Ismlar Manosi Y YE YO harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli

Ismlar Manosi Y YE YO harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Chiroyli Ismlar

Ismlar Manosi Y harfiga

Ismlar Manosi Y YE YO harfiga: Yigit // Yigitboy (o‘z.) – aynan: o‘smir, navqiron; sog‘ ulg‘ayib, katta yigit bo‘lsin.

Yildirim (o‘z.) – yashin, chaqmoq, momaqaldiroq payti tug‘ilgan bola.

Yilqiboy (o‘z.) – yilqilari, moli ko‘p; boy-badavlat bo‘lsin yoki «yilqi» (ot) yilida tug‘ilgan bola.

Yolbars (o‘z.) – yo‘lbars (arslon)dek kuchli, qudratli.

Yo’lbek (o‘z.) – yo‘li ochiq bo‘lsin, Alloh kelajagini bersin yoki yo‘lda tug‘ilgan bola.

Yo’ldon (o‘z.) – «Yo‘ldosh» so‘zi bilan boshlangan ismlarning eq. shakli.

Bu Qiziq: Ismlar Manosi D harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Yo‘ldosh (o‘z.) – otasi yoki akalariga esh, hamroh bo‘lib yursin. SHakllari: Yo‘ldoshbek, Yo‘ldoshboy, Yo‘ldoshjon.

Yo’ldoshali (o‘z.-ar.) – ota-onasiga hamroh, esh bo‘lib yursin va Ali o‘z panohiga olsin yoki Alining hamrohi, yo‘ldoshi, Alining himoyasi, panohidagi bola.

Yo‘ldoshbu // Yo‘ldoshbuvi (a.i., o‘z.) – otasiga (oldingi aka-opalariga) do‘st, hamroh bo‘lib yursin.

Yoldoshmurod (o‘z.-ar.) – otaonasi (aka-ukalariga) hamroh bo‘lsin va ulg‘ayib murod-maqsadiga etsin.

Yoldoshmuhammad (o‘z,ar.) – ota-onasiga hamroh bo‘lib yursin va Muhammad (s.a.v.) o‘z panohida asrasin yoki Muhammadning hamrohi yo‘ldoshi bo‘lgan bola.

Yo’ldoshoy (a.i., o‘z.) – ota-onasiga hamroh, esh bo‘lib yuruvchi va oydek ko‘rkam qiz.

Yo’ldoshxon (a.i., o‘z.) – ota-onasiga hamroh, esh bo‘lib yuruvchi, qadrli, baland martabali qiz.

Ismlar Manosi V harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Yo‘lli // Yo‘lliboy (o‘z.) – «yo‘l» so‘zi bilan boshlangan qo‘shma ismlarning eq. shakli yoki Xudo yo‘lini bersin, ya’ni umri uzoq bo‘lsin.

Yolmuhammad (o‘z.-ar.) – yo‘lda (safarda) tug‘ilgan bolaga Muhammad (s.a.v.) yor bo‘lsin.

Yo’lomon (o‘z.) – Xudo yo‘lini berib eson-omon ulg‘aysin yoki yo‘lda tug‘ilgan bolaning umri uzoq bo‘lsin.

Yo’ltemir (o‘z.) – Xudo yo‘lini (umrini) berib, temirdek mahkam, mustahkam bo‘lsin yoki yo‘lda (safarda) tug‘ilgan va temirdek chidamli, mahkam.

Yo’ltoy (o‘z.) – yo‘li bor, umri uzoq bola yoki baxtli hamda suyukli bola. Ismlar Manosi Y YE YO harfiga

Yo’lturdi (o‘z.) – yo‘lda tug‘ilgan o‘g‘il tursin, umri uzoq bo‘lsin.

Yo’lchi (o‘z.) – hamroh, do‘st, esh yoki yo‘l ko‘rsatuvchi, to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi; boshliq, sarkor. SHakllari: Yo‘lchiboy, Yo‘lchi+qul.

Ismlar Manosi Ye harfiga

Yelboy (o‘z.) – ulg‘ayib, elib-yugurib ketsin.

Yeldirim (o‘z.) – chaqmoq (yashin, momaqaldiroq) payti tug‘ilgan bola yoki hayoti chaqmoqdek yorqin va nurli bo‘lsin.

Yetar (o‘z.) – hadeb qiz tug‘ilavergan oilalarda, endi «qiz tug‘ilishi etar», «keyingisi o‘g‘il bo‘lsin» degan ma’noda beriladi.

Yetargul (o‘z.) – gul, ya’ni qizlar tug‘ilishi etar, keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.

Etim // Etimboy (o‘z.) – yolg‘iz, yagona, ya’ni ukalariga qo‘shilsin ma’nosida.

Etmish II Etmishboy (o‘z.) – otasi etmish yoshligida tug‘ilgan bola.

Yetmishoy (a.i., o‘z.) – otasi etmish yasharligi paytida tug‘ilgan qiz.

Yetmishxon (a.i., o‘z.) – otasi etmish yoshligida tug‘ilgan qadrli, e’zozli qiz.

Etti // Ettiboy (o‘z.) – oiladagi ettinchi o‘g‘il (farzand) yoki «farzandlarimiz etarli bo‘ldi, ko‘nikdik, boshqa tug‘mayman» ma’nosidagi nom.

Yettinazar (o‘z.-ar.) – Alloh iltifot qilib bergan ettinchi bola.

Yettovqul (o‘z.) – qar. Etti.

Yettovqo‘zi (o‘z.) – oiladagi ettinchi va qadrli, e’zozli bola yoki ettinchi o‘g‘limiz ulg‘ayib boy-badavlat bo‘lsin.

Ismlar Manosi YO harfiga

YObon (ft.) – cho‘lda, dashtda tug‘ilgan farzand.

Yobonoy (a.i., ft.) – cho‘lda (yovonda) tug‘ilgan qiz yoki murodimiz hosil bo‘lgan bola.

Ismlar Manosi Y YE YO harfiga YOvar // YOvarboy (ft.) – ota-onasiga yordamchi, ko‘makdosh bola.

Yovbosar (o‘z.) – yovlarni enguvchi, ya’ni kasalliklarni enguvchi bola.

Yovbosdi (o‘z.) – yovini (dushmanini) bosdi, engdi, ya’ni endi sog‘ayib ketadi.

Yovvosh (o‘z.) – mo‘min-qobil, intizomli, odobli bola.

Yovjon (o‘z.-ft.) – YOvbosar, YOvbosdi ismlariningeq. shakli.

YOvmutboy, Yovmud (o‘z.) – yovmudlar orasida (turkman urug‘i) tug‘ilgan bola.

Yovmurod (o‘z.-ar.) – yovini (kasalliklarni) engib murodiga etuvchi bola.

YObon, Yovon (ft.) – cho‘lda, dashtda tug‘ilgan bola yoki sahro farzandi.

YOvshanboy, Yovshan (o‘z.) – yovshandek mahkam, chidamli bo‘lsin yoki yovshandek ko‘paysin, o‘ssin.

Yovqaytar (o‘z.) – yov (kasal) qaytadi, o‘lmaydi, yashaydi.

Yovqilich (o‘z.) – yovni (kasalni) qaytaruvchi, qiruvchi qilich, tug‘.

Javqon, Yovqon (o‘z.) – bug‘doy boshoqlaganda tug‘ilgan bola.

Yovqochar (o‘z.) – yov (kasallik) qochadi, chekinadi, bola o‘lmaydi, yashaydi.

Yovqur (o‘z.) – mard, jasur, qo‘rqmas, dovyurak bola.

Yodgor (ft.) – tug‘ilgandan keyin ota (yoki onasi) vafot etgan, ulardan esdalik yodgor bo‘lib qolgan farzand.

Yodgora (a.i., ft.) – tug‘ilgandan keyin ota (yoki onasi) vafot etgan, ulardan yodgor bo‘lib qolgan qiz.

Yodgoroy (a.i., ft.-o‘z.) – onasidan yodgor bo‘lib qolgan oydek suluv qiz.

Yodulla (ft.-ar.) – Allohning kuchi, qudrati yoki Allohni yod etuvchi.

YOzboy, Yoz (o‘z.) – yozda yoki bahorda (qadimiy turkiy tilda «yoz» – bahor, ko‘klamni anglatgan) tug‘ilgan bola.

Yozdon (o‘z.-mo‘g‘.) – Alloh, tangri, xudo (qar. YOzdonqul).

Ismlar Manosi Y YE YO harfiga YOziboy, Yozi (ft.) – dashtda, cho‘lda tug‘ilgan bola yoki tarkibida «yoz» so‘zi bo‘lgan qo‘shma ismlarningeq. shakli. Eht.: YAzid (qar.).

Yolchin (o‘z.) – sayr, sayohat chog‘ida, yo‘lda tug‘ilgan bola yoki yolli, yoldor, ya’ni dovyurak bola.

Yolqin (o‘z.) – o‘t yolqini kabi nurli, ravshan, otashin.

YOlg‘oshboy, Yolg’och (o‘z.) – otasiga (oldingi bolalarga) ulansin, yolg‘ashsin.

Yombixon (a.i., o‘z.) – yombi (tilla yoki kumush quyilmasi) kabi qimmatli, bebaho qiz.

Yomg’ir (o‘z.) – yomg‘irli kunda tug‘ilgan bola. SHakllari: YOmg‘irboy, YOmg‘irjon.

Yonar (o‘z.) – yondashar, yondosh bo‘lar, ya’ni ota-onasiga (o‘zidan oldingi aka-opalariga) yo‘ldosh, yondosh bo‘lib o‘ssin. Sol.: YOndosh, YOndoshboy. SHakllari: YOnarboy, YOnarjon.

YOndoshboy, Yondosh (o‘z.) – ota-onasiga (o‘zidan oldingi farzandlarga) yondosh, hamroh bo‘lib yursin.

Yor (ft.) – do‘st, hamroh, yo‘ldosh yoki tarkibida «yor» so‘zi mavjud ismlarning (YOrmuhammad, Muhammadyor kabi) eq. shakli. SHakllari: YOrbek, YOrboy, YOrjon, YOrtoy.

Yorali (ft.-ar.) – Alining hamdami, Aliga sodiq bola.

Yorahmad (ft.-ar.) – oiladagilarning hamrohi, yo‘ldoshi bo‘lsin va Ahmad Muhammad (s.a.v.) qo‘llab yursin yoki Ahmadning (qar.) do‘sti, hamrohi.

Yorbaxt (ft.-ar.) – baxt, tole yo‘ldoshi, hamrohi; omad, saodat yor bo‘ladigan bola.

Yorbek (ft.-o‘z.) – beklar nasliga mansub bola. Oiladagilarga hamroh, yo‘ldosh bo‘lib o‘ssin.

Yorqul (ft.-o‘z.) – do‘stlarning xizmatkori, sodiq do‘st yoki Allohning bandasi.

Yorliqboy (o‘z.) – Allohning yordami, ko‘magi yoki badanida qandaydir belgi (tamg‘a) bilan tug‘ilgan bola.

Yormat (ft.-ar.) – qar. YOrmuhammad.

Yormurod (ft.-ar.) – oiladagilarga hamroh yo‘ldosh bo‘lib tug‘ilgan bola murod-maqsadiga etsin yoki biz orzu qilgan bola.

Yormuhammad (ft.-ar.) – Muhammad (s.a.v.)ning hamrohi, do‘sti yoki Muhammad (s.a.v.) yor bo‘lsin, qo‘llab yursin.

YOronboy, Yoron (ft.) – do‘st, hamroh, yo‘ldosh.

Yorxol (ft.) – xol bilan tug‘ilgan bola. Ismlar Manosi Y YE YO harfiga

Yorqin (o‘z.) – hayoti (kelajagi) ravshan, nurli bo‘lsin yoki mehrli, shafqatli bola. SHakllari: YOrqinboy, YOrqinjon, YOrqinxon, YOrqintoy.

Yorqinoy (a.i., o‘z.) – hayoti nurli va oydek suluv qiz yoki oydek suluv, mehribon, dilkash qiz.

Yorqul (ft.-o‘z.) – do‘stlarning xizmatkori yoki Allohning quli, bandasi.

Yosuman (a.i., ft.) – yosuman guldek chiroyli, zebo qiz. 

Yoqub (qad.yah.) – aynan: «izidan boruvchi»; sabotli, matonatli, tirishqoq; qaytmas, jasur (qar. YA’qub). SHakllari: YOqubbek, YOqubboy, Equbxo‘ja, YOqubxon, YOqubcha.

Yoqut (a.i., ar. qad.yah.) – qizil rangli qimmatbaho tosh, yoqut (rubin). Turkiy xalqlar yoqut kishini turli kasalliklardan asraydi, davo bo‘ladi deb hisoblashgan.

Yoqutoy (a.i.,ar. > qad.yah.-o‘z.) – yoqutdek suluv, bebaho, nodir va oydek qiz. 

Yoqutxon (a.i.,ar. > qad.yah.) – yoqutdek nodir va baland martabali, e’zozli qiz.

YOg‘diboy, Yog’di (o‘z.) – umri yog‘du (shu’la, nur)ga to‘la bo‘lsin, ya’ni baxtli, tolei baland bo‘lsin.

YOg‘iboy, Yog’i (o‘z.) -harakatchan, tinmas; jasur, shijoatli.

Yog’inboy (o‘z.) – yog‘in-sochin serob paytda tug‘ilgan bola.

Rate article
Add a comment