Ismlar Manosi X harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Ismlar Manosi X harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Chiroyli Ismlar

Ismlar Manosi X harfiga

Ismlar Manosi X harfiga: Xabbob (ar.) – tez yuruvchi; yaxshilik uchun shoshiluvchi.

Xabir (ar.) – aynan: xabar beruvchi, biluvchi; bilimli, dono, donishmand.

Xabira (a.i., ar.) – bilimdon, dono qiz.

Xavla (ar.) – ishlarni tadbir qiluvchi.

Xadiyj (ar.) – chala tug‘ilgan; nuqsonli, mukammal bo‘lmagan.

Xadiyja (ar.) – «Xadiyj»ning muannas shakli.

Xaddiniso (a.i., ar.) – qizil yuzli, ol yonoqli; go‘zal, zebo qiz.

Xaddod (ar.) – temirchi, chilangar.

Bu qiziq: Ismlar Manosi F harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Xazin (ar.) – xazinador, qo‘riqchi; boy, badavlat yoki muloyim, bosiq.

Xazina (a.i., ar.) – boylik, davlat; qimmatli, aziz.

Xazona (a.i., ar.) – boyliklar, davlat egasi.

Xazorboy (ar.-o‘z.) – olijanob, aslzoda; jasur, dovyurak.

Xazri (ar.) – shaharlik, shaharda tug‘ilgan.

Xayyom (ar.) – chodir tikuvchi, chodir yasovchi usta.

Xayri (ar.) – yaxshilik qiluvchi, xayr-saxovatli; mehribon, rahmdil. Asli: Xayriddin, Xayriniso. Eht.: Gulxayri nomining qisqargan shakli.

Xayriddin (ar.) – dinning saxovati, himmatli yoki saxovatli, himmatli dindor.

Xayriislom (ar.) – islomning muruvvati, himmati, tuhfasi.

Xayrikeldi (ar.-o‘z.) – saxovatli, himmatli bola tug‘ildi.

Xayriniso (a.i., ar.) – ayollarning eng himmatlisi, saxovatlisi, mehriboni.

Xayrinur (a.i., ar.) – Nur, ya’ni Allohning saxovati, himmati; Allohning tuhfasi, ehsoni.

Xayriya (a.i., ar.) – himmatli, saxovatli; mehribon, olijanob qiz.

Xayriyat (a.i., ar.) – yaxshilik, ezgulik sohibasi yoki xayriyatki (shukrki) farzandli bo‘ldik.

Xayrulbanot (a.i., ar.) – g‘amxo‘r, mehribon, yaxshilik, ezguliklar egasi.

Xayrulla (ar.) – Allohning yaxshiligi, muruvvati, saxovati; Alloh bergan tuhfa, in’om.

Ismlar Manosi X harfiga: Xalaj II Xalajboy (o‘z.) – xalaj qabilasi farzandi. Bu qabila odamlari chiroyli bo‘lishar ekan. Demak, go‘zal, chiroyli bola.

Xalaf (ar.) – o‘rinbosar, merosxo‘r, voris, avlodning davomchisi.

Xalvo (a.i., ar.) – qiz bola, chaqaloq qiz. Qar.: Halvo.

Xalil (ar.) – suyukli, qadrdon, samimiy, sodiq do‘st; vafodor, sirdosh (Ibrohim va Muhammad payg‘ambarlarning sifatlari). SHakllari: Xalilbek, Xalilboy, Xaliljon.

Xalila (a.i., ar.) – vafodor, sodiq do‘st, mehribon o‘rtoq.

Xaliliddin (ar.) – dinning haqiqiy ixlosmandi; chinakam dindor, taqvodor.

Xaliliddin (ar.) – «Xalil» va «Sulton» ismlarining birikmasi.

Xalilulla // Xalilulloh (ar.) – Allohning sodiq do‘sti; vafodor xizmatkori yoki Alloh sevgan do‘st. Bu nom Ibrohim payg‘ambarning laqabi bo‘lgan.

Xalilulrahmon (ar.) – Rahmon, ya’ni Allohning vafodor, sodiq do‘sti yoki Allohning aziz, suyukli bandasi.

Xalif (ar.) – o‘rinbosar, merosxo‘r; orqadan boruvchi, ergashuvchi.

Xalifa II Xalfa (ar.) – o‘rinbosar, yordamchi.

Xalifiddin (ar.) – dinga ergashuvchi, dinga amal qiluvchi; taqvodor.

Xaliq (ar.) – tarbiyali, intizomli; xushxulq, axloqli yoki kelishgan, xushbichim. Eht.: Xoliq (qar.).

Xaliqa (a.i., ar.) – odobli, xushxulq, aqlu farosatli qiz.

Xallonboy (ar.) – hallon – harakatchan, qiziquvchi, tirishqoq.

Xalolxon (a.i., ar.-ft.) – rostgo‘y; pokiza, begunoh.

Xalfa (ar.) – diniy maktab o‘qituvchisi (otin); shariat bilimdoni; sinfboshi.

Xandon (a.i., ft.) – quvnoq, shodon, baxtiyor; kulib turgan. SHakli: Xandonoy.

Xandonoy (a.i., ft.-o‘z.) – kulib turgan, shodon va oydek go‘zal qiz.

Xanjara (a.i., ft.) – xanjar kabi o‘tkir, keskir, mustahkam qiz.

Xanida // Xanita (a.i., ft.) – ma’qul, munosib mashhur.

Xanidaxon (a.i., ft.-o‘z.) – hurmatga, e’zozga munosib qiz; shuhratli, dongdor.

Xanifa (a.i., ar.) – rostgo‘y, pokiza; begunoh, sodiq musulmon yoki mehribon, g‘amxo‘r.

Xannon (ar.) – shafqatli, muruvvatli, g‘amxo‘r. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir.

Xarros (ar.) – haqgo‘y, adolatli; qo‘riqlovchi, saqlovchi.

Xarrosiddin (ar.) – dinni muhofaza, himoya qiluvchi, qo‘riqlovchi.

Xarrot (ar.) – o‘ymakor, usta, duradgor; taroqsoz.

Ismlar Manosi X harfiga: Xasmijamol (a.i., ar.) – qadrli, zebo qiz.

Xaspo‘lat II Xospo‘lat (ar.-ft.) – a’lo navli po‘lat; o‘ta mustahkam, chinakam, mahkam.

Xatib (ar.) – juma va hayit namozi paytida xutba o‘quvchi; voiz, va’zgo‘y, va’zxon yoki biror nishon, belgi bilan tug‘ilgan bola.

Xatiba (a.i., ar.) – qar. Xatib (Xatib+a) yoki so‘zga chechan, notiqa qiz.

Xatima (a.i., ar.) – adolat qiluvchi, haqgo‘y yoki o‘ta saxiy, qo‘li ochiq.

Xatira (a.i., ar.) – xatir – ko‘ngil, yurak, qalb yoki hurmatli, e’zozli.

Xatifulla (ar.) – Allohni zikr qiluvchi, xudo yo‘liga chorlovchi bola, va’zxon.

Xatminiso (a.i., ar.) – oxirgi qiz, kenja qiz.

Xafs (ar.) – arslon, yo‘lbars yoki xafz – past, tuban, yomon yoxud hafs (a) – savat.

Xafifa (a.i., ar.) – kichik, kenja, kenjatoy qiz yoki chaqqon, epchil, mohir.

Xivaxon (a.i., o‘z.) – Xiva shahri nomiga nisbat berilgan ism.

Xidir // Xizr (ar.) – aynan: «YAshil» rangli, Xizr – abadiy tiriklik, barhayotlik, omadlilik timsoli. Rivoyatga ko‘ra, hayot suvi bulog‘ini topib ichgan afsonaviy payg‘ambarning nomi. SHuning uchun doimo barhayot deb hisoblanadi. U yo‘ldan adashganlarga, oshiqlarga yo‘l ko‘rsatuvchi, rahnamo deb hisoblanadi. Xidirning pok, pokiza, pardali (niqobli) ma’nolari ham bor.

Xidirberdi (ar.-o‘z.) – Xidir (Xizr) ato qilgan bola.

Xidiryor (ar.-o‘z.) – Xidir (Xizr) qo‘llaydigan ko‘maklashuvchi, yor bo‘luvchi bola.

Xiyoliddin (ar.) – dinning xayoli, o‘yi bilan yashovchi, dinni maqsad qilib olgan.

Xiyolxon (ar.-o‘z.) – o‘yli, fikrli, maqsadli qiz.

Xijrat (a.i., ar.) – ko‘chish, ko‘chib o‘tish; Muhammad (s.a.v.)ning qochib, ko‘chib o‘tish tarixi.

Xizir // Xizirboy (ar.) – Xizr payg‘ambar. Qar.: Xidir.

Xilvat // Xilvatjon (ar.) – yolg‘iz, yagona; kimsasiz, ibodat joyi.

Xilvatali (ar.) – Aliga tavof qilish joyi, Aliga sig‘inuvchi.

Xilol (a.i., ar.) – nozik, ozg‘in; kelishgan yoki qar. Hilola.

Xina (a.i., ar.) – bezangan, yoqimli, chiroyli, orasta.

Xirmon (ft.) – g‘alla xirmonlangan payti tug‘ilgan yoki nasibasi mo‘l, boy-badavlat. SHakllari: Xirmonboy, Xirmonoy.

Xirmonoy (a.i., ft.-o‘z.) – g‘alla xirmon qilingan payti tug‘ilgan va oydek suluv qiz.

Xirojiddin (ar.) – din oldidagi qarz, burch; din haqi.

Xirojxon (a.i., ar.) – qarzga, xirojga berilgan qiz.

Xirom (a.i., ft.) – go‘zal va nozik qadam tashlovchi; chiroyli yuruvchi.

Xiromoy (a.i., ft.-o‘z.) – go‘zal odimlovchi oydek suluv qiz.

Xiromon (a.i., ft.-o‘z.) – chiroyli bo‘yli, bo‘yi-basti kelishgan, xushqad; nozik, latif.

Xirot (a.i., ar.) – Xirot shahri nomiga nisbat berilgan ism.

Xislat // Xislatjon (ar.) – fazilatli, yaxshi xislatli; qadrli, qimmatli.

Xislatoy (a.i.,ar.-o‘z.) – yaxshi fazilat, xislatlar egasi bo‘lgan oydek chiroyli qiz.

Xusrav, Xisrav (ft.) – mashhur, dongdor; nomdor; hukmron, podshoh.

Xitoy (o‘z.) – o‘zbek qabilalaridan biri. Xitoy qabilasiga mansub bola, xitoy qabilasi farzandi.

Ismlar Manosi X harfiga: Xovand (ft.) – hukmron, xo‘jayin, ega.

Xovar (ft.) – kunchiqish, sharq, quyosh, oftob.

Xovargul (a.i., ft.) – SHarqning guldek zebo qizi.

Xovariy (ft.) – SHarq farzandi.

Xodima (a.i., ar.) – xizmatchi ayol, dasturxon tuzatuvchi ayol; rizqu ro‘zli, nasibali bo‘lsin.

Xodimali (ar.) – xalif Alining xizmatkori.

Xoja (ar.) – hurmatli, e’tiborli yoki xo‘jayin, boshliq yoxud bilimdon, dono, olim. Bu nom katta savdogar ma’nosini ham anglatadi.

Xojal (a.i., ar.) – qanoatli, qanoat hosil qilgan; sabrli, chidamli. Eht.: Hojiali (qar.).

Xojar (a.i., ar. > qad.yah.) – munosib, loyiq; qadrli, e’zozga loyiq.

Xoksor (ft.) – oddiy, sodda, kamtarin yoki qadrsiz, tuban, past.

Xol (ft.) – badanida xol bilan tug‘ilgan bola. SHakllari: Xolbek, Xolboy, Xoljon, Xolbibi, Xoloy, Xolxon.

Xolbegim (a.i., ft.-o‘z.) – badanida xol bilan tug‘ilgan baland martabali qiz.

Xolbek (ft.-o‘z.) – beklar avlodiga mansub xoldor, xolli bola.

Xolbeka (a.i., ft.-o‘z.) – badanida xol bilan tug‘ilgan beklar avlodiga mansub qiz.

Xolbobo (ft.) – bobosining ismi berilgan xoldor bola.

Xolboy (ft.-o‘z.) – xolli bola ulg‘ayib boy, badavlat bo‘lsin.

Xoldor (ft.) – badanida xol bilan tug‘ilgan bola, xolli bola.

Xoljamol (a.i., ft.-ar.) -chiroyli xol bilan tug‘ilgan qiz.

Xoldorxon (a.i., ft.-o‘z.) – xol bilan tug‘ilgan baland martabali, e’zozli qiz.

Xoljon (ft.) – badanida xol bilan tug‘ilgan suyukli bola.

Xolid (ar.) – abadiy, mangu turadigan, yashab ketadigan, umri uzoq bola.

Xolida (a.i., ar.) – «Xolid»ning muannas shakli.

Xoliddin (ar.) – dinning abadiyligi, manguligi.

Xolim, Xolim (a.i., ft.) – muloyim, gulyuzli; jo‘mard, saxiy qiz yoki «xol» so‘zi bilan boshlanadigan qo‘shma ismlarning (Xolniso, Xolmurod) eq. shakli.

Xolis, Xolis (ar.) – samimiy, beg‘araz; sofko‘ngil, pokiza; adolatli, halol.

Xolisa // Xolisabu, Xolisa (a.i., ar.) – pokiza, halol, sofko‘ngil qiz.

Xolismuhammad, Xolismuhammad (ar.) – samimiy, pokiza bolani payg‘ambar qo‘llasin.

Xoliya, Xoliya (a.i., ft.) – yoqimtoy, dilbar qiz yoki xolli, zebo qiz.

Xol iqberdi, Xoliqberdi (ar.-o‘z.) -Xoliq, ya’ni Allohning marhamati, tuhfasi. Alloh ato qilgan bola.

Xoliqnazar, Xoliqnazar (ar.) – Xoliq, ya’ni Alloh e’tibor, muruvvat qilib bergan bola.

Xoliqniyoz, Xoliqniyoz (ar. -ft.) – Xoliq, ya’ni Allohning ehsoni, tuhfasi yoki Allohdan yalinib, yolvorib olingan bola.

Xoliqqul, Xoliqqul (ar.-o‘z.) – avvaldan yo‘q bo‘lgan narsalarni yaratuvchi Allohning bandasi.

Xolkarim, Xolkarim (ft. -ar.) – Karim, ya’ni Alloh bergan xoldor bola yoki badanida xoli bor karamli, saxovatli bola.

Xolli, Xolli (ft.) – xol bilan tug‘ilgan bola.

Xolmengli, Xolmengli (ft. -o‘z.) – xosiyatli xol bilan tug‘ilgan bola, baxtli bola.

Xolmirza, Xolmirza (ft.) – xol bilan tug‘ilgan o‘g‘il ulg‘ayib mirzolardek kelishgan, o‘qimishli bo‘lsin.

Xolmon, Xolmon (ft.) – «xol» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning (Xolmuhammad, Xolmurod) eq. shakli.

Xolmonoy, Xolmonoy (a.i., ft.-o‘z.) – xoli bilan tug‘ilgan oydek suluv qiz.

Xolmurod, Xolmurod (ft.-ar.) – badanida xoli bilan tug‘ilgan o‘g‘il ulg‘ayib murod-maqsadiga etsin.

Xolniyoz, Xolniyoz (ft.) – o‘tinib, so‘rab olingan xolli bola yoki Allohning xolli tuhfasi, ehsoni. Eht. : Xoliqniyoz (qar.).

Xolos, Xolos (ar.) – qutulgan, xalos bo‘lgan bola.

Xolposhsha, Xolposhsha (a.i., ft.) – xol bilan tug‘ilgan hurmatli, e’zozli qiz.

Xolsora, Xolsora (a.i., ft.-qad.yah.) – qar. Xol va Sora.

Xoltoy, Xoltoy (ft.-o‘z.) – xolli, xoldor bola yoki xoli bilan tug‘ilgan suyukli (toychoq) bola.

Xolqazna, Xolqazna (ft.-ar.) – xoli bilan tug‘ilgan bola ulg‘ayib boy-badavlat, xazinalar egasi bo‘lsin yoki xol bilan tug‘ilgan va qazna (dag‘al ipak, past nav ipak)dek e’tiborsiz, yomon qiz. Bu ma’noda bolani yomon ko‘zlardan asrash uchun beriladi.

Xolqul, Xolqul (ar.-o‘z.) – Xoliqqul, ya’ni Allohning xolli bo‘lib tug‘ilgan bandasi, quli.

Xolqurbon, Xolqurbon (ft.-ar.) – qurbon oyida tug‘ilgan xolli bola yoki qar. Xoliqqul.

Ismlar Manosi X harfiga: Xolg‘ozi, Xolg’ozi (ft.-ar.) – din yo‘lida kurashuvchi xolli bola; dinning xolli askari.

Xon, Xon (o‘z.) – podshoh, hukmdor, hokim, ya’ni ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi, elboshi bo‘lsin. SHakllari: Xonbek, Xonboy, Xonjon.

Xonazim, Xonazim (o‘z.-ar.) – buyuk xon, elboshi bo‘lsin yoki Azim, ya’ni Alloh bergan bola ulg‘ayib buyuk martabalar egasi bo‘lsin.

Xonali, Xonali (o‘z.-ar.) – sog‘ ulg‘ayib ulug‘ martabalar egasi bo‘lsin va Ali qo‘llab yursin yoki eng yuksak hukmdor, xonlarning xoni.

Xonbek, Xonbek (o‘z.) – beklar avlodiga mansub bola ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.

Xonbeka, Xonbeka (a.i., o‘z.) – yuksak martabalar egasi, aslzoda qiz, xon qizi.

Xongul, Xongul (a.i., o‘z.-ft.) – yuksak martabalar egasi bo‘lgan guldek go‘zal qiz.

Xondamir, Xondamir (o‘z.-ft.) – Asli Xovandamir, ya’ni Alloh (Xudovand, Xovand) hukmrondir, yo‘lboshchidir yoki Alloh olqishlagan hukmron (amir).

Xonzoda, Xonzoda (a.i., o‘z.-ft.) – aynan: xonning, hukmdorning qizi; oliy nasab, aslzodalar avlodiga mansub qiz.

Xonim, Xonim (a.i., o‘z.) – beka, oyim, malika; hukmdor ayol; xonlar avlodiga mansub qiz.

Xonish, Xonish (a.i., ft.) – «xon» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlar (Xonzoda, Xonniso) ning eq. shakli yoki yoddan o‘quvchi, qiroat qiluvchi; kuylovchi, quvnoq qiz.

Xonkeldi, Xonkeldi (o‘z.) – Alloh bergan yuksak martabali o‘g‘il.

Xonlar, Xonlar (o‘z.) – xonlarning xoni, eng yuksak xon.

Xonmengli, Xonmengli (o‘z.)-xoli bilan tug‘ilgan yuksak martabali bola.

Xonmurod, Xonmurod (o‘z. -ar.) – yuksak martabali o‘g‘il ulg‘ayib murod-maqsadiga etsin.

Xonmuhammad, Xonmuhammad (o‘z. -ar.) – yuksak martabali o‘g‘ilni Muhammad (s.a.v.) o‘z panohida asrasin.

Xonnazar, Xonnazar (o‘z. -ar.) – Allohning muruvvati (nazari) tufayli erishilgan yuksak martabali bola.

Xonniyoz, Xonniyoz (o‘z.-ft.) – o‘tinib, so‘rab olingan bola ulg‘ayib yuksak martabalar egasi bo‘lsin.

Xonoyim, Xonoyim (o‘z.) – yuksak martabali va e’zozga munosib qiz yoki xonlar, aslzodalar nasliga mansub qiz.

Xonposhsha, Xonposhsha (a.i., o‘z.-ft.) – yuksak martabali va hurmatli, e’zozli qiz.

Xonsaid, Xonsaid (o‘z.-ar.) – yuksak martaba va e’zozga munosib hamda baxtli, saodatli bola.

Xonsulton, Xonsulton (o‘z.-ar.) – ham xon, ham sultonlardek yuksak martabalarga munosib bola yoki qar. Xon va Sulton.

Xonsuluv, Xonsuluv (a.i., o‘z.) – baland martabali va go‘zal qiz yoki go‘zallarning sardori, go‘zallarning go‘zali.

Xonxo‘ja, Xonxo‘ja (o‘z.-ft.) – xo‘jalar avlodiga mansub bola ulg‘ayib yuksak martaba va e’zozlarga erishsin.

Xoncha, Xoncha (o‘z.) – kichik, kenja xon, hukmron.

Xonqul, Xonqul (o‘z.) – xonning, hukmdorning quli yoki Allohning yuksak martaba va e’zozga sazovor bandasi (quli).

Xorkash, Xorkash (ft.) – yantoq, o‘tin teruvchi, chaqaloqni yomon ko‘zlardan asrash uchun shunday nom beriladi.

Xos, Xos (a.i., ar.) – o‘ziga xos, takrorlanmas; tengsiz yoki yuqori tabaqa, avlodga mansub qiz.

Xosiya, Xosiya (a.i., ar.) – tengsiz, benazir, bebaho qiz.

Xosiyat, Xosiyat (a.i., ar.) -yaxshi sifatlar, fazilatlar egasi.

Xotima, Xotima (a.i., ar.) – qiz tug‘ilishining oxiri, xotimasi, ya’ni navbatdagisi o‘g‘il bo‘lsin.

Xotira, Xotira (a.i., ar.) – onasidan yodgor, esdalik bo‘lib qolgan qiz yoki xatir – ulkan, ulug‘ qiz.

Ismlar Manosi X harfiga: Xotif, Xotif (a.i., ar.) – ko‘zni qamashtiruvchi, hushni ketkazuvchi, ya’ni juda go‘zal qiz.

Xofiyat, Xofiyat (a.i., ar.) – sirli, pinhon, yashirin.

Xoqon, Xoqon (o‘z.) – hukmron, shohlar shohi; buyuk podshoh, shahanshoh.

Xubbim, Xubbim (ft.) – yoqimtoy, yaxshi, chiroyli.

Xubbimjamol, Xubbimjamol (a.i., ft.-ar.) – sohibjamol, chiroyli qiz.

Xubbimqul, Xubbimqul (ft.-o‘z.) – Allohning maqbul, e’zozli bandasi, quli.

Xubjamol, Xubjamol (a.i., ft.-ar.) – nihoyatda go‘zal qiz; go‘zallarning go‘zali, sohibjamol.

Xubnigor, Xubnigor (a.i., ft.) – go‘zal, ochiq chehrali, yoqimli qiz.

Xubulla, Xubulla (ft.-ar.) – Allohning yaxshi fazilatli, go‘zal bandasi yoki Alloh bergan chiroyli o‘g‘il.

Xudobaxsh, Xudobaxsh (ft.) – Aploh baxshida etgan, Allohning himmati, ehsoni bo‘lgan bola.

Xudoyor, Xudoyor (ft.) – Alloh yor bo‘ladigan, qo‘llaydigan bola.

Xudoybaxsh, Xudoybaxsh (ft.) – Alloh ato qilgan, yaratgan bola. Allohning marhamati, tuhfasi.

Xudoybergan, Xudoybergan (ft.-o‘z.) – Alloh ato qilgan, tuhfa qilgan bola.

Xudoyberdi, Xudoyberdi (ft.-o‘z.) – Alloh ato qildi; Allohning marhamati, tuhfasi.

Xudoymurod, Xudoymurod (ft.-ar.) – Alloh etkazgan orzu, armon.

Xudoynazar, Xudoynazar (ft.-ar.) – Allohning iltifoti (nazari) tushib erishilgan bola.

Xudoyniyoz, Xudoyniyoz (ft.) – Allohsan iltijolar qilib so‘rab olingan bola yoki Allohning tuhfasi, ehsoni.

Xudoyshukur, Xudoyshukur (ft.-ar.) – farzand uchun Allohsan minnatdormiz, unga shukronalar aytamiz.

Xudoyqul, Xudoyqul (ft.-ar.) – Allohning bandasi, quli.

Xudon, Xudon (ft.) – Allohga sig‘inuvchi, bo‘ysunuvchi yoki Xudoynazar (qar).

Xujasta, Xujasta (a.i., ft.) – baxtli, xushbaxt; qutlug‘, muborak e’zozli.

Xulosa // Xulosaxon, Xulosa (a.i., ar.) – oiladagi so‘nggi farzand yoki bu bola hadeb qiz tug‘ilishining oxiri (xulosasi)bo‘lsin.

Xumayra, Xumayra (a.i., ar.) – qar. Humayra.

Xumor // Xumora, Xumor (a.i., ar.) – orzu, armon qilib, mushtoq bo‘lib yurib erishilgan qiz. SHakllari: Xumorjon, Xumorbibi Xumoroy, Xumorgul, Xumorxon.

Xumorgul, Xumorgul (a.i., ar.-ft.) – orzu-armon qilib qo‘msab yurib erishilgan guldek go‘zal qiz.

Xumoroy, Xumoroy (a.i., ar.-o‘z.) – orzu, armon qilib, zor bo‘lib yurib erishilgan oydek suluv qiz.

Xurdak, Xurdak (ft.) – jajji, kichik, kenja bola.

Xurdod, Xurdod (ft.) – quyosh (oftob) baxsh etgan bola quyosh farzandi.

Xurmo, Xurmo (a.i., ft.) – xurmodek shirin va yashnagan qiz bo‘lsin. Xurmo xosiyatli daraxt hisoblanadi.

Xuromon // Xiromon, Xuromon (a.i., ft.) – chiroyli, nozli qadam tashlaydigan, sollanib yuruvchi qiz. Qar.: Xiromon.

Xurram, Xurram (ft.) – shod, xursand, quvnoq, baxtli, baxtiyor. SHakllari: Xurrambek, Xurramboy, Xurramgul, Xurramjon, Xurramoy, Xurramxon.

Xurrambek, Xurrambek (ft.-o‘z.) – beklar avlodiga mansub shodon, baxtiyor bola.

Xursand, Xursand (ft.) – shod, quvnoq baxtiyor. SHakllari: Xursandbek, Xursandbibi, Xursandgul, Xursandoy, Xursandxon.

Xursandali, Xursandali (ft. -ar.) – shodon, baxtiyor bo‘lib o‘ssin va Ali o‘z panohida asrasin.

Xurshid, Xurshid (ft.) – quyosh (oftob); g‘oyat go‘zal yoxud jozibali, iqboli baland bola.

Xurshida, Xurshida (a.i., ft.) – quyoshdek zebo, oftobmonand qiz, quyosh farzandi.

Xusrov, Xusrov (ft.)shonli, shavkatli, nomdor; podshoh hukmdor yoki taskin beruvchi; shod, xursand.

Xushali, Xushali (ft. -ar.) – chiroyli, go‘zal o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin.

Xushandom, Xushandom (a.i., ft.) – kelishgan gavdali, chiroyli xushqomad bola.

Xushbaxt, Xushbaxt (ar. -ft.) – baxtli, baxtiyor, saodatmand.

Xushbek, Xusbbek (ft. -o‘z.) – beklar avlodiga mansub, munosib bola.

Xushbeka, Xushbeka (a.i., ft.-o‘z.) – maqbul, suyukli hamda yuksak martaba sohibi.

Xushbin, Xushbin (a.i., ft.) – yaxshilikka, ezgulikka umid qiluvchi, umidvor, ruhi baland qiz.

Xushvaqt, Xushvaqt (ft.-ar.) – shodon, baxtiyor, quvnoq bola yoki yaxshi payt, qutlug‘ kunda tug‘ilgan bola.

Ismlar Manosi X harfiga: Xushgul, Xushgul (a.i., ft.) – guldek go‘zal, yoqimli, chiroyli qiz.

Xushdavr, Xushdavr (a.i., ft.-ar.) – qutlug‘ davr, baxtli zamon farzandi.

Xushdil, Xushdil (ft.) – shodon, quvnoq qiz yoki ochiq ko‘ngil, dilkash qiz.

Xushyorqul, Xushyorqul (ft.-o‘z.) – Allohling ziyrak, aqlli, zukko bandasi.

Xushjamol, Xushjamol (a.i., ft.-ar.) – chiroyli husn sohibi.

Xushim, Xushim (ft.-ar.) – «xush» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning (Xushkeldi, Xushmurod, Xushmuhammad) eq. shakli.

Xushkeldi, Xushkeldi (ft.-o‘z.) – baxtli, omadli o‘g‘il tug‘ildi (keldi).

Xushket, Xushket (ft.-o‘z.) – kasallik yaxshilik bilan arisin (ketsin), uzoq umrli bo‘lsin.

Xushman, Xushman (ft.) – «xush» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlar (Xushnazar, Xushniyoz) ning eq. shakli.

Xushmengiz, Xushmengiz (a.i.,ft.-o‘z.) – yoqimli, xosiyatli xol egasi bo‘lgan qiz.

Xushminaz, Xushminaz (ft.) – yaxshi, xulq, fazilat egasi.

Xushmurod, Xushmurod (ft.-ar.) – yaxshi, maqbul bola ulg‘ayib murod-maqsadiga etsin.

Xushmuhammad, Xushmuhammad (ft.-ar.) – maqbul, yoqimtoy o‘g‘ilni Muhammad (s.a.v.) o‘z panohida asrasin yoki Muhammad (s.a.v.) xush ko‘rgan bola.

Xushnavo, Xushnavo (a.i., ft.) – yoqimli so‘z, go‘zal nutq sohibi yoki yoqimli ohanglar chaluvchi, usta sozanda.

Xushnavoz, Xushnavoz (a.i., ft.) – yoqimli navolar sohibi, mohir cholg‘uvchi, sozanda.

Xushnazar, Xushnazar (ft.-ar.) – yaxshilik, ezgulik istovchi yoki Allohning iltifoti (nazari) tufayli tug‘ilgan yoqimli, maqbul bola.

Xushnid // Xushnud, Xushnid (ft.) – mamnun, xursand, shod, farahli.

Xushnida, Xushnida (a.i., ft.) – xursand, mamnun, baxtiyor qiz.

Xushniddin, Xushniddin (ft.-ar.) – dinning shavqi, zavqi yoki dinning mamnun, baxtiyor ixlosmandi.

Xushniyoz, Xushniyoz (ft.) – iltijolar qilib so‘rab olingan bola shodon, baxtiyor bo‘lsin.

Xushnom, Xushnom (ft.) – nomdor, shonli, shuhratli.

Xushnor, Xushnor (ft.) – xol (qizil xol) bilan tug‘ilgan shodon, baxtiyor bola yoki xosiyatli xoli bor bola.

Xushovoz, Xushovoz (a.i., ft.) – yoqimli, muloyim ovozli; odobli, madaniyatli. Eht..: Xushavoz-avvalgi turmagan bolalar o‘rniga kelgan yoqimtoy bola.

Xushomon, Xushomon (ft.-ar.) – shodon, baxtiyor o‘g‘il sog‘u salomat ulg‘aysin.

Xushro‘y, Xushro‘y (a.i., ft.) – chiroyli yuzli, go‘zal chehrali qiz; dilkash, jozibador qiz.

Xushsoat, Xushsoat (ft.-ar.) – baxtli, qutlug‘ paytda tug‘ilgan bola.

Xushxabar, Xushxabar (ft.-ar.) – yaxshi, qutlug‘ xabarlar keltiruvchi, xosiyatli bola.

Xushxon, Xush-xon (a.i., ft.) – shirin tilli, xushsheva, xushsuxan qiz.

Xushqadam, Xushqadam (ft.-ar.) – qadami qutlug‘; baxt, omad keltiruvchi bola.

Xushhol, Xushhol (ft.) – quvnoq, mamnun, shodon, baxtiyor.

Xo‘ja, Xo‘ja (ft.) – aynan: xo‘jayin, sohib, janob; muallim, ustoz. Sol. : Xoja. SHakllari: Xo‘jaboy, Xo‘jabek, Xo‘jaqul, Xo‘jaxon.

Xo‘jaavlod, Xo‘jaavlod (ft.-ar.) – xo‘jalar avlodiga mansub bola, xo‘jazoda.

Xo‘jaali, Xo‘jaali (ft.-ar.) – xo‘jalar avlodidan bo‘lgan o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin.

Xo‘jabek, Xo’jabek (ft.-o‘z.) – xo‘jalar avlodiga mansub baland martabali bola.

Xo‘jabergan, Xo’jabergan (ft.-o‘z.) – xo‘ja (eshon) ning tuhfasi.

Xo‘jaberdi, Xo’jaberdi (ft.-o‘z.) – xo‘ja (avliyo, eshon) ato qilgan, tuhfa kilgan bola.

Xo‘jak, Xo‘jak (ft.) – «xo‘ja» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlar (Xo‘jaqurbon, Xo‘jakamol) ning eq. shakli.

Xo‘jakamol, Xojakamol (ft.-ar.) – xo‘jalar avlodidan bo‘lgan etuk, mukammal bola.

Xo‘jam // Xo‘jamboy, Xo’jam (ft.-ar.) – «xo‘ja» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning (Xo‘jamurod, Xo‘jamuhammad) eq. shakli.

Xo‘jamyor // Xo‘jamiyor, Xo’jamyor (ft.) – Alloh yor bo‘luvchi, qo‘llaydigan bola.

Xo‘jamnafas, Xo’jamnafas (ft.-ar.) – xo‘jam, eshonim (avliyo, pir)ning qudrati (nafasi) tufayli erishilgan bola.

Xo‘jamsaid, Xo‘jamsaid (ft.-ar.) – Alloh (hojam) bergan baxt, saodat.

Xo‘jamurod, Xo’jamurod (ft.-ar.) – xo‘ja, eshon (avliyolar) etkazgan maqsad.

Xo‘jamshukur, Xo‘jamshukur (ft.-ar.) – farzand uchun xo‘jam Allohga shukronalar qilamiz.

Xo‘jamquvvat, Xo’jamquvvat (ft.-ar.) – Allohning kuchi, qudrati.

Xo‘janafas, Xo janafas (ft.-ar.) – xo‘ja (eshon) ning yordami, ilohiy nafasi tufayli erishilgan bola.

Xo‘janiyoz, Xo’janiyoz (ft.) – xo‘ja (eshon, avliyo) lar tuhfasi, ehsoni yoki xo‘ja (eshon)dan so‘rab olingan bola.

Xo‘jasaid, Xo‘jasaid (ft.-ar.) – xo‘jalarning baxtli, tolei baland farzandi yoki eshonzodalarning baxtli, omadlisi.

Xo‘jasoat, Xo’jasoat (ft.-ar.) – xo‘jalarning baxtli, qutlug‘ paytda tug‘ilgan farzandi.

Xo‘jat, Xo‘jat (ft.) – «xo‘ja» so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlarning eq. shakpi.

Xo‘jatilla, Xo’jatilla (ft.) – aziz, e’zozli xo‘ja; xo‘jalarning ulug‘i, mo‘‘tabari.

 

Rate article
Add a comment