Ismlar Manosi V harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Ismlar Manosi V harfiga 2022yil Chiroyli Ismlar

Ismlar Manosi V harfiga

Ismlar Manosi V harfiga: Vadia (a.i., ar.) – sabr-toqatli, chidamli yoki omonat, omonatga berilgan, mehr-muruvvatga muhtoj qiz.

Vadiuddin (ar.) – Islom dinining sabr-toqatli va odobli ixlosmandi.

Vadiulloh // Vadiulla (ar.) – Allohning omonatga berilgan yoki sabr-toqatli bandasi.

Vajida (a.i., ar.) – shodon, baxtiyor, xurram.

Vajiya (a.i., ar.) – quvnoq mag‘rur, shodon.

Vajiulla (a.i., ar.) – Allohning go‘zal, ko‘rkam kishisi yoki Allohning baxtiyor bandasi.

Vajiha (a.i., ar.) – go‘zal yuzli, chiroyli, zebo.

Bu Qiziq: Ismlar Manosi B harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Vajhiya (ar.) – chiroyli, ko‘rkam («Vajiha» ismining ma’nodosh shakli).

Vazina (a.i., ar.) – sabrli, toqatli, chidamli.

Vazir (ar.) – yordamchi, ko‘makchi, oliy mansabdor yoki sog‘ ulg‘ayib vazirlarning obro‘-martabasiga ega bo‘lsin.

Vazira (a.i., ar.) – ulg‘ayib vazira, ya’ni mansabdor bo‘lsin. «Vazir»ning muannas shakli.

Vaziq // Voziq (ar.) – aniq-ravshan, oydin, porloq yoki sabr-toqatli, vazmin.

Vays (ar.) – ko‘pchilikning vakili, ishonchli odam yoki Uvays ismining shakli, yoxud kuch-qudrat. Ba’zi manbalarda, «bo‘rining bolasi» yoki ustod (shayx)ning ruhi orqali tarbiya topgan shogird (bola). SHakllari: Vaysxon, Vaysqul.

Vakil (ar.) – kafillik qiluvchi, kafolatli, ishonchli. Asli: Abduvakil (qar.).

Vakila (a.i., ar.) – kafolatli, ishonchli, Vakil (qar.) ismining ayollar ismi shakli.

Valat (ar.) – valat // valad – bola-chaqa, farzandlar, avlodlarning davomi.

Vali (ar.) – (aslida «Valiy») eng yaqin do‘st; Allohning yaqin va suygan bandasi; avliyo, taqvodor. To‘g‘rirog‘i: Abduvali, Valiulla ismlarining eq. SHakllari: Valibek, Valiboy, Valijon, Valixon.

Valiakbar (ar.) – ulug‘larning ulug‘i, muqaddas taqvodor zotlarning do‘sti. Ismlar Manosi V harfiga

Valiahd (ar.) – hukmdorning, podshohning, xonning o‘rnini bosuvchi, merosxo‘r.

Valid (ar.) – yangi tug‘ilgan bola; bola, o‘g‘lon; nasl, avlod yoki yo‘ldosh, do‘st, o‘rtoq.

Valida (a.i., ar.) – Valid ismining ayollarga moslangan shakli.

Validulla (ar.) – Allohning eng yaqin, do‘sti yoki taqvodor, xudojo‘y.

Valiyor (ar.-ft.) – vali-ulug‘ avliyolar yor bo‘lsin yoki taqvodor, xudojo‘yning hamrohi, yo‘ldoshi.

Valiy (ar.) – aziz, muqaddas avliyo yoki karomat, bashorat qiluvchi.

Valikaram (ar.) – saxiyning, jo‘mard va saxovatlining, ya’ni Allohning do‘sti, yaqini.

Valikarim (ar.) – saxovatlining, karamlining, ya’ni Allohning do‘sti, hamrohi.

Valikeldi (ar.-o‘z.) – ota-onasiga do‘st, yo‘ldosh bo‘luvchi bola dunyoga keldi yoki muqaddas, aziz bola tug‘ildi.

Valim (ar.) – tarkibida Vali so‘zi bor qo‘shma ismlar (Valikarim. Valimuhammad)ning eq.

Valiuddin (ar.) – dinning sodiq do‘sti, homiysi, xizmatkori.

Valiulla (ar.) – Allohning eng yaqin qadrdoni. Allohning yaqin sirdoshi, taqvodor, avliyo. Bu nom xalifa Alining laqab (sifat)laridan biri bo‘lgan.

Valish (ar.) – tarkibida Vali so‘zi bo‘lgan qo‘shma nomlarning eq.

Valisher (ar.-ft.) – Alloh (Vali)ning sherdek dovyurak jasur bandasi yoki Vali (Alloh) qo‘llab yursin va sherdek dovyurak bo‘lsin.

Valiyya (a.i., ar.) – taqvodor, xudojo‘y ayol. «Vali» ismining muannas shakli.

Vallamat (ar.) – yo‘lboshchi, boshliq, etakchi yoki himmatli, saxiy, saxovatli.

Valomat (ar.) – Vallamat yoki Valimuhammad ismining o‘zgargan shakli.

Varaqa, Varaqa (a.i., ar.) – varaqa – gul bargidek chiroyli, yashnagan qiz.

Vard (ar.) – atirgul.

Varda (ar.) – «Vard»ning muannas shakli, atirgul kabi chiroyli va xushbo‘y.

Ismlar Manosi V harfiga: Vardiya (ar.) – atirguldek chiroyli.

Vardon (ar.) – «Vard»ga qarang.

Vasiyulla (ar.) – Alloh asraydigan, saqlaydigan, ya’ni Alloh panohida bo‘lgan bola. Bu nom xalifa Alining laqabi bo‘lgan.

Vasila (a.i., ar.) – yaqin, ajralmas do‘st yoki tuhfa, in’om.

Vasilat (ar.) – kelishgan, ko‘rkam.

Vasima (a.i., ar.) – go‘zal, chiroyli.

Vasifa (a.i., ar.) – maqtalgan, madh etilgan, maqtovga, e’zozga sazovor; Allohni go‘zal sifatlar bilan vasf qiluvchi.

Vasih (ar.) – og‘ir, vazmin, bosiq, sabrli.

Vasiqa (a.i., ar.) – ustuvor; vafodor, sadoqatli.

Vasli (ar.) – qar. Vasliddin, Vasliya.

Vasliddin (ar.) – dinning jamoli, dinning kamoloti yoki dinning visoliga, diniy murodga intiluvchi bola.

Vasliya (a.i., ar.) – visolga, murod-maqsadga intiluvchi, erishuvchi qiz.

Vasolat // Visolat (a.i., ar.) – maqsadga, murodiga etuvchi qiz. «Vasliya» ismining boshqa ko‘rinishi.

Vassof (ar.) – maqtovchi, madh etuvchi, tasanno aytuvchi. Alloh taoloni go‘zal sifatlar bilan doimiy tarzda maqtovchi.

Vassofa (ar.) – «Vassof»ning muannas shakli.

Vasfijamol (a.i., ar.) – maqtashga, ta’riflashga loyiq go‘zal qiz.

Vasfijahon (a.i., ar.) – madhi, ta’rifi, olamga tatirli qiz. Ismlar Manosi V harfiga:

Vasfiulla (ar.) – Allohni madh qiluvchi yoki Allohning madhi, shonu shuhrati.

Vasfiya (a.i., ar.) – maqtashga, ta’rif qilishga munosib qiz.

Vafiy (ar.) – adolatli, vafoli va ishonchli.

Vafiyya (ar.) – «Vafiy»ning muannas shakli.

Vafir (ar.) – saxiy, ochiqqo‘l, ochiqko‘ngil.

Vafiq (ar.) – muvaffaqiyat qozonuvchi, najot topuvchi, g‘olib, muzaffar.

Vafiqa (ar.) – «Vafiq»ning muannas shakli.

Vafo (ar.) – vafoli, sadoqatli; ota-onasini qadrlaydigan. SHakllari: Vafojon, Vafoqul.

Vafoulloh // Vafoulla (e.i., ar.) – Allohning o‘z va’dasiga vafo qiluvchi, ahdini buzmaydigan bandasi.

Vafodor (a.i., ar.) – sadoqatli, sodiq qiz.

Vafoli (a.i., ar.) – sadoqatli; so‘zida, ahdida turadigan qiz.

Vaqqos (ar.) – itoatkor, bo‘ysunuvchi, tobe.

Vag’iz (ar.) – va’z aytuvchi, nasihatlar qiluvchi, odob o‘rgatuvchi.

Ismlar Manosi V harfiga: Vag’iza (a.i., ar.) – nasihatgo‘y qiz, oqila, dono qiz.

Vahhobiddin (ar.) – barcha nozu ne’matlarni muhayyo qilib, tekin beruvchining e’tiqodi, dini yoki Alloh bergan din ixlosmandi.

Viloyat (a.i., ar.) – muqaddas, tabarruk ya’ni valiylik, azizlik yoki o‘lka, el qizi.

Visola (a.i., ar.) – tilab, so‘rab yurib erishilgan, etishilgan qiz yoki husnijamol, go‘zal qiz.

Viqor (ar.) – kelishgan, haybatli.

Vodilboy (o‘z.) – Vodilda tavallud topgan bola, Vodil farzandi.

Vojib // Vojibboy (ar.) – Islomning farz bo‘lmish talablarini ado etuvchi, bajaruvchi, xudojo‘y, taqvodor.

Vojiba (a.i., ar.) – musulmon, taqvodor, xudojo‘y qiz.

Vojida (a.i., ar.) – xohlagan narsasini topuvchi, qobiliyatli qiz.

Vojih (ar.) – kelishgan, go‘zal, ko‘rkam.

Vojiha (a.i., ar.) – go‘zal, chiroyli qiz.

Vojihulla (ar.) – Allohning go‘zal, ko‘rkam bandasi yoki Allohning go‘zalligi, nafosati.

Vozid (ar.) – ochiq, oshkor, ravshan, nurli.

Voziha (ar.) – ochiq, aniq, tushunarli; chiroyli, go‘zal.

Voziha (a.i., ar.) – nurli, ravshan, ya’ni go‘zal, zebo qiz.

Voiz (ar.) – va’z aytuvchi, va’zgo‘y, diniy tariqat targ‘ibotchisi. SHakllari: Voizxon, Voizqul.

Voil (ar.) – panoh izlovchi; o‘zini bexavotir joyga oluvchi.

Voila (ar.) – «Voil»ning muannas shakli.

Vola (ar.) – ulug‘ martabali, oliynasab.

Volida (ar.) – ona, farzandlarga boy ayol yoki marhum onasining ismini olgan qiz (O‘zbek tilidagi «Onaxon» ismining arabcha ko‘rinishi).

Voliy (ar.) – hukmdor, podshoh, hokim.

Vomiq (ar.) – sevguvchi, oshiq, mehr-muhabbat sohibi.

Vorasta (a.i., ar.) – ozod, erkin, xalos bo‘lgan.

Vorisali (ar.) – Aliga ergashuvchi, Alining izidan boruvchi yoki Alining ishini davom ettiruvchi, Alining izdoshi.

Vorisa (a.i., ar.) – merosxo‘r yoki ota-onasining izdoshi, ular o‘rnini bosuvchi.

Vosi’ (ar.) – mulki, rahmati, qudrati behisob zot, ya’ni Alloh vasiylik qiluvchi, panohiga oluvchi bola. Bu nom xalifa Alining ham sifatlaridan biri bo‘lgan. Asli: Abduvosid.

Vosil (ar.) – («sod» harfi bilan) ayrilmaydigan, ajralmaydigan; qarindoshlik rishtalarini bog‘lovchi. Subutli do‘st yoki orzu qilib erishilgan farzand.

Vosila (e.i., ar.) – (uch nuqtali «sa» harfi bilan) yig‘uvchi, jamlovchi.

Vosim (Vasim) (ar.) – kelishgan, ko‘rkam. SHakllari: Vosimjon, Vosimxon.

Vosima (a.i., ar.) ~ go‘zal, chiroyli, zebo.

Vosit (ar.) – o‘rtacha yo‘l tutuvchi, me’yorida tasarruf qiluvchi, isrofga ham, baxillikka ham yo‘l qo‘ymay, o‘rtacha tarzda sarf qiluvchi.

Vositmirza (ar.-ft.) – qar. Vosit va Mirza.

Vosif (ar.) – ta’riflovchi, madh etuvchi. Alloh taoloni chiroyli sifatlar bilan vasf qiluvchi, maqtovchi («Vasif» va «Vassof» ismlarining boshqa shakli).

Vosifa (ar.) – «Vosif»ning muannas shakli. Ismlar Manosi V harfiga

Vosiq (ar.) – umidlanib, orzu qilib topilgan bola yoki ishonchli, imoni komil; e’tiqodi mahkam.

Vosiqbilloh (ar.) – Allohga qattiq ishonuvchi, U Zotning marhamatidan umid qiluvchi.

Vofiy // Vofi (ft.) – axdida turuvchi, va’dasiga vafo qiluvchi.

Vofir (ar.) – boy, badavlat; saxiy, jo‘mard, karamli.

Vofira (ar.) – saxiy, karamli, mehribon qiz. «Vofir»ning muannas shakli.

Vofiulla (ar.) – Allohning sadoqatli, e’tiqodli bandasi.

Voqeaxon (ar.) – yuzaga chiqqan, chindan yashaydigan qilib berilgan qiz.

Voqi (ar.) – mahkam, mustahkam, ya’ni yashaydigan bola.

Voqif (ar.) – hamma narsadan xabardor, voqif, ya’ni bilimdon, donishmand.

Vohib (ar.) – in’om, sovg‘a, qilingan, baxsh etilgan bola yoki rizqu ro‘z, nasiba ulashuvchi.

Vohid (ar.) – yakka, yolg‘iz, yakkayu yagona. Bu nom Allohning sifatlaridan biri. Asli: Abduvohid. Vohidulla (qar.)

Vohida (a.i., ar.) – yakka, yagona, tengsiz. Vohid ismining ayollar nomi shakli.

Vohidulla (ar.) – Allohning yakkayu yagonaligi yoki Allohning yagona, tengsiz bandasi.

Rate article
Add a comment