Jinsiy Balog’at ga Yetish Haqida

Psixologiya

Jinsiy balog’atga yetish haqida tushuncha.

Jinsiy Balog’at: O’smirlik davrida kuzatiladigan xarakterli holatlardan biri jinsiy balog’atga yetishdir. Jinsiy balog’atga yetish qanday amalga oshadi. Jinsiy bezlar va u bilan bog’liq bo’lgan jinsiy belgilar bola hali ona qornidaligidayoq paydo bo’ladi va bola tug’ilganidan boshlab to o’smirlik davrigacha jinsiy rivojlanishni belgilab beradi. Jinsiy bezlar va ularning vazifalari bolani rivojlanish jarayonining yaxlitligi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Ontogenetik taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida jinsiy rivojlanish keskin jadallashadi va fiziologik jinsiy yetuklik amalga oshadi. Jinsiy rivojlanishning tezlashishi va jinsiy balog’atga yetish davri jinsiy balog’atga yetish davri deb ataladi va u aksariyat hollarda o’smirlik yoshiga to’g’ri keladi. Qiz bolalarning jinsiy balog’atga yetishishi o‘g‘il bolalarga qaraganda 1—2 yil ilgarilab ketadi. Jinsiy balog’atga yetish nisbatan individual xarakterga ega bo’lib, u vaqti va tempiga ko’ra turli bolalarda turlicha kechishi mumkin.

Bu Qiziq: O’smirlik Davri Haqida O’smirlik yoshidagi o‘g‘il va qizlarning o’ziga xos psixologik xususiyatlari

Jinsiy balog’atga yetish muddati va uning jadalligi turlicha bo’lib, u ko’plab omillarga: salomatlik holati, ovqatlanish xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog’liq. Bunda nasliy xususiyatlar ham muhim rol o’ynaydi.

Noqulay maishiy sharoitlar, yetarlicha va to’g’ri ovqatlanmaslik, ularda zarur vitaminlarning yetishmasligi, og’ir yoki qaytalanuvchan xastaliklar jinsiy balog’atga yetish davrini kechiktirib yuborishga olib kelishi mumkin. Odatda katta shaharlarda o’smirlarning jinsiy balog’atga yetishishi qishloq joylardagiga qaraganda ertaroq amalga oshadi.

Tushda Jinsiy Aloqa Ko’rsa Nima Bo’ladi Tush Tabiri Talqini

Jinsiy balog’atga yetish davrida gipofiz va qalqonsimon bezlar ajratib chiqaradigan gormonlar ta’siri ostida o’smirda bo’yining o’sishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi, ovozning o’zgarishi, muskul kuchlarining ortishi, tananing ayrim qismlarini jun bosishi, ko’krak bezlarining rivojlanishi kabilar kuzatiladi.

Jinsiy balog’atga yetish bosqichlari. Jinsiy balog’atga yetish tekis kechadigan jarayon emas. U ma’lum bir bosqichlarga bo’linadi va ularning har biri ichki sekretsiya bezlarining va butun organizmning o’ziga xos vazifalari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichlar birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar majmui bo’yicha belgilanadi.

O‘g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham jinsiy balog’atga yetishning 5 bosqichi farqlanadi (27-jadval).

Jinsiy balog’atga yetish

Jinsiy Balog'at ga Yetish Haqida

Jinsiy bosqichlari balog’atga yetish

Bosqichlar O‘g‘il bolalardagi o‘zgarishlar Qiz bolalardagi o‘zgarishlar Umumiy o‘zgarishlar
1-bosqich Ikkilamchi jinsiy belgilar hali namoyon bo‘lmaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar hali namoyon bo‘lmaydi.  
2-bosqich Yuzlarda, qo‘ltiq osti va qov sohalarida mayin tuklar o‘sa boshlaydi Ko‘krak           bezlari

rivojlanishi, qo‘ltiq osti, qov sohasida mayin tuklar o‘sa boshlashi kuzatiladi.

Bo‘y cho‘zilishi, ichki va tashqi jinsiy a’zolar o‘lchamlarining kattalashishi kuzatiladi.
3-bosqich Badandagi tuklar qalinlashib, dag‘allashadi, ularning maydoni kengayib boradi. Ovoz toni anchagina dag‘allashib qoladi. Ko‘krak bezlarining rivojlanishi davom etadi, jinsiy a’zolarni tuk qoplashi qov tomon kengayib boradi Bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy a’zolar kattalashishi davom etadi.
4-bosqich Jinsiy a’zolar eniga kengaya boradi, badanning tuk bilan qoplanishi jadallashadi, yuzlarda soqol, mo‘ylovning mayin tuklari dag‘allasha boshlaydi, tungi pollyutsiyalar deyarli barchada kuzatila boshlaydi Ko‘krak bezlarining rivojlanishi tezlashadi, badanning ba’zi joylarini tuk qoplanish sohalari kattalarnikiga yaqinroq holatga kela boshlaydi, hayz davri mo‘tadillasha boshlaydi. Yuz va badanning ayrim joylariga husnbuzarlar chiqa boshlaydi.
5-bosqich Jinsiy a’zolar va ikkilamchi jinsiy belgilar to‘la rivojlanib bo‘ladi Ko‘krak bezlari rivojlanishi kattalarnikiga tenglashadi, hayz davri turg‘unlashadi  

7—17 yoshlardagi o‘g‘il va qiz bolalarda jinsiy balog’atga yetish bosqichlarining kuzatilishi

Yoshi

O‘g‘il bolalar

Qiz bolalar

I II III IV—V I II III IV—V
7 100
8 100 99 1
9 100 90 10
10 98 2 67 32 1
11 94 6 39 51 8 2
12 71 25 4 10 42 28 20
13 33 35 26 6 1 12 38 49
14 9 27 44 20   4 17 79
15 2 7 36 55 1 11 88
16 1 14 85 100
17 4 90   100

Ilova: Har bir yosh guruhi bo’yicha mazkur bosqichlarning kuzatilishi (foizlarda).

I bosqich — pubertat oldi bosqichi (jinsiy balog’atga yetishdan oldingi davr). Bu davr ikkilamchi jinsiy belgilarning bo’lmasligi (namoyon bo’lmasligi) bilan xarakterlanadi.

II bosqich — pubertat boshlanishi. O‘g‘il bolalarda tuxumdon shakli biroz kattalashadi. Qovning jun bosishi minimal bo‘ladi. Junlar har-har joyda va to‘g‘ri bo‘ladi. Qiz bolalarda ko‘krak bezlari to‘lisha boradi. Jinsiy lablar atrofini biroz jun bosadi. Bu bosqichda gipofiz keskin faollashadi, uning genodotrop va somatotrop vazifalari ortadi. Somatotrop gormonlar ajralishining kuchayishi bu bosqichda qizlarda ko‘proq kuzatiladi. Bu esa ularda bo‘y o‘sish jarayonlarining kuchayishini ta’minlaydi. Jinsiy gormonlarning ajralishi kuchayadi, buyrak usti bezining vazifasi faollashadi.

III bosqich — o‘g‘il bolalarda tuxumdonning kattalashishi davom etadi. Jinsiy a’zoning kattalashishi boshlanadi, asosan u uzaya boradi. Qovda junlar qalinlashib, dag’allashib, ularning maydoni kengayib boradi. Qiz bolalarda sut bezlarining rivojlanishi davom etadi, jun qoplashi qov tomon kengayib boradi. Qon tarkibida genodotrop gormonlar miqdorining ortishi amalga oshadi. Jinsiy bezlar vazifalari faollashadi. O‘g‘il bolalarda somatotropik gormoni ajralishining kuchayishi bilan ularning bo’yi o’sishi tezlashadi.

IV bosqich — o‘g‘il bolalarda jinsiy a’zo eniga kengaya boradi, tovush o’zgaradi, yuzlarga sepkil chiqa boshlaydi, yuzlariga, qo’ltiq osti va qovlariga jun chiqa boshlaydi. Qiz bolalarda sut bezlari jadal rivojlana boshlaydi, badanning ba’zi joylarini jun bosishi kattalarnikiga o’xshagan bo’ladi, biroq kamroq tarqaladi. Bu bosqichda androgen va estrogen gormonlar kuchli ajralib chiqa boshlaydi. O‘g‘il bolalarda bo’yi jadal o’sishini belgilab turuvchi somatotropinning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Qiz bolalarda esa somatotropin miqdori kamayadi va mos ravishda bo’yining o’sishi ham sekinlashadi.

V bosqich — o‘g‘il bolalarda jinsiy organlar va ikkilamchi jinsiy belgilar to’la rivojlanib bo’ladi. Qiz bolalarda sut bezlari va jinsiy a’zolarining jun bilan qoplanishi katta ayollarnikidek bo’ladi. Bu bosqichda qiz bolalarda menstruatsiya turg’unlashadi. Menstruatsiyaning yuzaga kelishi jinsiy balog’at davrining boshlanganidan dalolat beradi. Bu vaqtga kelib tuxumdonlar urug’lanishga tayyor yetilgan tuxum hujayralarini yetiltirib chiqara boshlaydi.

O’smirlarda suyak skletlari va muskul sistemasining jadal o’sishi ortida uning ichki organlari — yurak, o’pka, oshqozonichak yo’llarining rivojalanishi hamma vaqt ham ulguravermaydi. Yurakning o’sishi qon tomirlari o’sishidan ilgarilab ketadi, oqibatda qon bosimi ortadi va birinchi navbatda yurakning ishlashi qiyinlashadi. Yurakning yetarlicha ishlay olmasligi esa o‘g‘il va qiz bolalarda ko’pincha bosh aylanishi, rangning oqarishi holatlarining kuzatilishiga olib keladi. Bundan bosh og’rig’i, tez toliqish, vaqti-vaqti bilan lanjlanib turish kabilar kelib chiqadi. Jinsiy balog’atga yetish davri tugashi bilan bunday o’zgarishlar odatda izsiz yo’qolib ketadi.

Rivojlanishning bu bosqichida gipotalamusning faollashuvi munosabati bilan markaziy nerv sistemasi vazifasi ham sezilarli

darajada o’zgaradi. Emotsional jihatlar ham o’zgaradi. O’smirning hissiyoti o’zgaruvchan, qarama-qarshi bo’lib qoladi: o‘ta ta’sirlanuvchanlik ko’pincha jizzakilik, tortinchoqlik bilan uyg’unlashib ketadi. Haddan tashqari tanqidiylik va otaonasining qaramog’iga betoqatlik namoyon bo’ladi. Bu davrda ba’zan ishchanlikning pasayishi, asabiylik, serjahllik, yig’loqilik (ayniqsa, qizlarda menstruatsiya davrida) kabilar kuzatiladi.

Bu davrda o’smir shaxsi jadal shakllana boradi, kattalik hissi yuzaga keladi, qarama-qarshi jins vakillariga munosabat o’zgaradi, ularga qiziquvchanlik ortadi.

Jinsiy balog’atga yetish davrida o’smir organizmining normal jismoniy rivojlanishi muhim rol o’ynaydi. Bu davrda turli xil, servitamin ovqatlarni yetarlicha iste’mol qilish, shuningdek ochiq havoda sayr qilish, sport bilan shug’ullanish zarur.

Jinsiy balog’atga yetishning alohida e’tibor talab qiladigan jihatlari ham mavjud.

Jinsiy balog’atga yetish davrida o’smir organizmida, uning ruhiyatida ro‘y beradigan bunday tabiiy o’zgarishlardan xabardor bo’lishlik, ularning sabablari, kechishi haqida aniqroq ma’lumotlarga ega bo’lishlik «o’smirlikdek» og’ir, murakkab davrni jiddiy, salbiy asoratlarsiz kechishini ta’minlaydi. Buning uchun birinchi navbatda shu o’smirlarning yaqin kishilari, otaonasi, o’qituvchilari hozirgi kun o’smir psixolgiyasi, psixofizilogiyasi masalalariga oid eng zamonaviy ilmiy ma’lumotlardan xabardor bo’lishi va o’smirlar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarda ulardan o’rinli foydalana olish malakalariga ega bo’lishlari lozim.

Rate article
Add a comment