Stress Haqida deganda nimani tushunamiz?

Stress xakida deganda nimani tushunamiz Psixologiya

Stress nima bu?

Stress haqida: Ayni paytda Stress maktab o‘quvchisidan tortib oliy martabali davlat xizmatchisigacha, uy bekasidan to quruvchi yo sotuvchigacha deyarli har kimga tanish. Ularning har biri “Stressga tushib ko‘rgan”, surunkasiga bir necha kunlab Stress holatida yuradi va hokazo. SHunday ekan, “Stress”ning o‘zi nima, degan savolning javobi xususida ham to‘xtalib o‘tish ayni muddao.

Stress bu favkulodda ta’sir so‘zgatuvchi harakatlar ostida organizmning umumiy zo‘ritsish holati va azaliy ximoya reaksiyasining paydo bo‘lishidir.

Ushbu atama o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida G.Sele tomonidan taklif qilingan. U, avvalo, davomiy Stress jarayonida (distress) organizmda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan keskin o‘zgarishlarni keltirib chi^aradigan psixikamizdagi hissiy jihatlarni tavsiflaydi.

Bu kizik  Miya – Xotira Xazinasi Haqida Miyani Muntazam Mashq Qildirish Kerak

Emotsional Stress miya salbiy baholagan ta’sir va vaziyatlar kabi Stress-omillar tomopidan ishga tushiriladi. Zamonaviy odamning xulq-atvoridagi ijtimoiy motivlar ta’sirida odamlar o‘rtasidagi ziddiyagli munosabatlar singari psixogen omillar deb nomlanuvchi emotsional zo‘riqish Stresslari keng tarqaldi. Odamlarda harakatlanish faolligining pasayishi, gipodinamiya, ma’lum darajada orgiqcha vazn va boshqalar ham Stressda muxim sabablardan hisoblanadi.

 

Stress holati uch fazaga ajratiladi. Fazalar davomiyligi organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Stressning birinchi fazasida (bosqichida) gipofizga ta’sir oqibatida AKTG gormoni – buyrak usti bezlari aktivatori qonga chiqarib tashlanadi. Stress haqida Bir vaqtning o‘zida simpatik asab tizimi faollashib, yurak faoliyati kuchayishi, arterial bosim ortishi, qon quyuluvchanligi ortishi va boshqalarga olib keladi. Ushbu bosqichni «xavotirli» deb ham atashadi, chunki u organizmni Stressga qarshi harakatlarga safarbar qiladi, bu emotsional hayajon bilan tavsiflanadi. Bunda organizmning turli tizimlari katta zo‘riqish bilan ishlaydi.

Ikkinchi – barsrrorlik bossichida gormonlar sekretsiyasi muayyan darajada stabillashadi, simpatik asab tizimi faollashuvi esa yuqori darajada saqlanib qoladi. Aynan shu muayyan ishchanlik qobiliyatini ushlab turadi. Stress vaziyatlar uzoq vaqt davom etganda va organizmnipg moslashuvchanlik imkoniyatlari susayganda uchinchi bosqichga o‘tish sodir bo‘lib, uni – tugash bossichi deb atashadi. Bunda ishchanlik qobiliyati pasayib, organizm immuniteti pasayishi va boshqalar kuzatiladi.

SHundan so‘ng ham ushbu jarayonning favqulodda Stress zo‘riqishlari bilan davom etishi organizm dezadaptatsiyasi yoki ducmpeccra olib kelishi mumkin.

Distress oqibatlari jismoniy (keskin ozish, surunkali kasalliklar zo‘rayishi) va psixologik (depressiya, bezovtalik va b.) jihatdan og‘ir bo‘lishi mumkin.

Psixofizio- logiyasi

Hozirgi avlod turli-tuman o‘yinlar orasida kompyuter o‘yinlariga ayniqsa o‘ch sanaladi. Mohiyatan olganda, buning sabablari ham etni junjiktiradi, masalan, o‘yindagi tovushlar va shovqinlar ajoyibu g‘aroyib, o‘yin o‘ynayotgan bola o‘zini xuddi koinotga sayohat yoki beomon jang ishtirokchisidek tasavvur rlishi mumkin. Stress haqida G‘arb olamida bu voqelikka nisbatan, bola o‘zidagi yashirin tajovuzkorlikni ijtimoiy xavfsiz usulda chiqarib tashlayapti, deyishsa-da, sharqona mentalitetga ko‘ra bola aslida o‘zidagi bunday xislatlarni jilovlashni, boshqarishni o‘rganishi lozim. Bunga esa oiladagi uzluksiz e’tibor, kattalar pand-nasihatlari va kitoblar mutolaasi orqali erishiladi. Ayni damda bizning jamiyat odamlari g‘arbona, ta’bir joiz bo‘lsa, insoniylik unsurlari borasida juda jiddiy oqsaydigan mentalitetga moyillik bildirmoqda. Sababi esa kundek ravshan, uni o‘zlashtirish karnaychidan bir suf. CHunki axloqsiz bo‘lish uchun ortiqcha sa’y-harakat talab qilinmaydi. Bu gaplarni nega aytyapmiz? CHunki “kompyuterlashtirilgan kelajak” sari tobora intilib, o‘z mohiyatimizdan, ya’ni, insoniylikdan uzoqlashmoqdamiz. Bundan atigi 50-60 yil oldin ham o‘rta yoshli odamlarda qon bosimi yoki bel og‘rig‘i uchrashi xuddi tushga o‘xshardi. Asrlar osha to‘plangan hayot tajribasi odam aslida qanday yashashi kerakligi ha^ida yozilmagan qonunlarni allaqachon shakllantirib bo‘lgandi. O‘tgan asr boshi va oxiridagi alg‘ov-dalg‘ovlar bu boradagi dunyokarashlarni ham keskin o‘zgartirib yubordi. Umurtqa va asab kasalliklaridan yiroq yurishni o‘n asrlab “belidan belbog‘, boshidan do‘ppi va ro‘molni tushirmay” oqilona hal etgan o‘zbek eli xalq tabobatidan yiroqlashdi, hayot ilmini unutayozdi. G‘arbcha dunyoqarash ta’sirida esa zum o‘tmay g‘arbcha illat va kasalliklar ham urchib ketdi. Endi ularni o‘sha g‘arbcha usullarda davolamoqdamiz.

Biroq bola mukkasidan tushib o‘ynayotgan o‘sha komp’yuterlar aslida o‘zimizdan nusxa ko‘chirib olingan eng sodda qurilma ekanini deyarli bilmaymiz. Dunyo olimlari odamni, uning tana a’zolarini o‘rganish natijasida televizor, kompyuter va dasturiy ta’minot kabi ixtirolarni yasashmoqda. Ha, ha, siz ham, men uam, mohiyatan, dasturchilarmiz. Bizdagi dasturlar siz bilgan komp’yuterlardagi dasturlardan ming chandon murakkab va mukammalroq sanaladi. CHunki uning yaratuvchisi yagona, tengi va o‘xshashi yo‘q buyuk zotdir!

Miya bizning kompyuter bo‘lsa, dasturlarimiz – ong-shuur, ijrochi qism vujudimizdir. Hozir sizlar bilan ushbu mashinalar qanday ishlashini ko‘rib chi^amiz. Ayniqsa, Stress holatida nimalar yuz berishini kuzatamiz.

Stressni boshqarish deganda, biz aslida psixologik yoki ijtimoiy Stressorlarni boshqarish haqida so‘z yuritamiz. Garchi biologik Stressorlar (masalan, virus), atrof-muhit (masalan, havo harorati) va shunga o‘xshash omillar ham Stressga sababchi sanalsa-da, ushbu kitobda asosiy e’tibor o‘z qadr-simmatini kamsitish, sevimli insondan judo bo‘lish, yolg‘izlik kabi Stressorlar keltirib chiqaruvchi muammolarga qaratilgan. Stress haqida Bu psixologik Stressorlar ong tomonidan qabul qilinadi va miyada aks etadi. Miya esa, o‘z navbatida, butun tanaga buyruq berib, ushbu Stressorga qanday javob qaytarish lozimligini aytadi.

Miya ikkita asosiy ^ismdan iborat – miya po‘stlog‘i va uning ostidagi asab markazlari. Asab markazlari kichik miya, uzunchoq miya, ko‘prik va oraliq miyani o‘z ichiga oladi. Oraliq miya talamus va gipotalamusdan iborat. Stressor gipotalamusga ta’sir qilganda, u kortikotrop rilizing-gormon ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon gipofizga adrenokortikotrop gormon ishlab chiqarishga buyruq jo‘natadi. Bundan tashqari, gipotalamus buyrak usti bezlarining miya moddasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Gipotalamus va gipofizdan buyruq olgan buyrak usti bezi po‘stlog‘i glyukokortikoid va mineralokortikoidlar ishlab chi^ara boshlaydi. Glyukokortikoidlar ichida – kortizol, mineralokortikoidlar ichida esa – aldostelon eng muhimi hisoblanadi. Gipotalamus buyrak usti bezlarining miya moddasiga katexolaminlar – egasherfin va norepinerfin ishlab chiqarish haqida buyruq ham jo‘natadi. Bu bezlarning gormonlari fiziologik holatda turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, masalan: yurak urishi tezlashishi, arteriya tomirlari kengayishi, nafas yo‘llari kengayishi, metabolizm ritmining tezlashishi, o‘pkada qon tomirlari qisqarishi, iste’mol qilinayotgan kislorod hajmining ortishi, qonda shakar moddasi miqdorining ortishi va qon bosimi oshib ketishi kabi.

Biroq Stressdan faqatgina buyrak usti bezlari ta’sirlanmaydi. Qalqonsimon bez tiroksin, gipofiz esa – oksitotsin va vazopressin ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormonlar yordamida organizm Stressorga qarshi kurashga shay holatga keladi.

Avtonom asab tizimi asosan quvvat sarfi uchun, masalan, Stress vaqtida quvvat sarflanishiga javobgar simpatik asab tizimidan hamda quvvat saqlanishi, masalan, organizm bo‘shashgan vaqtda quvvatni asrashga javobgar sanaluvchi parasimpatik asab tizimidan iborat.

Stress oksitotsin va vazopressin ishlab chiqarishga ta’sir qiladi, bu esa o‘z navbatida, tekis muskulatura qisqarishida, masalan, qon tomirlari devorlarida mushaklar qisqarishida aks etadi. SHunga qaramay, vazopressin qon tomirlarida qon hajmi ortishiga sabab bo‘ladi. Ushbu ikki ta’sir kombinatsiyasi arterial bosim ortishiga olib kelib, bu kardiovaskulyar tizim uchun xavf tug‘diradi.

Stress natijasida tupuk miqdorining kamayishi esa odam go‘yo mato chaynayotgandek yoqimsiz hisni paydo qiladi. Stress yutinishlar beixtiyor pqarishiga ham olib kelishi mumkin, bu esa yutish jarayonini qiyinlashtiradi. Stress ta’sirida xlorid kislota sekretsiyasi kuchayib, buning natijasida yaralar hosil bo‘ladi. Stress natijasida suyak mushaklari qisqarishi tufayli bosh va elkada kuchli og‘riqlar, charchoq hissi kuzatiladi. Qon tomirlari devorida tekis mushaklar sisqarishi oqibatida esa gipertoniya qayd qilinadi. SHuningdek, Stress terining elektr faolligi va haroratiga ham ta’sir qiladi.

Simptomlar, Stress va Siz

Endi, sizda organizm Stressdan qanday ta’sirlanishi hatqida tasavvur hosil bo‘lgach, bu o‘zingizga qanday ta’sir fmishini o‘rganishingiz mumkin. 1-jadval asosida muayyan jismoniy simptom yoki holat o‘zingizda qanchalik tez-tez paydo bo‘lishini qayd qilib chiqing. Agar 40 dan 75 ballgacha to‘plasangiz, demak, sizda Stressga yo‘liqish ehtimoli juda kam. Agar 76 dan 100 ballgacha bo‘lsa, u holda Stress tufayli xastalikka chalinishingiz ehtimoli bor. Mabodo, 101 dan 150 ballgacha to‘plagan bo‘lsangiz, aytish mumkinki, o‘sha ehtimol ancha jiddiy ko‘rinishda. Stress haqida Siz to‘plagan ko‘rsatkichlar yig‘indisi 150 balldan ko‘p bo‘lsa, bilingki, Stress sog‘lig‘ingizga allaqachon ta’sir qilib bo‘lgan va bu jarayon davom etmoqda. Ne baxtki, qo‘lingizda biz nashrga tayyorlagan kitobni ushlab turibsiz, aynan u sizga Stressni yaxshiroq bopsarishni, hatto dastlabki alomatlardayoq uni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgata oladi.

Rate article
Add a comment