

Tongchi, Tongchi (o‘z.) – saharda tug‘ilgan, tong egasi bo‘lgan bola.

Tongcho‘lpon, Tongcho’lpon (a.i., o‘z.) – tong yulduzi CHo‘lpondek ko‘rkam qiz.

Topgan, Topgan (o‘z.) – topib olgan, topilgan, o‘zga bola. CHaqaloqning «dushman»larini chalg‘ituvchi ism.

Topdi // Topdiboy, Topdi (o‘z.) – topib olingan, turmagan farzandlar o‘rniga kelgan bola.

Topiboldi, Topiboldi (o‘z.) – topib olingan, o‘zga bola. CHaqaloqning «dushman»larini chalg‘ituvchi ism.

Tortiq // Tortiqjon, Tortiq (o‘z.) – (Alloh bergan) tuhfa, sovg‘a, in’om.

Torxon, Torxon (o‘z.) – qar. Tarxon, Darxon.

Totli, Totli (o‘z.) – shirin, yoqimtoy, suyukli bola.

Totliboy, Totliboy (o‘z.) – qar. Totli (Totli+boy).

Totlimurod, Totlimurod (o‘z. -ar.) – shirin, yoqimtoy bola ulg‘ayib murodiga etsin.

Totliniso, Totliniso (a.i., o‘z.-ar.) – ayollarning eng shirini, yoqimtoy, suyuklisi.

Totuv, Totuv (o‘z.) – hayoti tinch, osoyishta, totuvli bo‘lsin, ya’ni o‘lmasin. SHakllari: Totuvbek, Totuvboy, Totuvxon.

Tosh, Tosh (o‘z.) – joni toshdek mustahkam bo‘lsin, ya’ni yashasin, tursin. SHakllari: Toshboy, Toshbek, Toshxon, Toshtoy, Toshqul.

Toshali, Toshali (o‘z.-ar.) – joni toshdek mustahkam, mahkam bo‘lib, Ali o‘z panohida asrasin.

Toshbek, Toshbek (o‘z.) – beklar naslidan bo‘lgan toshdek mustahkam bola.

Toshbeka, Toshbeka (a.i., o‘z.) – beklar avlodiga mansub toshdek mahkam qiz.

Toshbi // Toshbibi, Toshbi (a.i., o‘z.-hind.) – toshdek mahkam va baland martabali qiz.

Toshgul, Toshgul (a.i.,o‘z.-ft.) – toshdek mahkam, go‘zal qiz.

Toshdavlat, Toshdavlat (o‘z.-ar.) – joni mahkam, mustahkam, umri uzoq va badavlat bo‘lsin.

Ismlar Manosi T harfiga: Toshim, Toshim (o‘z.) – «tosh» so‘zi bilan boshlangan qo‘shma ismlarning qisqargan shakli.

Toshkan // Toshkanboy, Toshkan (o‘z.+sug‘d.) – Toshkentda tug‘ilgan yoki otasi (biror qarindoshi) Toshkentga ketganda yoki kelganda tug‘ilgan bola.

Toshkanoy, Toshkanoy (a.i., o‘z.) – qar. Toshkan (Toshkan+oy).

Toshlon, Toshlon (o‘z.) – toshsimon, toshdek mahkam. SHakllari: Toshlonboy, Toshlonoy, Toshlonxon.

Toshlonqul, Toshlonqul (o‘z.) – qar. Toshlon (Toshlon+qul).

Toshmetin, Toshmetin (o‘z.) – tosh va metindek mustahkam, ya’ni umri uzoq bola.

Toshmuhammad, Toshmuhammad (o‘z.-ar.) – joni toshdek mahkam bo‘lsin va Muhammad (s.a.v.) o‘z panohida asrasin.

Toshniyoz, Toshniyoz (o‘z.-ft.) – o‘tinib, so‘rab olingan bola toshdek mustahkam bo‘lsin.

Toshqin, Toshqin (o‘z.) – suv bosqini, toshqin paytida tug‘ilgan qiz yoki jo‘shqin, shaddod qiz.

Toshqo‘zi, Toshqo‘zi (o‘z.) – toshdek mustahkam va suyukli, erkatoy bola.

Toshg‘ulom, Toshg’ulom (o‘z.-ar.) – qar. Tosh va G‘ulom.

Toqjon, Toqjon (ar.) – yakka, yagona yoki uyning toqidek baland, martabali bo‘lsin. YAna qar. Toqi.

Toqi, Toqi (ar.) – taqvodor, avliyo, odil, adolatli bola. Asli: Toqiddin (qar.).

Toqiddin II Toquddin, Toqiddin (ar.) – dinning tayanchi, dinni mustahkamlovchi.

Toqchiboy, Toqchiboy (o‘z.) – tog‘li, tog‘ farzandi yoki toqchi (o‘zbek qabilalaridan biri) farzandi.

Tog‘a // Tog‘abek, Tog‘a (o‘z.) – tog‘asining uyida tug‘ilgan bola yoki tog‘asining nomi berilgan bola.

Tog‘ay, Tog’ay (o‘z.) – tog‘asining uyida tug‘ilgan bola yoki tog‘aydek mustahkam bo‘lsin.

Tog‘aymurod, Tog‘aymurod (o‘z.-ar.) – tog‘asi uyida tug‘ilgan bola ulg‘ayib murod-maqsadiga etsin.

Tog‘an, Tog‘an (ft.) – tog‘an P tag‘an (uch oyoqli o‘choqdek mahkam, sobit tursin, ya’ni umri uzoq bo‘lsin yoki Togaynazar (qar.) ismining qisqargan shakli.

Tog‘boy, Tog’boy (o‘z.) – ulg‘ayib tog‘dek yuksak, ya’ni martabasi baland bo‘lsin yoki tog‘da tug‘ilgan bola.

Tog‘muhammad, Tog‘muhammad (o‘z.-ar.) – umri, martabasi tog‘dek yuksak bo‘lib, Muhammad (s.a.v.) o‘z panohida asrasin.

Tohir, Tohir (ar.) – pokiza, dog‘siz, nuqsonsiz; begunoh. Bu nom Muhammad (s.a.v.) o‘g‘lining nomi bo‘lgan.

Tohira, Tohira (a.i., ar.) – pokiza, ozoda, ma’suma qiz.

Tubiniso, Tubiniso (a.i., ar.) – jannat daraxt tubi (tubo, tubi)dek kelishgan, go‘zal qomatli qiz.

Tuvoqmurod, Tuvoqmurod (o‘z.-ar.) – pardali bo‘lib tug‘ilgan o‘g‘il ulg‘ayib murodiga etsin.

Tuvoqturdi, Tuvoqturdi (o‘z.) – pardali bo‘lib tug‘ilgan bola yashasin.

Tuvoqqul, Tuvoqqul (o‘z.) – Allohning pardali bo‘lib tug‘ilgan bandasi (quli).

Tugal, Tugal (o‘z.) – to‘liq, mukammal qilib berilgan, ya’ni umri uzoq yashaydigan bola yoki tug‘ilish tugasin, bolaga qoniqdik ma’nosida.

Tugma // Tugmaboy, Tugma (o‘z.) – badanida ortiqcha belgisi (tug‘madek belgi) bilan tug‘ilgan bola yoki oilaga tug‘madek ilinib, qadalib qolsin, ya’ni umri uzoq bo‘lsin.

Tugmaoy, Tugmaoy (a.i., o‘z.) – qar. Tugma (Tugma+oy).

Tuyg‘un, Tuyg’un (o‘z.) – qirg‘iy, qarchig‘aydek sezgir, ziyrak, hushyor bo‘lsin.

Tuyg‘una, Tuyg‘una (a.i., o‘z.) – sezgir, hushyor, ziyrak, tezfahm qiz.

Ismlar Manosi T harfiga: Tuyg‘unoy, Tuyg’unoy (a.i., o‘z.) – ziyrak, hushyor hamda oydek suluv qiz.

Tulak // Tulakboy, Tulak (o‘z.) – tinch, osoyishta, xotirjam.

Tulkiboy, Tulkiboy (o‘z.) – tulki (tulkichi) urug‘iga (qo‘ng‘irot qabilasining kichik urug‘i, qatag‘on qabilasining shahobchasi) mansub bola.

Tulu // Tulu, Tuluy (mo‘g‘.) – oyna, ko‘zgu; go‘zal, zebo.

Tulum // Tulumboy, Tulum (o‘z.) – sochlari uzun (tolim) bo‘lib tug‘ilgan bola.

Tuman, Tuman (mo‘g‘.) – aynan: o‘n ming, ya’ni ko‘paysin, unsin. o‘ssin yoki tuman paytida tug‘ilgan bola. SHakllari: Tumanboy, Tumanmirza, Tumanoy.

Tumanoy, Tumanoy (o‘z.) – tuman payti tug‘ilgan oydek suluv qiz.

Tumor, Tumor (fgp.) – duoxat. Bolaga balo-qazolar yaqinlashmasin degan niyatda qo‘yiladigan ism. SHakllari: Tumorboy, Tumorgul, Tumorjon, Tumoroy, Tumorxon.

Tuproqbibi, Tuproqbibi (a.i., o‘z. > hind.) – tuprokdek arzimas yomon bola. CHaqaloqni bevaqt o‘lim va ko‘z tegishdan asrash uchun shunday ism beriladi.

Turbat, Turbat (ar.) – tuproq, mozor, qabr (avliyo) ning xoki yoki turbat – savlatli, kelishgan, baquvvat.

Turbek, Turbek (o‘z.) – Arabistondagi Tur tog‘i nomiga nisbat berilgan yoki turgin, yashagin.

Ismlar Manosi T harfiga Turgan // Turgon, Turgan (o‘z.) – epchil, chaqqon, tezkor; uquvli, mohir.

Turdi, Turdi (o‘z.) – to‘xtaydi, yashaydi, sog‘ bo‘ladi. SHakllari: Turdiboy, Turdibek, Turdigul, Turdixon, Turdioy.

Turdigul, Turdigul (a.i.. o‘z.-fg‘p.) – guldek go‘zal qiz sog‘-omon bo‘lsin, yashasin.

Turdibek, Turdibek (o‘z.) – beklar avlodiga mansub bola yashaydi, o‘lmaydi.

Turdiyor, Turdiyor (a.i.,o‘z.-ft.)-ota-onasiga (oiladagi bolalarga) esh, o‘rtoq bo‘lib tursin, yashasin.

Turdimurod, Turdimurod (o‘z.-ar.) -tursin, o‘lmasin, umri uzoq bo‘lib, maqsadiga etsin.

Turdimuhammad, Turdimuhammad (o‘z.-ar.) – tursin, yashasin va Muhammad (s.a.v.) o‘z panohida asrasin.

Turdinazar, Turdinazar (o‘z.-ar.) – Allohning muruvvati, nazari tufayli erishilgan bola, tursin, yashasin.

Turdixol, Turdixol (a.i., o‘z.-ft.) – xol bilan tug‘ilgan qiz yashasin, umri uzoq bo‘lsin.

Turishboy, Turishboy (o‘z.) – nordon; achchiq, dag‘al, ya’ni yomon bola. Bolani yomon ko‘zlardan asrash, yovuz kuchlarni chalg‘itish uchun beriladigan ism.

Turyigit, Turyigit (o‘z.) – sog‘, omon bo‘lib ulkan yigit bo‘lsin.

Turkboy, Turkboy (o‘z.) – kuchli, qudratli yoki chiroyli, go‘zal yoxud turk qabilasiga mansub bola, turk farzandi.

Turkiston, Turkiston (o‘z.) – Turkiston shahri nomiga nisbat berilgan, Turkiston shahrida tug‘ilgan bola yoki Turkistonni ziyorat qilgach, tug‘ilgan bola.

Turkman, Turkman (o‘z.) – o‘zbeklarning turkman qabilasiga mansub bola, turkman farzandi.

Turkqiz, Turkqiz (o‘z.) – turk qabilasiga mansub qiz yoki chiroyli go‘zal qiz.

Turmish // Turmush, Turmish (o‘z.) – turuvchi, yashab ketadigan, o‘lmaydigan bola.

Turmurod, Turmurod (o‘z.-ar.) – sog‘ ulg‘ayib, murod-maqsadiga etsin.

Turnaxol, Turnaxol (a.i.,o‘z.-ft.) – turnalar kelganda tug‘ilgan xolli qiz.

Turniyoz, Turniyoz (o‘z.-ft.) – o‘tinib, yolvorib so‘rab olingan bola tursin, yashasin.

Turob, Turob (ar.) – tuproq, xok, muqaddas tuproq, mozor, avliyo. Asli: Abuturob.

Turobiddin, Turobiddin (ar.) – xoksor, dinning oddiy, sodda farzandi.

Turobqul, Turobqul (o‘z.) – Allohning oddiy, xoksor bandasi, quli.

Turon // Turonboy, Turon (o‘z.) – Turon zaminining farzandi, Turon farzandi.

Turor, Turor (o‘z.) – turadigan, yashaydigan, umri uzoq bola.

Turosh, Turosh (o‘z.) – «turdi», «tursun» so‘zlari bilan boshlangan qo‘shma ismlarning eq. shakli. SHakllari: Turoshboy, Turoshxon.

Turoq, Turoq (o‘z.) – turg‘un, sobit, ya’ni yashaydigan, umri uzoq bola. SHakllari: Turoqboy, Turoqjon, Turoqqul, Turoqmirza.

Ismlar Manosi T harfiga: Tursoat, Tursoat (o‘z.-ar.) – qutli, saodatli paytda tug‘ilgan o‘g‘il tursin, yashasin.

Tursun, Tursun (o‘z.) – yashasin, omon, sog‘ bo‘lsin. SHakllari: Tursunbek, Tursunoy, Tursunjon, Tursunqul, Tursunxon.

Tursunali, Tursunali (o‘z.-ar.) – sog‘-omon tursin, ulg‘aysin va Ali o‘z panohida asrasin.

Tursunbek, Tursunbek (o‘z.) – beklar avlodidan bo‘lgan o‘g‘il yashasin, sog‘ tursin.

Tursunmurod, Tursunmurod (o‘z.-ar.) – sog‘-omon turib, murod-maqsadiga etsin yoki maqsadimiz, orzumiz bo‘lgan bola sog‘ tursin, o‘lmasin.

Tursunmuhammad, Tursunmuhammad (o‘z.-ar.) – sog‘ tursin, yashasin va Muhammad (s.a.v.) qo‘llab yursin.

Tursunoy, Tursunoy (a.i., o‘z.) – sog‘ tursin, yashasin va oydek suluv qiz bo‘lsin.

Tursuncha, Tursuncha (a.i., o‘z.) – jajji qizcha sog‘ bo‘lsin, omon bo‘lsin.

Tursunqul, Tursunqul (o‘z.) – Allohning sog‘-omon turadigan, umri uzoq bandasi (quli).

Turumtoy, Turumtoy (o‘z.) – qirg‘iy, qarchig‘aydek ziyrak, jasur bo‘lib o‘ssin yoki sochlari siyrak bola.

Turqora, Turqora (o‘z.) – sog‘-omon tursin, yashasin, kuchli, qudratli yigit bo‘lsin.

Turg‘on, Turg’on (o‘z.) – turib qolgan, yashab ketadigan, umri uzoqbola. SHakllari: Turg‘onboy, Turg‘onbibi, Turg‘onoy, Turg‘onqul.

Turg‘onali, Turg’onali (o‘z.-ar.) – turib qolgan, o‘limdan qolgan bolani Ali o‘z panohiga olsin.

Turg‘onqul, Turg’onqul (o‘z.) – Allohning umri uzoq bandasi (quli).

Turg‘un, Turg’un (o‘z.)-sobitturuvchi, o‘lmaydigan, umri uzoq bola. SHakllari: Turg‘unboy, Turg‘unjon, Turg‘unbibi, Turg‘unoy, Turg‘unbuvi.

Turg‘una, Turg‘una (a.i., o‘z.)-sobitturuvchi, yashaydigan qiz.

Tusnazar, Tusnazar (ar.) – Allohning nazari, muruvvati tufayli erishilgan, asl, aslzoda bola.

Tutash, Tutash (a.i., o‘z.) – oldingi farzandlarga yoki onasiga ulansin (tutashsin), ya’ni yashab ketsin.

Tuyaboy, Tuyaboy (o‘z.) – tuyadek baquvvat, kuchli, chidamli bo‘lsin yoki tuyasi, mol-dunyosi ko‘p bo‘lsin.

Tug‘muhammad, Tug’muhammad (o‘z.-ar.) – Muhammad (s.a.v.) tarafdori.

Tuhfa, Tuhfa (ar.) – sovg‘a, ehson, tortiq, marhamat. Asli: Tuhfatulla, Tuhfaniso. SHakllari; Tuhfajon, Tuhfaxon, Tuhfaoy, Tuhfabuvi.

To‘ybegim, To’ybegim (a.i., o‘z.) – to‘y, shodlik kuni tug‘ilgan, baland martabali qiz.

To‘ybek, To’ybek (o‘z.) – to‘y kuni tug‘ilgan va beklar avlodiga mansub bola.

To‘ybeka // Tuybika, To’ybeka (a.i., o‘z.) – to‘y kuni tug‘ilgan, aslzoda, baland martabali qiz.

To‘ymurod, To’ymurod (o‘z.-ar.) – to‘y kunlari erishilgan orzu, maqsad yoki to‘y kuni tug‘ilgan o‘g‘il ulg‘ayib murodu maqsadiga etsin.

To‘ysuluv, To’ysuluv (a.i., o‘z.) – to‘y-tomosha kunlari tug‘ilgan go‘zal, zebo qiz.

To‘ychi, To’ychi (o‘z.) – to‘y-tomosha kunlari tug‘ilgan bola yoki sog‘-omon ulg‘ayib ko‘p to‘ylar egasi bo‘lsin. SHakllari: To‘ychibek, To‘ychiboy, To‘ychiqul.

To‘ychiniso, To’ychiniso (a.i., o‘z.-ar.) – to‘y kunlari tug‘ilgan ayol (qiz) yoki sog‘ ulg‘ayib to‘y-tomoshalar egasi bo‘lsin.

To‘kin, To’kin (o‘z.) – turmushi to‘kin-sochin bo‘lib, boy-badavlat o‘ssin. SHakllari: To‘kinoy, To‘kinxon, To‘kinboy.

To‘kina, To’kina (a.i., o‘z.) – hayoti farovon, to‘kinsochin bo‘lsin.

To‘la, To’la (o‘z.) – umri to‘liq qilib berilgan, yashaydigan bola. Eht.: To‘lagan yoki To‘labbergan (qar.) ismlarining eq. shakli. SHakllari: To‘labek, To‘laboy, To‘lajon, To‘lagul, To‘laxon.

Ismlar Manosi T harfiga: To‘labbergan, To’labbergan (o‘z.) – oldingi turmagan farzandlar evaziga, o‘rniga berilgan bola.

To‘lagan, Tolagan (o‘z.) – oldingi farzandlar o‘rniga, evaziga berilgan bola.

To‘lan, To’lan (o‘z.) – to‘lan — besh yashar ot yoki to‘langan, ya’ni turmagan farzandlar evaziga, o‘rniga kelgan bola.

To‘lash, To’lash (o‘z.) – to‘la, to‘lagan so‘zlari bilan boshlangan ismlarning eq. shakli. SHakllari: To‘lashbek, To‘lashxon, To‘lashboy.

Ismlar Manosi T harfiga: To‘lboy, To‘lboy (o‘z.) – qo‘ylar qo‘zilayotgan paytda tug‘ilgan bola.

To‘lin, To‘lin (o‘z.) – to‘liq, mukammal qilib berilgan, ya’ni yashovchi bola yoki to‘lin oyli kechada tug‘ilgan bola. SHakllari: To‘linbek, To‘linboy, To‘linoy.

To‘linoy, Tolinoy (a.i., o‘z.) – oy to‘lishganda tug‘ilgan qiz yoki to‘lin oydek ko‘rkam qiz yoxud umri to‘liq, mukammal qilib berilgan qiz.

To‘lish, To’lish (a.i.,o‘z.) – farzandlar safiga qo‘shilgin, bolalarimiz safi to‘lishsin. SHakllari: To‘lishoy, To‘lishxon.

To‘lov, To’lov (o‘z.) – turmagan farzandlar o‘rniga to‘lab berilgan bola.

To‘ltoy, To‘ltoy (o‘z.) – qo‘ylar qo‘zilayotgan paytda tug‘ilgan suyukli, erka bola. Qar.: To‘lboy.

To‘lqin, To’lqin (o‘z.) – hayotda yayrab, jo‘shib yursin.

To‘lqina, To‘lqina (a.i., o‘z.) – hayotda yashnab, jo‘shib (to‘lqinlanib) yursin.

To‘lqinoy, To’lqinoy (a.i., o‘z.) – to‘lqinli kunda tug‘ilgan oydek suluv qiz yoki shodon, baxtiyor hamda oydek suluv qiz.

To‘lg‘ash, To‘lg‘ash (o‘z.) – avvalgi bolalarga chirmashsin, bog‘lansin, ya’ni umri uzoq bo‘lsin.

To‘lg‘on, To‘lg‘on (o‘z.) – oy to‘lishganda tug‘ilgan bola. SHakllari: To‘lg‘onboy, To‘lg‘onoy.

To‘lg‘onoy, To‘lg‘onoy (a.i., o‘z.) – oy to‘lishgan kechada tug‘ilgan qiz yoki to‘lishgan oydek ko‘rkam qiz.

To‘ra, To’ra (o‘z.) – aslzoda, xonzoda; ulug‘ martabalar sohibi yoki kattaligi odam bo‘yidek keladi-

gan qalqondek mustahkam bola. To‘ra so‘zi o‘tmishda Buxoro xonligida chig‘atoy ayonlari va sayidlarning faxriy unvoni bo‘lgan. SHakllari: To‘raboy, To‘rabek, To‘rajon, To‘raxon.

To‘rabo‘l, To‘rabo‘l (o‘z.) – sog‘ ulg‘ayib to‘ralardek kelishgan, savodxon yigit bo‘lsin.

To‘raoy, To’raoy (a.i., o‘z.) – baland martabali va oydek suluv qiz. Ismlar Manosi T harfiga

To‘rkin // To‘rkinoy, To‘rkin (a.i., o‘z.) – to‘rkindek (shoxi matoning turi) muloyim, go‘zal, qimmatli qiz.

To‘rg‘ay, To‘rg‘ay (o‘z.) – to‘rg‘aydek erkin, hur o‘ssin yoki to‘rg‘ay urug‘iga mansub bola. SHakllari: To‘rg‘aybek, To‘rg‘ayboy, To‘rg‘ayjon.

To‘ti, To‘ti (a.i., o‘z.) – shirinsuxan, notiqa bo‘lib o‘ssin; tili chiqib gapirib ketsin yoki onasining ismi berilgan qiz. SHakllari: To‘tibuvi, To‘tibu, To‘tibibi, To‘tijon, To‘tioy, To‘tixon.

To‘tigul, To’tigul (a.i.,o‘z.-ft.) – shirinsuxan, biyron tilli va guldek chiroyli qiz yoki onasi yoxud onasining ismini olgan qiz.

To‘tiyo, To’tiyo (a.i., ft.) – to‘tiyodek nodir, noyob qiz.

To‘tiniso, To’tiniso (a.i.,o‘z.-ar.) – ayollarning shirin, biyron tillisi; notiqa.

To‘fon, To’fon (ar.) – kuchli suv toshqini paytida tug‘ilgan bola.

To‘xta, To’xta (o‘z.) – aynan: to‘xtagin, yashagin, ya’ni o‘lmasin, umri uzoq bo‘lsin. SHakllari: To‘xtaboy, To‘xtaqul, To‘xtaoy.

To‘xtagul, To‘xtagul (a.i., o‘z.-ft.) – guldek go‘zal qiz to‘xtasin, yashasin.

To‘xtamish, To’xtamish (o‘z.) – to‘xtagan, o‘lmaydigan, umri uzoq bola.

To‘xtasin, To’xtasin (o‘z.) – to‘xtasin, yashab ketsin, umri uzoq bo‘lsin.

To‘xtatursun, To‘xtatursun (a.i., o‘z.) – to‘xtasin, yashasin, umri uzoq bo‘lsin.

To‘xtash, To’xtash (o‘z.) – «to‘xta» so‘zi bilan boshlangan ba’zi ismlarning eq. shakli.

To‘q II To‘qboy, To‘q (o‘z.) – to‘q, farovon hayot kechirsin yoki to‘qboy urug‘iga (mang‘it qabilasi, urug‘i) mansub bola.

To‘qjon, To’qjon (o‘z.-ft.) – rizq-ro‘zli, nasibasi butun va suyukli, jondek aziz bola.

To‘qli, To’qli (o‘z.) – aynan: 7-8 oydan oshgan qo‘zi; chorvasi ko‘p, badavlat bo‘lsin. SHakllari: To‘qlibek, To‘qliboy.

To‘qlitoy, To‘qlitoy (o‘z.) – boy-badavlat hamda suyukli, erkatoy (toychoq) bola yoki to‘qli va toylari mo‘l, badavlat bo‘lsin.

To‘qmon, To‘qmon (o‘z.-ar.) – «to‘q» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlar (To‘qmuhammad, To‘qmurod)ning eq. shakli.

To‘qmoq, To’qmoq (o‘z.) – to‘qmokdek mustahkam va zabardast bo‘lsin.

To‘qsaid, To’qsaid (o‘z.-ar.) – to‘q, farovon hayot kechirib baxt li bo‘lsin.

To‘qson // To‘qsonboy, To’qson (o‘z.) – qishning uchta oyi (yanvar, fevral, dekabr)dan birida tug‘ilgan bola, yoki otasi to‘qsonga kirganda tug‘ilgan bola yoxud sog‘ ulg‘ayib to‘qsonga kirsin.

To‘qsonmurod, To’qsonmurod (o‘z.-ar.) – otasi to‘qson yoshligida tug‘ilgan o‘g‘il ulg‘ayib murod-maqsadiga etsin.

To‘qsonoy, To’qsonoy (a.i., o‘z.) – otasi to‘qson yoshligida tug‘ilgan oydek suluv qiz. Ismlar Manosi T harfiga

To‘qsonsuluv, To’qsonsuluv (a.i., o‘z.) – to‘qsonda (qish oylaridan birida) yoki otasi to‘qson yoshligida tug‘ilgan go‘zal qiz.

To‘qtash, To’qtash (o‘z.) – «to‘xta» so‘zi bilan boshlangan qo‘shma ismlarning eq. shakli.

To‘qtemir, To‘qtemir (o‘z.) – to‘q-farovon umr kechirsin va temirdek mustahkam bo‘lsin.

To‘qton // To‘qtan, To‘qton (o‘z.) – «to‘xta» so‘zi bilan boshlangan ismlar (To‘xtanazar, To‘xtaniyoz) ning eq. shakli.

To‘qqiz, To‘qqiz (o‘z.) – oiladagi to‘qqizinchi o‘g‘il.

To‘qqizxon, To’qqizxon (a.i., o‘z.) – oiladagi to‘qqizinchi (qiz) bola.

To‘g‘on, To‘g‘on (o‘z.) – lochindek ziyrak, jasur bo‘lsin yoki to‘g‘on (to‘siq)dek mahkam, mustahkam bo‘lsin. SHakllari: To‘g‘onbek, To‘g‘onboy, To‘g‘onoy.

Rate article
Add a comment