Ismlar Manosi U harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Ismlar Manosi U harfiga Chiroyli Ismlar

Ismlar Manosi U harfiga

Ismlar Manosi U harfiga: Ubay (ar.) – qadimgi arabcha ism, ma’nosi noma’lum, ehtimol «Abiyy» («Uyatchan, hayoli») ismining kichraytirma shaklidir.

Ubayd (ar.) – «Abd»ning kichraytirma shakli – kichik banda, Allohning kichik yoshli bandasi (erkalash ma’nosida).

Ubayda (a.i.,ar.) – «Ubayd»ning muannas shakli, ammo aksar hollarda erkaklarga nisbatan ishlatiladi.

Ubaydulloh (ar.) – «Abdulloh»ning kichraytirma shakli; Allohning kichik quli, bandasi.

Ubayroh (qad.yah.-ar.) – «Ibrohim» ismining kichraytirma shakli. Mazkur ism «kichik Ibrohim» ma’nosini anglatadi.

Ubayxo’ja (ar.-ft.) – Allohning xo‘jalar avlodiga mansub xizmatkori, quli.

Uboda (e.i., ar.) – banda, qul («Abd» ismi bilan ma’nodosh).

Uvaymir (ar.) – «Omir»ning kichraytirma shakli.

Uvaymira (ar.) – «Uvaymir»ning muannas shakli.

Uvayn (ar.) – «Avn»ning kichraytirma shakli.

Bu Qiziq Ismlar Manosi T harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Uvayna (ar.) – «Uvayn»ning muannas shakli.

Uvays (ar.) – kuchli, qudratli, baquvvat yoki bo‘ri, bo‘ri bolasi yoxud g‘oyibona ustoz.

Uvaysiddin (ar.) – dinning qudratli, sodiq ixlosmandi.

Uvaysiy (a.i., ar.) – tasavvufda Uvaysiy al-Qaraniy tariqatiga mansub.

Ugur // Ugurboy (o‘z. > qad.t.) – baxtli, saodatmand, iqboli baland.

Ugurli (o‘z. > qad.t.) – baxtli, saodatmand, baxtiyor.

Udaychi (ft.-o‘z.) – o‘tmishda xon saroyida bo‘ladigan marosimlarni boshqaruvchi.

Uzayr (ar.) – kuchli, qudratli, «Ko‘makchi». Qadimda Isroilda o‘tgan payg‘ambarlardan birining ismi.

Uzaro (a.i., ar.) – gulyuz, gulchehra; chiroyli, zebo.

Uzboy (o‘z.) – yaxshi, durust, maqbul yoki otasiga ergashib yursin, yoxud mohir, ustakor. Eht.: YUzboy.

Uzzo // Uzoyo (a.i., ar) – kuchli, qudratli.

Uzma // Uzmo (a.i., ar.) – ulug‘, buyuk, kuchli, qudratli. «A’zam» so‘zining muannas shakli.

Uzoq // Uzoqjonq (o‘z.) – umri uzoq, davomli bo‘lsin. Asli: Umrzoq, YOshuzoq ismlarining eq. shakli.

Uzoqmurod (o‘z.-ar.) – umri uzoq, bo‘lib ulg‘ayib, murod-maqsadiga etsin.

Ismlar Manosi U harfiga: Uzoqoy (a.i.,uz.) – oydek suluv qizning umri uzoq bo‘lsin.

Uzro (a.i., ar.) – begunoh, ma’suma, bokira, qadrli qiz. Qar.: Azro. SHakllari: Uzrobibi, Uzrobuvi, Uzrobu.

Uzuk II Uzukxon (a.i., o‘z.) – aynan: uzuk, muhr yoki kelishgan, zebo.

Uzum // Uzumxon (a.i., o‘z.) – uzum pishganda tug‘ilgan qiz yoki shirin tilli, yoqimtoy qiz.

Uzun // Uzunboy (o‘z.) – baland martabali yoki uzun urug‘iga (qo‘ng‘irot urug‘i tarkibida) mansub bola, uzun farzandi.

Uzunoy (a.i., o‘z.) – umri uzoq bo‘lsin yoki uzun urug‘iga mansub oydek suluv qiz.

Uyto’la (a.i., o‘z.) – uyimiz farzandlarga to‘lsin.

Uyto‘ldi (o‘z.) – uyimiz bolalarga, shodlikka to‘ldi.

Uychuchuk (a.i., o‘z.) – uyimizning shirin, suyukli qizi.

Uyg‘un (o‘z.) – kelishgan, kelishimli; kutilgan, orzu qilingan.

Uyg‘ur (o‘z.) – uyg‘urlar orasida tug‘ilgan bola, uyg‘ur qabilasi (o‘zbek qabilalaridan biri)ga mansub bola.

Ukkiboy (o‘z.) – ko‘zlari katta, chaqchaygan ko‘zli bola.

Ulaboy (o‘z.) – sog‘ bo‘lib oiladagilarga ulansin, qo‘shilib ketsin.

Ulansin (o‘z.) – sog‘ bo‘lib oiladagilarga ulanib, qo‘shilib ketsin.

Ulash (o‘z.) – o‘zidan oldingi bolalarga ulanib, qo‘shilib ketsin. SHakllari: Ulanbibi, Ulanoy, Ulanxon.

Ulashmirza (o‘z.-ft.) – oiladagilarga ulashib ketsin va kelishgan, o‘qimishli yigit bo‘lsin.

Ulbas // Ulbast (a.i., o‘z.-ft.) – bas, etar, keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Ulbegim (a.i., o‘z.) – O‘g‘ilbegim, ya’ni navbatdagi bola o‘g‘il bo‘lsin.

Ulbeka (a.i., o‘z.) – ulug‘ martabali, e’zozli qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Ulbibi // Uljon, Ulxon (a.i., o‘z.) – navbatdagisi o‘g‘il bo‘lsin.

Ulbozor, Ulbozor (a.i., o‘z.-ft.) – bozor kuni tug‘ilgan ushbu qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Ulbola (a.i., o‘z.) – ushbu qizdan keyingisi o‘g‘il bola bo‘lsin.

Ulbuvi // Ulbuvish (a.i., o‘z.) – O‘g‘ilbuvi, O‘g‘ilbuvish – bundan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Ulbo‘l (a.i., o‘z.) – o‘g‘il bo‘l, navbatdagisi o‘g‘il bo‘lsin.

Ulbo’lsin (a.i., o‘z.) – bu qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Ulviya (a.i., ar.) – oliy martabali; muqaddas, ilohiylikka mansub.

Ulgiboy (a.i., o‘z.) – barcha havas qiladigan, namunali yigit yoki ulgu – ulug‘, buyuk, e’zozli.

Uldono, Uldono (a.i., o‘z.-ft.) – ushbu aqlli, dono qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Uldoshoy, Uldoshoy (a.i., o‘z.) – «ul» so‘zi bilan boshlangan ismlarning eq. shakli.

Uljamol, Uljamol (a.i., o‘z.-ar.) – O‘g‘iljamol. Bu chiroyli qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Uljon, Uljon (a.i., o‘z.-ft.) – suyukli, jondan aziz bo‘lmish bu qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Uli, Uli (o‘z.) – ulug‘, buyuk, mo‘‘tabar.

Uliq // Uluq, Uliq (o‘z.) – qar. Ulug‘.

Ulkan, Ulkan (o‘z.) – katta, ulug‘, e’zozli, obro‘li. YOsh oiladagi bosh bola. SHakllari: Ulkanboy, Ulkanbibi, Ulkanoy.

Ulniso, Ulniso (a.i., o‘z.-ar.) – O‘g‘ilniso, keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Ismlar Manosi U harfiga: Uloy, Uloy (a.i., o‘z.) – O‘g‘iloy – ushbu oydek suluv qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Uloqboy, Uloqboy (o‘z.) – ulangan, bog‘langan, zanjirlangan, ya’ni yashaydigan bola yoki uloqqin, adashgin, ya’ni balo-qazodan nari bo‘lsin yoxud kenjatoy, kenja bola.

Ulsuluv, Ulsuluv (a.i., o‘z.) – bu chiroyli qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Ulusbek, Ulusbek (o‘z.) – ulg‘ayib elning yo‘lboshchisi, begi bo‘lsin.

Ulug‘, Ulug4 (o‘z.) – ulkan, buyuk, mo‘‘tabar, e’zozli. SHakllari: Ulug‘bek, Ulug‘jon, Ulug‘xon; Ulug‘bibi, Ulug‘buvi.

Ulug‘bek, Ulug’bek (o‘z.) – buyuk hukmron, buyuk sulton yoki beklarning eng ulug‘i, sardori.

Ulug‘beka, Ulug‘beka (a.i., o‘z.) – aslzodalar avlodining mo‘‘tabar ayoli, bekasi.

Ulug‘murod, Ulug‘murod (o‘z.-ar.) – e’zozli, mo‘‘tabar o‘g‘il ulg‘ayib, murod-maqsadiga etsin yoki ulkan orzumiz bo‘lgan bola.

Ulfat, Ulfat (ar.) – oldingi bolalarga, ota-onasiga do‘st hamdam bo‘lib o‘ssin. SHakllari: Ulfatbek, Ulfatjon, Ulfatbibi, Ulfatoy, Ulfatxon.

Ulxon // Ulxonoy, Ulxon (a.i.,uz.) – O‘g‘ilxon, ushbu oydek suluv qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Ulqiz, Ulqiz (a.i., o‘z.) – aynan: bu o‘g‘il bo‘luvchi qizdir, ya’ni bu qizdan keyin o‘g‘il tug‘ilsin.

Umayya, Umayya (a.i., ar.) – kenja, kichik qul, cho‘ri.

Umar, Umar (ar.) – barhayot, yashaydigan.

Umarbek, Umarbek (ar.-o‘z.) – beklar avlodidan bo‘lgan uzoq umrli, barhayot bola.

Umaro, Umaro (ar.) – aynan: amirlar, mansabdorlar.

Umid, Umid (ar.) – orzu, umid qilingan, kutilgan bola. SHakllari: Umidjon, Umidxon.

Umida, Umida (a.i., ar.) – orzu qilingan, kutilgan qiz.

Umidali, Umidali (ar.) – orzu, umid qilib kutilgan o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin.

Umidulla, Umidulla (ar.) – Alloh erishtirgan orzu, armon.

Umiyoxon II Umiyaxon, Umayyaxon, Umiyoxon (a.i., ar.) – jajji, kichik qul, ya’ni Allohning kichik, kenja bandasi.

Umir // Umirjon, Umir (ar.) – yashovchi, umri bilan berilgan bola.

Umira, Umira (a.i., ar.) – yashovchi, umri uzoq qiz.

Umiya // Umiyabibi, Umiya (a.i., ar.-hind.) – qar. Umiyoxon.

Ummagulsum, Ummagulsum (a.i., ar.) – aynan: Gulsumning onasi yoki lo‘ppigina, do‘ndiqqina qizaloq yoki xohlangan, qo‘msalgan, orzu qilingan qiz.

Ummaniso, Ummaniso (a.i.. ar.) – aynan: ayollarning onasi yoki ona qiz yoxud lo‘ppigina, do‘ndiqqina qiz (ayol).

Ummat, Ummat (ar.) – aynan: xalq, jamoa, toifa. Payg‘ambar yo‘lidan boruvchilar, payg‘ambarga bo‘ysunganlar.

Ummatali, Ummatali (ar.) – xalif Aliga ergashuvchilar. Qar.: Ummat va Ali.

Ummatoy, Ummatoy (a.i.,ar.-o‘z.) – Allohning bandasi, ummati bo‘lgan oydek suluv qiz.

Ummatulla, Ummatulla (ar.) – Alloh ko‘rsatgan yo‘ldan boruvchilar. Allohning bandalari, ummatlari.

Umniya, Umniya (a.i., ar.) – orzu, armon qilingan, kutib yurilgan qiz.

Umrboqi, Umrboqi (ar.) – uzoq umrli, barhayot bola (qar. Umriboqi).

Umarjon, Umarjon(‘ap.-0m.) – uzoq umrli va jondan aziz bola.

Umrzoq, Umrzoq (ar -o‘z.) – uzoq umrli bola (qar. Umurzoq).

Umri, Umri (a.i., ar.) – qar. Umriniso yoki o‘lmaydigan, yashovchi, barhayot. SHakllari: Umribibi, Umribu, Umrixon.

Umriboqi, Umriboqi (ar.) – uzoq umrli, barhayot bola.

Umriddin, Umriddin (ar.) – dinning uzoq umrli bolasi yoki umrini din yo‘liga bag‘ishlaydigan bola.

Umrim, Umrim (a.i., ar.) – «umr» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning eq. shakli.

Umriniso, Umriniso (a.i., ar.) – uzoq umrli ayol (qiz).

Umrixol, Umrixol (a.i.,ar.-ft.) – umri bilan berilgan, uzoq umrli xoldor qiz.

Ismlar Manosi U harfiga: Umriya, Umriya (a.i., ar.) – uzoq umrli, umri bilan berilgan qiz.

Umroy, Umroy (a.i.,ar.-uz.) – umri bilan berilgan oydek suluv qiz.

Umron, Umron (ar.) – obod, ma’mur, farovon yoki yaxshi, kelishgan, maqbul, solih.

Umronxo‘ja, Umronxo‘ja (ar.-ft.) – xo‘jalar avlodidan bo‘lgan maqbul, yaxshi bola.

Umrsulton, Umrsulton (a.i., ar.) -umri bilan berilgan qiz ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.

Umrsuyun, Umrsuyun (ar.o‘z.) – quvonchimiz bo‘lgan bola uzoq umrli bo‘lsin yoki qar. Umr va Suyun.

Umrtoy, Umrtoy (ar.-o‘z.) – umri bilan berilgan, suyukli erkatoy (toychoq) bola.

Umrxo‘ja, Umrxo‘ja (ar.-o‘z.) – xo‘jalar avlodiga mansub bo‘lgan uzoq umrli bola.

Umsun, Umsun (a.i., ar.) – xohlangan, orzu qilinib, umidlanib yurib topilgan qiz. SHakllari: Umsunoy, Umsunxon.

Umurzoq, Umurzoq (ar.-o‘z.) – uzoq umrli bola.

Unar, Unar (o‘z.) – unib-o‘sar deb umid qilamiz. SHakllari: Unarboy, Unarjon.

Unarmirza, Unarmirza (o‘z.-ft.) – qar. Unar va Mirza.

Unvon, Unvon (ar.) – yaxshi nom chiqazuvchi, mashhur, taniqli yoki badanida biror belgi, nishon bilan tug‘ilgan bola.

Unganoy, Unganoy (a.i., o‘z.) – o‘sib-unuvchi oydek suluv qiz.

Undurboy, Undurboy (o‘z. > qad.t.) – baland, yuksak; mo‘‘tabar, e’zozli.

Unsiya, Unsiya (a.i., ar.) – do‘st, o‘rtoq, ulfat; sadoqatli, mehribon do‘st.

Unsun, Unsun (o‘z.) – umid, orzu qilingan, qo‘msalgan bola yoki unsin, ko‘paysin, yashasin. SHakllari: Unsunbibi, Unsunoy, Unsunxon.

Urganchboy, Urganchboy (o‘z.) – Urganchda tug‘ilgan bola yoki Urganch farzandi.

Urgut, Urgut (o‘z.) – Urgutda tug‘ilgan bola yoki Urgut farzandi.

Urfon // Urfan, Urfon (ar.) – bilimli, ma’rifatli.

Urfiya, Urfiya (a.i., ar.) – mos, maqbul, muloyim.

Usmon, Usmon (ar.) – siniqchi, singanlarni davolovchi, shikastband yoki og‘ir, bosiq, mard, jasur. SHakllari: Usmonboy, Usmonjon, Usmonali.

Usoma, Usoma (e.i., ar.) -jasur, botir, pahlavon.

Usta, Usta (ft.) – hunarmand, o‘z ishiga mohir, mehnatkash. SHakllari: Ustaboy, Ustaxon.

Ustabek, Ustabek (ft.-o‘z.) – beklar avlodidan bo‘lgan mohir, hunarmand bola.

Ustaniyoz, Ustaniyoz (ft.) – o‘tinib so‘rab olingan hunarmand, ustakor bola.

Ustapo‘lat, Ustapolat (ft.) – po‘latdek mustahkam bola ulg‘ayib hunarmand, mohir bo‘lsin yoki qar. Usta va Po‘lat.

Ustod, Ustod (ft.) – muallim, ustoz, rahnamo yoki omilkor, bilimdon, mohir.

Usulboy, Usulboy (o‘z.) – aynan: asl, tengsiz, benazir yoki kuy, quvonch, shodlik.

Utba, Utba (a.i., ar.) – mahkam, mustahkam, yashovchan.

Ufora, Ufora (a.i., ft.) – aynan: mushk, mushku anbar, ya’ni yoqimli, suyukli.

Uforxon, Uforxon (a.i., ft.) – mushku anbardek yoqimli qiz.

Ucham, Ucham (o‘z.qad.-t.) – sevinch, shodlik; baxtiyorlik.

Ucharboy, Ucharboy (o‘z.) -tezyurar, chaqqon, parvoz qiluvchi, ya’ni istiqboli porloq bola.

Uchboy, Uchboy (o‘z.) – qar. Ucharboy yoki oiladagi uchinchi farzand.

Uchim, Uchim (o‘z.) – oiladagi uchinchi bola yoki «uch» so‘zi bilan boshlangan ismlarning (Uchtemir, Uchqun) eq. shakli.

Uchqun, Uchqun (o‘z.^-hayoti nurli, iqboli baland, baxtiyor va omadli.

Uchqur, Uchqur (o‘z.) – tezkor, chaqqon; parvoz etuvchi, ya’ni iqboli baland va omadli.

Ushoq, Ushoq (o‘z.) – kichik, kenjatoy bola yoki xizmatkor, dastyor, yordamchi. SHakllari: Ushoqboy, Ushoqjon.

Uqayl, Uqayl (ar.) – «Ahiyl»ning kichraytirma shakli.

Uqayla, Uqayla (ar.) – «Uhayl»ning muannas shakli.

Uqba, Uqba (e.i., ar.) – oxiri, nihoyasi; oxirati xayrli bo‘lsin, degan niyatda qo‘yiladigan ism.

Uqob, Uqob (ar.) – aynan: burgut, jasur, ziyrak.

Rate article
Add a comment